Bugun CHM finali: ustunlik PSJda, “Bavariya” hisobni tenglashtira oldimi?


Bugun futbol boʻyicha Yevropa klublari oʻrtasida Chempionlar ligasi final uchrashuvi boʻlib oʻtadi. Mazkur bahsda Fransiyaning PSJ va Germaniyaning “Bavariya” klubi oʻzaro bahs olib boradi. Garchi boʻlajak bahsda koʻpchilik muxlis va mutaxassislar gʻoliblik “Bavariya” klubiga nasib etishini taxmin etayotgan boʻlsa-da, oʻzaro uchrashuvlarda PSJning qoʻli koʻproq baland kelgan.
Statistika maʼlumotlarga koʻra, mazkur uchrashuvga qadar PSJ va “Bavariya” oʻzaro toʻqqiz uchrashuvda kuch sinashgan. Ushbu bahslarning sakkiztasi Chempionlar ligasi, bittasi xalqaro turnir doirasida boʻlib oʻtgan.
Xususan, 1994-yilda boʻlib oʻtgan ikki Chempionlar ligasi guruh bosqichida Fransiya va Germaniyada boʻlib oʻtgan oʻyinlarda PSJ gʻalaba erishgan:
PSJ — “Bavariya” 2:0
“Bavariya” — PSJ 0:1.
1997-yilda yana ushbu jamoalar Chempionlar ligasi guruh bosqichida bitta guruhga tushgan va ikki oʻyinda quyidagi natijalar qayd etilgan:
“Bavariya” — PSJ 5:1.
PSJ — “Bavariya” 3:1.
1997-yilda yana ushbu jamoalar Chempionlar ligasi guruh bosqichida bitta guruhga tushgan va ikki oʻyinda quyidagi natijalar qayd etilgan:
“Bavariya” — PSJ 5:1.
PSJ — “Bavariya” 3:1.
2000-yilda ham ushbu jamoalar Chempionlar ligasi guruh bosqichida oʻzaro bellashgan:
“Bavariya” — PSJ 2:0.
PSJ — “Bavariya” 1:0.
Oradan yetti yil oʻtib, jamoalar yana Chempionlar ligasi guruh bosqichi bir guruhga saralandi:
“Bavariya” — PSJ 3:1.
PSJ — “Bavariya” 3:0.
Va nihoyat ushbu jamoalar oʻrtasidagi oxirgi uchrashuv Xalqaro chempionlar kubogi doirasida oʻtkazilgan. Avstriyada boʻlib oʻtgan musobaqaning finalida “Bavariya” — PSJ 3:1 hisobida magʻlubiyatga uchratgan.
Shu tariqa mazkur jamoalar oʻrtasida oʻtkazilgan 9 ta oʻyinning 5 tasida PSJ gʻalaba erishgan.
Bugungi uchrashuv “Bavariya”ga hisobni tenglashtirish uchun ajoyib imkoniyat.
Akbar Jo‘rayev mutlaq Osiyo chempioni!
Olimpiada chempioni va sovrindori Akbar Jo'rayev yana bir bor yuksak mahorat ko'rsatib, barcha yo'nalishda eng yaxshi ko'rsatkichlarni qayd etdi (183, 223 va 406 kg) va 3 ta oltin medalni qo'lga kiritdi. Ushbu dasturda Jo'rayevdan keyingi natijani ko'rsatgan boshqa bir vakilimiz Sharofiddin Amriddinov (181, 214 va 295 kg) esa 3 ta kumush medal bilan taqdirlandi.Ushbu natijadan keyin terma jamoamiz hisobidagi medallar 3 ta oltin, 3 ta kumush va 5 ta bronzaga yetib, umumjamoa hisobida uchinchi o'r
Safina Sa’dullayeva Osiyo chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritdi
Hamyurtimiz musobaqada 1.86 metr natija qayd etishga erishdi. Shuningdek, bugun ishtirokini yakunlagan yurtdoshlarimizdan O'g'iloy Norboyeva yetti kurash dasturida 5461 ochko jamg'arib to'rtinchi, uzunlikka sakrash sektorida esa Anvar Anvarov 7.98 metr bilan beshinchi natijani qayd etdi.
“To‘maris izdoshlari” sport musobaqasi g‘oliblari aniqlandi
4 ta shart bo'yicha bahs olib borgan 9 ta fakultet jamoalari orasida quyidagi natijalar qayd etildi:1-o'rin ' Ingliz filologiyasi fakultetining 'Zulfikor' jamoasi;2-o'rin ' Tarjimonlik fakultetining 'To'maris nafasi' jamoasi;3-o'rin ' Ingliz tili 2-fakultetining 'Jasorat elchilari' jamoasi.Shuningdek, quyidagi nominatsiyalar bo'yicha ham g'oliblar taqdirlandi:'Eng ijodkor jamoa' ' Rus filologiyasi fakultetining 'Qalqon' jamoasi;'Eng hamjihat jamoa' ' Ingliz tili 1-fakultetining 'Turon zamin qizl
Voleybol bo‘yicha «Millatlar ligasi» musobaqasi boshlandi
Ushbu musobaqada Eron, Hindiston, Pokiston, Qirg'iziston, Qozog'iston, Turkmaniston hamda O'zbekiston jamoalari o'raro kuch sinashadi.Ushbu nufuzli musobaqaning ilk uchrashuvi ' Eron va Hindiston terma jamoalari o'tasida bo'lib o'tdi. Shiddatli kechgan bahsda Eron terma jamoasi 3:1 hisobida g'alaba qozondi.Musobaqalar davom etmoqda.''