Jinoyat joyini o‘rganish – dalillarni topish, yig‘ish va hujjatlashtirish, gumon qilinuvchilarni aniqlash uchun barmoq izlari tahlili, qalbaki hujjatlarni tekshirishda ekspert-kriminalistdan kuchli tahlil qilish va diqqat bilan ishlash qobiliyatiga ega bo‘lish, sabr-toqat va aniqlik bilan xulosani taqdim eta bilish talab etiladi.
Namangan viloyati Davlatobod tumani IIB Ekspert-kriminalistika guruhi xodimlari o‘tgan yili tuman hududida sodir etilgan 284 ta hodisa va jinoyat joyini ko‘zdan kechirishda ishtirok etdi. Jarayonda
219 ta ashyoviy dalillar olingan. 54 ta tadqiqot bajarilgan. 18 ta jinoyat qo‘l barmoq izlari orqali «shaxsni identifikatsiya qilish» tizimi yordamida fosh etildi.
12 ta jinoyat fotosurat va videoyozuvlar yordamida aniqlangan. Soha mutaxassislari 2500 ga yaqin tezkor qidiruv va tergov harakatlarida ishtirok etishgan. Shaxsan o‘zim ishtirokimda 62 ta ekspertiza ishlari bajarildi. Ayrim ishlarni misol tariqasida keltirib o‘taman.
«Orzu» mahallasida yashovchi H.A. ismli ayol tilla buyumlari yo‘qolganligi haqida murojaat qiladi. Ushbu holat yuzasidan voqea joyiga borib o‘rganilganda, hodisa joyiga kirishdagi ikki qanotli eshikni ko‘zdan kechirish vaqtida olingan qo‘l barmoq izlari 1985-yilda tug‘ilgan N.E.ga tegishli ekani ma’lum bo‘ldi.
2024-yil 6-avgust kuni «Navbahor» mahallasida
yashovchi fuqaroning xonadonida bosh sohasida tan jarohati olgan holatda jasadi topildi. Qotil iz qoldirmaslikka harakat qilgan. Lekin xonadondagi daftarda uning barmoq izlari qolib ketgan. Ular 1975-yilda tug‘ilgan A.U.ga tegishli ekani ayon bo‘ldi.
Aniqlanishicha, marhuma qarzdor bo‘lgan. Gumon qilinuvchi undan pullarini olgani kelganida o‘rtalarida janjal chiqqan. Shunda gumon qilinuvchi mehmonxonadagi shisha idish bilan ayolning boshiga bir necha marotaba urgan. Yetkazilgan tan jarohati tufayli uy bekasi vafot etgan. Bu kabi misollarni ko‘plab keltirish mumkin.
– Yil boshidan buyon 40 marotaba voqea joyiga chiqdim. 13 ta tadqiqot va
9 ta ekspertiza ishlarini amalga oshirdim. Bundan tashqari, targ‘ibot-tashviqot ishlari ham olib bormoqdamiz. Xususan, yaqinda Davlatobod tumani madaniyat markazida Ekspert-kriminalistika markazida joriy etilgan yuridik va jismoniy shaxslarga ekspertlik ilmiy-tadqiqot hamda axborot xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi.
Shuningdek, tuman tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi xodimlari o‘rtasida ham tushuntirish ishlari olib borildi. Zimmamizdagi mas’uliyatli vazifalarni amalga oshirish jarayonida dalillarni sinchkovlik bilan tahlil qilayotganimiz samara bermoqda.
Azamjon BABAYEV,
Davlatobod tumani IIB EKG katta eksperti, mayor.
Oʻzbekistonda 16 tuman jadal kompleks rivojlantiriladi
Unga koʻra, sanoat ishlab chiqarishi 7'8 foizga, xizmatlar hajmi 15'17 foizga, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi esa 4'5 foizga oshiriladi. Ishsizlik darajasi 4'5 foizga, kambagʻallik esa 5'6 foizga kamaytiriladi. Qoʻngʻirot, Asaka, Gʻallaorol, Denov tumanlari va Margʻilon shahri ishsizlik va kambagʻallikdan holi hududlarga aylantiriladi.Shu yilning 1-iyuliga qadar tumanlarning ishlab chiqilganiga 10-yildan oshgan bosh rejalarni 3 ta toifadagi (renovatsiya, rekonstruksiya va konservats
Dollar kursi pastlashda davom etmoqda
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'29,80 soʻmga'tushib,'12 880,35 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'125,30 soʻmga'pastlab,'14 535,47 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'3,10 soʻmga'tushdi va'156,68 soʻmni'tashkil qildi.
Dunyoning elektr skuter ishlab chiqaruvchi yetakchi “Yadea” kompaniyasi Toshkentda flagman doʻkonini ochdi
Jahonning mashhur ikki gʻildirakli transport vositalari ishlab chiqaruvchisi sanalgan 'Yadea' brendi endi Oʻzbekistonda ham faoliyat boshladi. Bu ayni brend uchun muhim qadam boʻlib, aholiga zamonaviy va ishonchli elektr skuter va elektron velosipedlarni taqdim etadi. 'Yadea' ushbu yoʻnalishda 8-yildan buyon ketma-ket dunyoda sotuvlar boʻyicha yuqori oʻrinlarni egallamoqda. Endilikda oʻzbek xaridorlari kompaniyaning innovatsion mahsulotlari bilan shaxsan tanishishi mumkin.Doʻkon Toshkent
Dollar kursi tushishda davom etmoqda
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'10,20'soʻmga'tushib,'12 915,00'soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'25,24'soʻmga'pastlab,'13'957,24'soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'0,97 soʻmga'oshdi va'153,55 soʻmni'tashkil qildi.