calendar 05 Aug 07:06
eye 62
comments 0
comments Manba: daryo

Pandemiya bilan yashayotgan dunyo — suratlarda

image

Reuters dunyo mamlakatlarida koronavirus pandemiyasi sharoitida yashayotgan insonlarning maishiy hayoti aks etgan fotojamlanma tayyorladi.

Ukrainaning Kiyev shahrida polietilen paketdan himoya niqobi yasab olgan erkak.

Foto: Reuters

Londonning Ilford hududida o‘ziga himoya niqobi tanlayotgan ayol.

Foto: Reuters

Hindistoning Nyu-Dehli shahridagi kinoteatrda dezinfeksiya vositasini purkab yurgan xodim.

Foto: Reuters

Xitoyning Pekin shahridagi ACE Cinema kinoteatrida bolalar uchun yostiqchalar ustiga qadoq qo‘yib chiqayotgan xodim.

Foto: Reuters

Belgiyaning Ostend hududidagi Shimoliy dengizda himoya niqobidagi qutqaruvchi.

Foto: Reuters

Meksikaning Mexiko shahridagi Jaso Bakery restoranida ijtimoiy masofani ta’minlash uchun yumshoq ayiqchalar joylashtirib chiqilgan.

Foto: Reuters

Janubiy Koreyaning Kvanju hududida o‘z uyidagi balchiqli basseynda onlayn festivalda ishtirok etayotgan bolalar.

Foto: Reuters

Yaponiyaning Tokio shahrida himoya niqobida ko‘chada uxlab yotgan erkak.

Foto: Reuters

Peruning Lima shahrida qo‘shnilaridan parda orqali ajratib himoyalangan yo‘lovchilar.

Foto: Reuters

Nyu-Yorkning Bruklin tumanida tug‘ilgan kunida shishirilgan sharlarni ko‘tarib ketayotgan qizaloq.

Foto: Reuters

Xitoyning Shanxay shahrida qayta ochilgan kinoteatrda himoya niqoblarida o‘tirgan odamlar.

Foto: Reuters

Parijning Luvr muzeyidagi “Mona Liza” asari oldida selfi qilayotgan tashrif buyuruvchilar.

Foto: Reuters

Filippinning Manila shahridagi Keson Siti hududida yo‘lovchilar mikrobusga chiqmoqda.

Foto: Reuters

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bepul sartaroshxona tashkil etgan erkak.

Foto: Reuters

Bangladeshning Dakka shahridagi sartaroshxonadagi xizmat ko‘rsatish jarayoni.

Foto: Reuters

Keniyaning Nayrobi shahrida meva va sabzavotlarni sotish uchun tayyorlayotgan ayol.

Foto: Reuters

Nyu-Yorkning Domino bog‘ida dam olayotgan odamlarni nazorat qilayotgan politsiya xodimi.

Foto: Reuters

Venesuelaning Karakas shahrida boshqa uy tomiga vino to‘ldirilgan plastik konteynerni uloqtirayotgan Fransisko.

Foto: Reuters

AQShning Texas shtatida tug‘ruq majmuasida akusherlari oldiga tekshiruvga kelgan homilador hamshira Samanta Salinas.

Foto: Reuters

Buyuk Britaniyaning Nyukasl-apon-Tayn bulvaridagi Grosvenor Casino kazinosida pandemiya cheklovlaridan so‘ng qayta ochilish oldidan ishga hozirlanayotgan xodim.

Foto: Reuters


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jun 10:46
 
35
0
xs.uz

“Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi

Ushbu hafta Hindistonda 'Boeing 787-8 Dreamliner' samolyoti Ahmadoboddan Londonga uchish uchun samoga koʻtarilgan, ammo 5 daqiqa oʻtib havo kemasi halokatga uchradi. Bortda 242 kishi bor edi.Dastlab dahshatli aviahalokatda qutqaruvchilar tiriklarni topishga umid qilishmagan. Shunga qaramasdan, 40 yoshli Vishvashkumar Ramesh bu fojiada tirik qolgan bortdagi yagona inson ekani maʼlum boʻldi.U akasi Ajaykumar Ramesh bilan uchayotgan edi. Ular bort oshxonasining qarama-qarshi tomonidagi favqulod

08 Jun 02:27
 
38
0
xs.uz

Tramp va Mask omma oldida janjallashdi

AQSH prezidenti Donald Tramp oʻzining sobiq doʻsti va ittifoqchisi, milliarder Ilon Maskni birinchi marta oshkora tanqid qildi. U tadbirkordan hafsalasi pir boʻlganini aytdi va Maskning 'Tesla' va 'SpaceX' kompaniyalariga davlat subsidiyalarini toʻlashni toʻxtatishni taklif qildi. Bunga javoban Mask uning yordamisiz respublikachi hech qachon prezidentlik saylovlarida gʻalaba qozona olmasligini aytdi va Trampni voyaga yetmaganlarni zoʻrlashga aloqadorlikda aybladi. Sobiq doʻstlar oʻrtasi

17 May 21:47
 
55
0
xs.uz

Isroilning navbatdagi hujumlari oqibatida Gʻazoda yana ellik nafardan ortiq odam halok boʻldi

Chorshanba kuni Isroilning Gʻazo sektoriga bergan navbatdagi zarbalari oqibatida halok boʻlganlar soni 50 nafardan oshdi. Bu haqda 'Al-Jazira' telekanali Falastin tibbiy manbalariga tayanib xabar tarqatdi.'Isroilning chorshanba kuni ertalabdan Gʻazoga bergan zarbalari oqibatida 56 kishi halok boʻldi', ' deyiladi manbada.Avvalroq, Gʻazo sektori shimolidagi Jabaliya shahri va shu nomdagi lagerning bombardimon qilinishi oqibatida 30 nafardan ortiq odam halok boʻlgani xabar qilingandi.Falastin

04 Jun 02:45
 
136
0
xs.uz

Misrdan Oʻzbekistonga C gepatitiga qarshi dorining joriy yildagi ilk partiyasi olib kelindi

Misr hukumati tomonidan Oʻzbekistonga insonparvarlik yordami sifatida gepatit Chtml5-dom-document-internal-entity2-39-endga qarshi dori vositasining 2025-yildagi ilk partiyasi yetkazildi. Bu haqda 'Dunyo' axborot agentligi'xabar berdi.Qayd etilishicha, ushbu insonparvarlik loyihasi Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekistonda C gepatitini 100 foiz davolash boʻyicha tashabbusi ijrosi doirasida amalga oshirilgan.Oʻzbekiston diplomatik vakolatxonasi va Misr Sogʻliqni saqlash vazirligi rahbar