IIV vazifalaridan biri prokuraturaga o'tkazilgandi. Natija qanday?

Oradan uch oy o'tib, mazkur tashabbus amalda o'z ifodasini topdi. Yaʻnikim, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 31 oktyabrdagi "Jinoiy-huquqiy statistika tizimini tubdan takomillashtirish va jinoyatlarni tizimli tahlil qilish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni bilan jinoyatlar, ularni sodir etgan shaxslar va jabrlanuvchilarning yagona hisobini yuritish vazifasi prokuratura organlariga o'tkazildi.
Alohida taʻkidlash joiz, mazkur faoliyatning prokuratura organlariga o'tkazilishi mamlakatda amalga oshirilayotgan sud - huquq islohotlarining ajralmas qismi sifatida keng jamoatchilik va xalqaro hamjamiyat tomonidan haqli ravishda eʻtirof etilgan.
Prokuratura organlari ushbu axborot tizimida jinoyatlarning to'liq hisobga olinishini taʻminlash va (jinoyat ishlari harakatini) nazorat qilish bilan birga, aniqlangan qonun buzilishi holatlari bo'yicha tegishli choralar qo'llash imkoniyatiga ham ega bo'ldi.
Bosh prokuratura tomonidan o'tgan qisqa davrda:
– sobiq Ittifoqdan meros bo'lgan va qariyb 30 yil davomida voz kechilmagan amaliyot-qog'oz kartochka tizimiga barham berilib, jinoyat ishlariga oid barcha maʻlumotlarning yagona elektron hisobi yuritilishi to'liq yo'lga qo'yildi;
– prokuratura organlarining elektron bazasi barcha surishtiruv va dastlabki tergov organlari hamda jinoyat ishlari bo'yicha sudlarga integratsiya qilindi (bugunga kelib, idoralar o'rtasida maʻlumot almashinuvi elektron amalga oshirilmoqda);
– jinoiy - huquqiy statistikani yuritish sohasida inson omili minimallashtirildi;
– shaxsga nisbatan ushlab turish, uy qamog'i, qamoqqa olish, lavozimdan chetlashtirish, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish protsessual majburlov choralari tizimga darhol kiritilishi shartligi belgilandi. Ushlangan yoki qamoqqa olingan shaxs haqidagi maʻlumot tizimga kiritilmagan taqdirda, shaxs tergov hibsxonasi yoki vaqtincha ushlab turish hibsxonasiga qabul qilinmasligi tartibi joriy etildi (mazkur tartib shaxslarni noqonuniy ravishda ushlab turilishi yoki qamoqda saqlanishining oldini olishga xizmat qiladi).
Yagona axborot tizimi prokuratura organlarining yuqori quvvatga ega serverlardan iborat elektron platformasida ishlamoqda. Mazkur elektron infratuzilmani shakllantirish va undan doimiy foydalanish prokuratura organlari xodimlari (dasturchilari) tomonidan ortiqcha xarajatsiz, tashqi mutaxassislar aralashuvisiz taʻminlanmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti kuni kecha imzolagan "Sud-tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmonda Bosh prokuraturaga yuqorida qayd qilingan dasturga barcha tergovga qadar tekshiruv organlarini ulash hamda uni 2021 yil 1 yanvardan to'laqonli ishga tushirish vazifasi yuklatildi.
Tizim faoliyati yo'lga qo'yilishi oqibatida quyidagi natijalar kutilmoqda:
– jinoyatlarni yashirishning oldi olinadi, ro'yxatga olingan paytdan boshlab hujjatni kuzatish imkoni yaratiladi, uni o'chirish yoki o'zgartirish istisno etiladi;
– ijro intizomi taʻminlanadi (yaʻni, hujjat mazmuni, uning ijrochisi, ijro muddati va boshqa zarur maʻlumotlar tegishli tuzilma rahbari va nazorat qiluvchi prokurorga "onlayn" ko'rinib turadi);
– ish bo'yicha qarorlar tizimga majburiy ravishda kiritiladi, ularni hujjatlarni chaqirmay turib, tezkorlik bilan o'rganish mumkin bo'ladi;
– sohaga axborot texnologiyalari joriy etiladi;
– jinoyatlarni ro'yxatga olish va hisobini yuritishning respublika bo'yicha yagona tizimi yo'lga qo'yiladi;
– murojaatchining telefon raqamlari tizimga kiritilib, ular orqali maʻlumotlarning haqqoniyligini tekshirish uchun tezkor aloqa o'rnatish imkoni yaratiladi;
– hisobotlar inson omilini istisno etgan holda, avtomatik tarzda elektron yuritiladi va haqqoniyligi taʻminlanadi.
Jinoyat protsessi borasidagi barcha islohotlar inson huquqlari va erkinliklarini taʻminlashga, qonuniylik va adolatni qaror toptirishga qaratilgan bo'lib, yuqorida qayd qilingan tadbirlar ham yaqin kelajakda o'z samarasini beradi.
Bosh prokuratura boshqarma boshlig'i
Donald Tramp portretini 100 dollarlik kupyuraga joylashtirish taklif qilindi
AQSH respublikachilarining nazarida, Tramp nafaqaga chiqib, oilasi bilan dam olish oʻrniga, mamlakat chegaralarini mustahkamlash, xalqaro savdodagi tengsizlikni bartaraf etish va Amerika iqtisodiyotini yuksaltirishga kirishgan. Uni munosib taqdirlash maqsadida ushbu qonun loyihasi taklif etilmoqda.Loyiha qabul qilingan taqdirda, tegishli banknotalarni 2029-yildan boshlab muomalaga chiqarilishi rejalashtirilgan.Taʼkidlash joiz, kongressmenning taklifi Qoʻshma Shtatlar prezidenti sharafiga yang
Oʻzbekiston mudofaa byudjeti boʻyicha Markaziy Osiyoda birinchi oʻrinni egalladi
Xalqaro mudofaa sharhida taʼkidlanishicha, Oʻzbekiston mudofaa byudjeti bilan Myanmadan (2,94 milliard dollar) keyingi 63-oʻrinni band etgan.Reyting jadvalida yurtimizdan keyingi oʻrinlarda 2,04 milliard AQSH dollar byudjet bilan Qozogʻiston, 1,1 milliard dollar bilan Turkmaniston, 446 million dollar bilan Tojikiston va 221 million dollarlik byudjet bilan Qirgʻiziston joylashgan.GF maʼlumotlariga koʻra, mudofaa byudjeti eng yuqori boʻlgan top beshta mamlakat ' AQSH (895 milliard dollar)
Nurafshonda “Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi” ochildi
Ikki kun davom etadigan yarmarkada poytaxt viloyatidan 300 dan ziyod sanoat korxonalari 2,5 ming turdan ortiq, shuningdek, boshqa viloyatlardan kelgan 50 nafarga yaqin tadbirkorlar o'z mahsulotlari bilan qatnashayotir.Tadbir doirasida viloyat hokimi va tizim mas'ullari ishtirokida tadbirkorlar uchun sayyor qabul ham tashkil etildi. Unda tijorat banklari tomonidan loyihalar uchun kredit mablag'i ajratish, soliq to'lovlari, yer-kadastr, investitsiya yo'naltirish kabi ko'plab masalalar yuzasidan yu
“ҚУРАМА”ДА САЙЁР ҚАБУЛ
Миришкор тумани ИИБ бошлиғи, подполковник Ғайрат Ҳайдаров “Қурама” маҳалласида сайёр қабул ўтказди. Унда маҳалла фуқаролари томонидан турли масалаларга доир мурожаатлар тингланди. Шундан 5 та мурожаат жойида ҳал этилган бўлса, муддат талаб қилувчи мурожаатлар ижроси н