calendar 15 Jul 12:03
eye 108
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Surxondaryoda maktab direktorini kaltaklagan erkakka sud hukmi o‘qildi

image

O‘tgan yili Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi 28-maktabning direktori T.U. shu muassasada ishlovchi o‘qituvchining oila a’zolari tomonidan ayovsiz kaltaklangani haqida xabar berilgan edi. 

Unga tan jarohati yetkazgan shaxsga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi. 

Bildirilishicha, sudlanuvchi Y.M. 2023 yil 31 avgust kuni soat 17:00 da Sariosiyo tumani, Do‘stlik mahallasida joylashgan 28- umumta’lim maktabi binosiga borib, maktab direktori T.U. o‘tirgan metodik o‘quv xonasiga kirib borib, u bilan hech bir sababsiz janjallashib qolgan. Janjal vaqtida xonada turgan stulni qurol sifatida qo‘llab, ushbu stul bilan direktorning bosh qismi va badanining duch kelgan sohalariga bir necha marta qasddan urib, tan jarohati yetkazgan. Erkakni ajratib, bezorilik harakatlarini oldini olmoqchi bo‘lgan shu maktabning o‘qituvchisi I.Q. ning ham boshiga urib, tan jarohati yetkazgan.

Sudlanuvchi Y.M. sudda aybiga iqrorligini bildirib, suddan yengillik so‘ragan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyadan kelganligi sababli 2023 yil 1 sentyabr kuni mahallada yashovchi qariyalarni uyiga chaqirib ehson qilishni rejalashtirgan va shu maqsadda 31 avgust kuni soat 14:00 larda Denov shahrida joylashgan dehqon bozoriga borib kerakli narsalarni xarid qilgan. Bozordan qaytishda maktabga kirib, turmush o‘rtog‘iga dars soati kam ajratilganidan jahli chiqib, direktor xonasiga borgan va dars soati nega kamayganini so‘raganida, o‘qituvchi “qo‘lingda quroling bo‘lsa otib tashla, xotining ishlasa shu, ishlamasa katta ko‘cha, arizasini yozib ketaversin, seni kim kiritdi maktabga, chiqarib yuboringlar buni, suf senga” deya javob bergan. Shundan so‘ng, holat sodir bo‘lgan.

Sud sudlanuvchi Y.M.ni Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) 3-qismi “g” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topib, uni 3 yil-u 6 oyga ozodlikdan mahrum qildi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Surxondaryoda YPX xodimini haqorat qilgan aka-uka 10 sutkaga qamalgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:21
 
36
0
xs.uz

“Prava” olish yanada murakkablashmoqda. Endi boʻlajak haydovchilar birinchi tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha amaliy imtihonlardan ham oʻtishi kerak

Vazirlar Mahkamasining 'Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyatini letsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi 408-sonli qaroriga (2018-yil 31-may) tegishli tartibda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.Qayd etilishicha, mazkur qarorning 24-bandiga koʻra, endilikda 'oʻquv tashkilotida avtomototransport vositalari

21 Jul 14:53
 
74
0
qalampir.uz

OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi

Prezidentning 2024 yil 19 iyuldagi 36-sonli farmoyishi bilan 2024/2025 o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi (granti) parametrlari tasdiqlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi. Unga ko‘ra: bakalavr kunduzgi ta’lim shakliga – 34 ming 838 nafar; magistratura bo‘yicha – 9 ming 365 nafar grant o‘rinlari ajratilgan. Ma’lumot uchun, joriy yilda kvotalar OTMlar kesimi

26 Jul 10:20
 
37
0
qalampir.uz

Qoraqalpog‘istondagi mudhish YTHda 8 kishi halok bo‘ldi (video)

Qoraqalpog‘istonning Qo‘ng‘irot tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida 8 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 22 iyul kuni soat 19:05 larda tumandagi “Yelabat PPJ” hududidan o‘tuvchi A-380 “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yo‘lining 891-892-kilometrida 1994 yilda tug‘ilgan, Qo‘ng‘irot tumanida yashagan M.N o‘zining La

26 Jul 10:20
 
36
0
qalampir.uz

Farg‘onada ayolini rashk qilib kaltaklagan erkak 3 yilga qamaldi

Farg‘onada 18 yillik turmush o‘rtog‘ini ayovsiz urgan 44 yoshli erkak 3 yilga qamaldi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi. Ma’lum qilinishicha, mazkur holat Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida sodir bo‘lgan. Bir nechta asossiz sabablar Rossiyaga ketgan erkakda ayoliga nisbatan shubha uyg‘otgan. Erkak Rossiyadan qaytib kelib, ayoli bilan tez-tez janjallasha boshlagan va uni o‘lasi qilib kaltaklagan. Ushbu holat jinoyat ishlari bo‘yicha Oltiariq tuman sud