calendar 21 Aug 12:30
eye 61
comments 0
comments Manba: sputniknews-uz

O'zbekistonda koronavirus: 21 avgust asosiy xabarlari

image
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1104)
21 0 0

Sutka davomida 253 kishida koronavirus aniqlandi, O'zbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 37 946 nafarni tashkil qilmoqda.

TOShKENT, 21 avg — Sputnik. Sputnik O'zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to'g'risida asosiy xabarlarni to'pladi.

Bir sutka davomida 253 kishida koronavirus aniqlandi, O'zbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 37 946  nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 113 nafari Toshkent shahrida, 5 nafari Toshkent viloyatida hamda 3 nafari Andijon viloyatida tana harorati ko'tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo'lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sog'ayish ko'rsatkichi

Bugunning o'zida 367 nafar bemor tuzalib, o'z uylariga kuzatildi. Respublika bo'ylab jami sog'ayganlar soni 33 809 nafarga yetdi. Sog'ayish ko'rsatkichi 89 foizga yetdi.

Ayni paytda 3 879 nafar bemorga belgilangan standartlar bo'yicha davo choralari ko'rilmoqda.

O'lim holatlari

Kun davomida koronavirusga chalingan 4 nafar bemor – Shayxontohur tumanida yashagan 49 yoshli X.A. (erkak) hamda 44 yoshli R.A. (erkak), Yashnobod tumanida yashagan 74 yoshli O.S. (erkak) hamda Uchtepa tumanida yashagan 59 yoshli G.M. (ayol vafot etdi.

O'zbekistonda jami 258 kishi pandemiya qurboni bo'ldi.

Bog'chalar qay tartibda ishlaydi

"COVID 19 pandemiyasi davrida maktabgacha taʻlim tashkilotlarining ish faoliyatiga qo'yiladigan vaqtinchalik sanitariya-gigiyenik talablar" Adliya vazirligida huquqiy ekspertizadan o'tkazilib, ro'yxatga olindi. Hujjat COVID-19 infektsiyasi tarqalish xavfi bilan bog'liq sanitariya-epidemiologik vaziyatda, turi, tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shaklidan qatʻiy nazar, maktabgacha taʻlim tashkilotlari (MTT)ning ish faoliyatiga nisbatan tatbiq etiladi.

Rospotrebnadzor mutaxassislarining tashrifi

Rospotrebnadzorning bir guruh mutaxassislari koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashning tashkiliy choralari bo'yicha maslahat berish uchun yaqin orada O'zbekistonga tashrif buyurishi mumkin. Bu haqida Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova xabar qildi.

Dunyo salomatligi

Dunyo bo'ylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 22,7 milliondan oshdi, 793 ming kishi vafot etdi, 14,5 million kishi tuzaldi. Eng ko'p holatlar AQShda (5,6 mln), Braziliyada (3,5 mln), Hindistonda (2,9 mln).

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1104)

Asosiy mavzular


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 May 14:37
 
94
0
xs.uz

Yoʻl harakati qoidabuzarliklarni jarima ballari qachondan kuchga kiradi?

Yoʻl harakati qoidabuzarliklarini baholashda yangi tizim joriy etildi. Hukumatning 2025-yil 6-maydagi 296-sonli qarori bilan 'Yoʻl harakati qoidabuzarliklarni jarima ballari asosida baholash tartibi toʻgʻrisida'gi nizom tasdiqlandi.Unga koʻra, transport vositasini boshqarish paytida yoʻl harakati qoidalarini buzganlik holatlari endi jarima ballari orqali baholanadi. Shuningdek, ballarni hisoblash, ular boʻyicha murojaat qilish va koʻrib chiqish tartibi aniq belgilandi.Nizomga asosan, jar

21 Apr 08:33
 
42
0
xs.uz

Yangi hafta avvalida qanday ob-havo kuzatilishi maʼlum qilindi

'Oʻzgidromet' 21-23-aprel kunlari kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.Qoraqalpogʻiston'Respublikasi va'Xorazm'viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 20-aprelda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 21-aprelda 22-27 daraja, 22-23-aprelda 24-29 daraja boʻladi.Buxoro'va'Navoiy'viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7

16 Apr 15:12
 
44
0
xs.uz

Madaniyat va sanʼat xodimlari kuni koʻtarinki ruhda nishonlandi

Gʻayrat Otajonov/'Xalq soʻzi'. Nukus shahridagi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida 'Madaniyat va sanʼat xodimlari kuni' munosabati bilan tantanali bayram kechasi boʻlib oʻtdi. Tadbirda 'Turksoy' xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti bosh kotibi Sultanbay Rayev, dunyoga mashhur fransuz dirijyori Natali Maren va boshqa mehmonlar ishtirok etdi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Raisi Amanbay Orinbayev soʻzga chiqib, yigʻilganlarni bayram bilan tabr

13 May 14:37
 
26
0
xs.uz

O‘zbekiston Prezidenti Gʻalabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 9-may kuni Ikkinchi jahon urushidagi Gʻalabaning 80-yilligiga bag'ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi.Qizil maydonda Gʻalaba paradi bo'lib o'tdi. Tadbirda Xitoy Raisi Si Szinpin, Braziliya Prezidenti Lula da Silva, Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi, Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog'iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg'iziston Prezidenti Sa