calendar 16 Aug 18:40
eye 269
comments 0
comments Manba: sof

To'dako'l sohilida yangi plyaj-kurort ochildi. Narxlari qanday? (foto)

image

16 avgust kuni buxorolik tadbikorlar tomonidan To'dako'l suv havzasi qirg'og'ida barpo etilgan "Silk Road Family Resort" sayyohlik kurortining rasmiy ochilish marosimi o'tkazildi.

Tadbirni O'zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi raisi o'rinbosari Ulug'bek Azamov ochib berdi.

Ochilish marosimida Buxoro viloyati hokimi o'rinbosari Botir Shaxriyorov, Navoiy viloyati hokimi o'rinbosari Kamoliddin Hasanov, Qiziltepa tumani hokimi Shabon Nabiyev va boshqa mutasaddi rahbarlar qatnashdi.

Jahon andozalariga mos keluvchi ushbu dam olish maskani loyihasiga ko'ra, qurilish jarayonlari 2022 yilda yakunlashi rejalashtirilgan. To'dako'l sohili bo'yida barpo etilayotgan plyaj, dam olish va sog'lomlashtirish maskani hamda akvaparkning umumiy loyiha qiymati 6 mln AQSh dollarini tashkil etadi.

Avvalroq Bosh vazir o'rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi raisi Aziz Abduhakimov Buxoro va Navoiy viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda joylarga chiqqan holda turizmni jadal rivojlantirishga qaratilgan islohotlarni muhokama qilib, To'dako'l sohilida sayyohlik dam olish maskanlarini tashkil qilishga doir tegishli tavsiyalari bilan bo'lishgan edi.

To'dako'l qirg'og'iga tutash bo'lgan 15,0 gektar maydonda mazkur obʻyektning birinchi bosqichida - 500 nafar, ikkinchi bosqichida esa 1500 nafardan ortiq sayyohni qabul qilish imkoniyati yaratiladi. Bu sayyohlik dam olish maskani ishga tushgach 150 dan ziyod yangi ish o'rinlari yaratilishi ko'zda tutilgan.

Loyiha to'liq quvvatda faoliyat yuritishi bilan dastlabki davrda bir oyda kamida 4,5 mlrd. so'm, keyinchalik esa 40 mlrd. so'mgacha daromad bo'lishi kutilmoqda. Obʻyekt hududini obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish maqsadida 7 ming tup manzarali daraxtlar ekish mo'ljallangan bo'lib, ayni paytgacha 3 ming tupdan ortiq ko'chatlar o'tkazilgan va plyaj hududi bo'ylab tabiiy chim yotqizilgan.

Shuningdek, ushbu sayyohlik obʻyekti plyaj, basseyn, quyosh nurida toblanish, akvapark, kichik "Disneyland", 50 o'ringa mo'ljallangan mehmonxona, dam olish tapchanlari, korabl timsolidagi restoran, yozgi terassa, SPA-salon, tabiat qo'ynidagi o'yingoh, tibbiyot burchagi, sog'lomlashtirish maskani, sport o'yingohi, ot sporti maydoni, avtoturargoh va maxsus suv transportlari kabi turli qo'shimcha xizmatlarni ham o'z ichiga oladi. Bu maskanga tashrif buyuruvchilar uchun ochiq osmon ostida bir-biridan qiziqarli kontsert va shou dasturlari ham namoyish etiladi.

Buxoro viloyati hokimi o'rinbosari Botir Shaxriyorovning aytishicha, kurortga kirish bir kunga kishi boshiga 100 000 so'mdir. Bunga majmuadagi basseyn va boshqa xizmatlardan foydalanish, sochiq va sohil shezlongi ijarasi kiradi. 6 kishilik ayvonni ijaraga olish 1 million so'm (ovqatlari bilan). 5 yoshgacha kirish tekin. Narxlar bo'yicha batafsil maʻlumot yaqinda eʻlon qilinadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

12 Apr 21:15
 
43
0
xs.uz

Uch oyda 15 mingdan ortiq oʻzbekistonlikka ipoteka kreditlari ajratildi

Unga koʻra, ajratilgan mablagʻlarning 3 trillion soʻmi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va 1,1 milliard soʻmi tijorat banklari tomonidan taqdim etilgan. Bundan tashqari, Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi tomonidan ham 310 milliard soʻmdan ortiq mablagʻ yoʻnaltirilgan.Shu yilning uch oyi davomida Oʻzbekistonning 15 033 nafar fuqarosi ipoteka kreditlarini olgan boʻlib, ularning 63 foizi erkaklarga berildi. 75 foiz holatda kredit oluvchilar mablagʻni yangi qurilgan uylar uchun o

18 Apr 11:08
 
325
0
xs.uz

Dollar va yevro kursi pastladi, rubl esa koʻtarildi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'30,16 soʻmga'tushdi va'12 964,43 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'17,40 soʻmga'pastlab,'14 744,45 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'0,60'soʻmga'oshdi va'158,28 soʻmni'tashkil qildi.

12 Apr 21:15
 
34
0
xs.uz

Oʻzbekiston va AQSH foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzoladi

7-aprel kuni delegatsiya togʻ-kon sanoati, mehmonxona biznesi va oziq-ovqat sanoati yoʻnalishlarida faoliyat yurituvchi kompaniyalar bilan muzokaralar olib bordi. Uchrashuvlarda Oʻzbekistonda biznes yuritish imkoniyatlari, yaratilgan sharoitlar va sarmoya uchun qulay muhit haqida taqdimotlar boʻlib oʻtdi.Yakunda foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzolandi. Unga muvofiq, foydali qazilma konlarini izlash va qazib olishga sarmoya jalb qilish, yuqori darajada maydalash

16 Apr 09:12
 
39
0
xs.uz

Tramp dori vositalari va chiplarga ham boj joriy etmoqchi

Yangi bojlar sunʼiy intellekt, avtomobilsozlik va elektronika sohalarida katta ahamiyat kasb etuvchi chiplar hamda dori vositalarini ishlab chiqaruvchilarga qattiq zarba boʻlishi mumkin. Chunki bojlar narxlarning oshishiga va dorilarning tanqisligiga olib keladi.Tramp mahsulotlarni xorijdan olib kelish oʻrniga, ularni AQShda ishlab chiqarishni kuchaytirmoqchi. Lekin ishlab chiqarishni davlatning oʻziga koʻchirish yillarni talab qiladi va qimmatga tushadi.Taʼkidlash joiz, bojxona toʻlovlar