calendar 09 Mar 06:34
eye 61
comments 0
comments Manba: xs.uz

Serbiyadagi namoyishda vazir kaltaklandi

image
Kecha, 7-mart kuni Serbiyaning Novi-Sad shahridagi norozilik namoyishlari vaqtida mamlakatning Madaniyat vaziri Nikola Selakovich hujumga uchradi. Bu haqida 'Blic' nashri maʼlumot berdi.

Unga koʻra, Serbiyaning Novi-Sad shahrida talabalarning norozilik namoyishlari boʻlib oʻtgan. Namoyish davomida ularga koʻplab fuqarolar ham ergashgan. Besh oydan buyon davom etayotgan mazkur norozilik namoyishlari 2024-yilning 1-noyabr kuni shahardagi temiryoʻl vokzalining tom qismi qulashi natijasida 15 kishi vafot etganidan soʻng boshlangan.

Kechagi namoyishlar davomida esa, Belgrad markazidagi koʻchalardan biridagi olomon mamlakat Madaniyat vaziri Nikola Selakovichga tashlanib, uni kaltaklagan. Oqibatda vazirning burni singan va bosh miyasini rentgen qilish uchun shifoxonaga yotqizilgan.

'Namoyishchilar bugun kechqurun vazir Selakovichga tashlanishdi va uni yaralashdi. Ular shu bilan hamma muammolari hal boʻldi deb oʻylashmoqda. Afsuski bunday emas. Ular shunchaki yana bir bor ushbu mamlakatdagi demokratiya haqidagi qarashlarini va oʻzlari kabi oʻylamaydigan odamlarga qanday munosabatda boʻlishni koʻrsatishdi', ' deya taʼkidlagan mamlakat Prezidenti Aleksandr Vuchich.

Maʼlumot uchun, 15 kishining vafotiga sabab boʻlgan temir yoʻl vokzalining qulab tushgan qismi atigi toʻrt oy oldin 16 million yevro evaziga rekonstruksiya qilingan hamda foydalanishga topshirilgandi.

Namoyish ishtirokchilarining asosiy talablari esa ushbu voqeada aybdor boʻlganlarni 'qotillik' hamda 'korrupsiya'da aybdor deb topib, sud qilishni talab qilishmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

21 Apr 08:34
 
1066
0
xs.uz

Yevropa “katta oʻyinga” qoʻshildi — Parijda Ukraina boʻyicha “koʻngillilar koalitsiyasi” yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Kecha Parijda bir qator diplomatik uchrashuvlar ham boʻlib oʻtdi va bu Ukrainadagi mojaroni tartibga solishning yangi bosqichini belgilab berdi. Shu kuni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron AQSH Davlat kotibi Marko Rubio va AQSH prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoffni qabul qildi.Shu bilan birga, Parijda Ukraina prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak, tashqi ishlar vaziri Andrey Sibixa va mudofaa vaziri Rustem Umerovdan iborat Ukraina delegatsiyasi hamda 30 ga yaqin davlat, jumladan, Fran

15 Apr 07:06
 
65
0
xs.uz

AQSH Kongressida Trampga iqtisodiyotni oʻrganishi maslahat berildi

AQSH prezidenti Donald Tramp maʼmuriyati XXI asr iqtisodiyoti haqida tushunchaga ega emas. Bu haqda kaliforniyalik demokrat kongressmen Ro Xanna aytib oʻtdi.'Men ularda XIX asrning MakKinli (Uilyam MakKinli AQSHning 25-prezidenti ' tahr.) siyosati borligini tushunaman, lekin ular XXI asr iqtisodiyotini tushunish kerak', ' deydi siyosatchi.Shuningdek, u Oq uyning mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish tashabbusi allaqachon barbod boʻlayotganini taʼkidladi. Bunga misol sifatida Xanna Tramp

16 Apr 09:12
 
59
0
xs.uz

YI Rossiya bilan gaz yetkazib berish boʻyicha tuzilgan barcha shartnomalarni bekor qilmoqchi

Yevropa Ittifoqi (YI) Rossiya bilan gaz shartnomalarini jarima toʻlamasdan bekor qilish yoʻllarini qidirmoqda, deb yozdi 'Financial Times' gazetasi oʻz manbalarga tayanib.'Bryussel Yevropa kompaniyalariga Moskvaga katta jarimalar toʻlamasdan, Rossiya gazini yetkazib berish boʻyicha uzoq muddatli shartnomalarni buzishga imkon beradigan qonuniy variantlarni oʻrganmoqda', ' deyiladi nashrda.Gazetaning qayd etishicha, bu masala Rossiya energetika resurslaridan voz kechish boʻyicha yoʻl xarit

08 Jun 02:27
 
8
0
xs.uz

Lukashenko Si Szinpinga haykal oʻrnatishni taklif qildi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Milliy futbol stadioni yaqinida Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin haykalini oʻrnatishni taklif qildi. Bu haqda Belarus prezidenti matbuot xizmatiga yaqin boʻlgan 'Pul pervogo' Telegram kanali xabar tarqatdi.Stadion Xitoy tomonidan ajratilgan mablagʻ evaziga qurilgan va ushbu loyiha toʻliq Xitoy tomonidan amalga oshirilgan. U Xitoyning Belarusga sovgʻasi boʻldi.Ochilish marosimidan oldin Belarus prezidentiga stadionga kiraverishda oʻrnatilgan