calendar 04 Apr 16:19
eye 27
comments 0
comments Manba: xs.uz

Qaysi shaharlarda eng koʻp milliarderlar yashaydi?

image
'Forbes' jurnali dunyodagi eng koʻp milliarderlar yashovchi shaharlar reytingini eʼlon qildi. Bu haqida 'Finance' nashri xabar berdi.

Jurnal maʼlumotlariga koʻra, eng koʻp milliarderlar yashovchi shaharlar reytingida birinchi oʻrinni Nyu-York egallagan. Maʼlum boʻlishicha, shaharda jami 123 nafar milliarder yashaydi. Nyu-York shahrining sobiq meri, tadbirkor Maykl Blumberg ular orasida 105 milliard dollar boyligi bilan birinchi oʻrinda qayd etilgan.

Shuningdek, Rossiya poytaxti Moskva shahri ikkinchi oʻringa koʻtarilgan. Shaharda 90 nafar milliarder istiqomat qilishi aniqlangan. Ortda qolgan bir yil davomida ularning soni 16 nafarga koʻpaygan. Moskva shahrida yashovchi milliarderlarning umumiy boyligi 409 milliard dollarga teng ekanligi aytilgan. Ular orasidagi eng boy moskvalik, 'Lukoyl' asoschisi Vagit Alekperov hisoblanib, uning boyligi 28,7 milliard dollarga teng.

Mazkur reytingning uchinchi pogʻonasidan Gonkong shahri joy olgan. Shaharda 72 nafar milliarder yashashi maʼlum qilingan.

Bundan tashqari, eng koʻp milliarderlar yashovchi shaharlar reytingida 4-oʻrinda London, 5-oʻrinda Pekin, 6-oʻrinda Mumbay, 7-oʻrinda Singapur, 8-oʻrinda Shanxay, 9-oʻrinda San-Fransisko hamda 10-oʻrinda Los-Anjeles shaharlari qayd etilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Apr 16:19
 
29
0
xs.uz

Oʻzbekistonda 16 tuman jadal kompleks rivojlantiriladi

Unga koʻra, sanoat ishlab chiqarishi 7'8 foizga, xizmatlar hajmi 15'17 foizga, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi esa 4'5 foizga oshiriladi. Ishsizlik darajasi 4'5 foizga, kambagʻallik esa 5'6 foizga kamaytiriladi. Qoʻngʻirot, Asaka, Gʻallaorol, Denov tumanlari va Margʻilon shahri ishsizlik va kambagʻallikdan holi hududlarga aylantiriladi.Shu yilning 1-iyuliga qadar tumanlarning ishlab chiqilganiga 10-yildan oshgan bosh rejalarni 3 ta toifadagi (renovatsiya, rekonstruksiya va konservats

15 Apr 07:06
 
24
0
xs.uz

Dollar kursi biroz pastladi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'10,77 soʻmga'tushdi va'12 969,56 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'10,96 soʻmga'pastlab,'14 768,44 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'2,58 soʻmga'oshdi va'157,09 soʻmni'tashkil qildi.

20 Mar 12:50
 
35
0
postda.uz

“ҚУРАМА”ДА САЙЁР ҚАБУЛ

Миришкор тумани ИИБ бошлиғи, подполковник Ғайрат Ҳайдаров “Қурама” маҳалласида сайёр қабул ўтказди. Унда маҳалла фуқаролари томонидан турли масалаларга доир мурожаатлар тингланди. Шундан 5 та мурожаат жойида ҳал этилган бўлса, муддат талаб қилувчи мурожаатлар ижроси н

09 Mar 06:34
 
48
0
xs.uz

Markaziy bank 11-mart kuni amalda boʻladigan xorijiy valyutalarning yangi qiymatini eʼlon qildi

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 11-mart kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 21,75 soʻmga oshib, 12 940,11 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 103,72 soʻmga koʻtarilib, 14 055,55 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 0,97 soʻmga oshdi va 145,62 soʻmni tashkil qildi.