calendar 11 Aug 14:31
eye 473
comments 0
comments Manba: qalampir

Prokuraturalarda yangi prokuror-kriminalist lavozimi joriy etiladi

image
image

O'zbekistonda tergov sohasida kadrlar tayyorlovchi yangi oliy taʻlim muassasasi ish boshlaydi. Bu haqda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan "Sud-tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmonda so'z boradi. 

Farmonda qayd etilishicha, bir oy muddatda Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda tergov sohasida malakali kadrlarni tayyorlashga ixtisoslashgan oliy taʻlim muassasasini tashkil etish bo'yicha takliflarni ishlab chiqishi kerak. 

Ikki oy muddatda prokuratura organlarining belgilangan shtat birligi doirasida O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyat va Toshkent shahar prokuraturalari tizimida prokuror-kriminalist lavozimini joriy etiladi. 

Uch oy muddatda Davlat byudjyeti parametrlarida prokuratura organlari uchun ajratilgan mablag'lar doirasida va byudjyetdan tashqari mablag'lari hisobidan prokuror-kriminalistlarni zamonaviy maxsus jihozlar bilan taʻminlash choralarini ko'rilishi belgilandi. 

O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi masʻul vazirlik va idoralar bilan birgalikda ushbu Farmonda nazarda tutilgan chora-tadbirlar ijrosi yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga har chorakda axborot berib boradi. 

Qolaversa, O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oliy sudi, Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o'zgartirish va qo'shimchalar to'g'risida takliflar kiritishi lozim. 


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jul 12:03
 
106
0
qalampir.uz

Surxondaryoda maktab direktorini kaltaklagan erkakka sud hukmi o‘qildi

O‘tgan yili Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi 28-maktabning direktori T.U. shu muassasada ishlovchi o‘qituvchining oila a’zolari tomonidan ayovsiz kaltaklangani haqida xabar berilgan edi.  Unga tan jarohati yetkazgan shaxsga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.  Bildirilishicha, sudlanuvchi Y.M. 2023 yil 31 avgust kuni soat 17:00 da Sariosiyo tumani, Do‘stlik mahallasida joylashgan 28- umumta’lim ma

26 Jul 10:20
 
51
0
xs.uz

Toshkent – Chorvoq mavsumiy avtobus qatnovlari soni koʻpaytirildi

Endilikda avtobuslar 'Mashinasozlar' metro bekatidan soat 8:00, 09:00, 11:00 va 16:30 da joʻnaydi. Chorvoqdan (Xumson) esa 6:00, 16:00, 18:00 va 19:00 harakatlanadi.Qatnovlar Uzautotrans service korxonasining YUTONG avtobuslarida amalga oshirilmoqda. Ushbu yoʻnalishda yoʻlkira narxi 20 000 soʻm etib belgilangan.

19 Aug 07:03
 
13
0
xs.uz

Mamlakatimiz uchun ustuvor xalqaro reyting va indekslarning ro‘yxati tasdiqlandi va maqsadli ko‘rsatkichlar belgilandi

Senatning ellik beshinchi yalpi majlisida O'zbekiston uchun ustuvor bo'lgan xalqaro reyting va indekslar ro'yxatini tasdiqlash to'g'risidagi masala ko'rib chiqildi. Ta'kidlanganidek, so'nggi 4 yilda mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy hamda siyosiy-huquqiy sohalariga oid xalqaro reyting va indekslardagi o'rnini yaxshilash bo'yicha Prezidentimizning bir qator farmon va qarorlari qabul qilingan.' Ular orasida 2020 yil 2 iyundagi 'O'zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o'rn

19 Aug 07:03
 
19
0
xs.uz

Andijon shahri sobiq hokimi yangi lavozimga tayinlandi

17 avgust kuni Andijon shahar hokimi Gʻofur Abdurahmonov bu haqda tegishli qarorni'imzolagan.Ma'lumot uchun, Dilmurod Rahmatullayev ta'lim tizimida turli lavozimlarda ishlagan. Bir muddat viloyat xalq ta'limi boshqarmasini boshqargan. 2016'2019 yillarda Andijon shahriga hokimlik qilgan.