Dastlab, vazirlar bir-birini ikki davlat sportchilarining 2024-yilda Parijda boʻlib oʻtgan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya oʻyinlarida erishilgan natijalar bilan tabrikladi. Shu bilan birga, sport vaziri mehmonni Oʻzbekistonda sohada olib borilayotgan islohotlar, yurtimizda mavjud va yangidan bunyod etilayotgan sport obyektlari hamda sportchilarning ham jismonan, ham ruhan puxta tayyorgarlik koʻrishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirdi.
Uchrashuv davomida ikki davlat oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarni yanada mustahkamlash, hamkorlikda oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini tashkil etish hamda Gruziyada kurash sportini rivojlantirish orqali joriy yilning 9-15-aprel kunlari Batumida boʻlib oʻtadigan Yevropa chempionatiga puxta tayyorgarlik koʻrish masalalari muhokama qilindi.
Rektorlar oʻzaro kuch sinashdi
Toshkentdagi oliy taʼlim muassasalari rahbarlari oʻrtasida oʻtkazilgan 'Vazir kubogi' sport musobaqasi doirasida poytaxtimizdagi barcha oliy taʼlim muassasalari rektorlari (direktorlari) sportning mini futbol, stol tennisi va shaxmat turlari boʻyicha kuch sinashishdi.
Musobaqa yakuniga koʻra gʻolib va sovrindorlarga diplom, medal va esdalik sovgʻalari topshirildi.
Bu kabi musobaqalarning tashkil etilishi nafaqat rektorlar yoki professor-oʻqituvchilar, balki talaba-yoshlarni sport maydonlariga chorlagan holda ularning salomatliklarini tiklashlari barobarida yangi-yangi natijalar sari undaydi. Zero, davlatimiz rahbarining 'Sogʻlom inson ' sogʻlom millat' gʻoyasi amalda umummilliy harakatga aylanib bormoqda.
Buyuk Britaniya terma jamoasi bilan qoʻshma oʻquv-mashgʻulot yigʻini oʻtkazilmoqda
Xabaringiz bor, shu kunlarda taekvondo WT boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Toshkent shahridagi assosiatsiya bazasida Buyuk Britaniya termasi bilan hamkorlikda qoʻshma oʻquv-mashgʻulot yigʻinini olib bormoqda.
'Universal' sport saroyida yigʻin doirasidagi sparring bellashuvlarining ikkinchi bosqichi tashkillashtirildi. Oʻrtoqlik bellashuvlari yakunida assosiatsiya tomonidan mehmon terma jamoa vakillariga esdalik sovgʻalari topshirildi.
Maʼlumot uchun, qoʻshma yigʻin doirasidagi mashgʻulotlar 8-martga qadar davom etadi.
Umida ABDURASHIDOVA,
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi.
Nursulton Roʻziboyevning navbatdagi raqibi va jang sanasi maʼlum boʻldi
Oʻsha kuni Roʻziboyevga amerikalik Brayan Battle raqiblik qiladi. 30 yoshli Battle hozirgacha UFCʼda 8 ta jang oʻtkazgan boʻlib ularning 7 tasida gʻalaba qayd etgan, 1 ta jangda esa magʻlubiyatga uchragan. Shuningdek uning hisobida 1 ta NC (jang oʻtkazilmagan) natija ham bor.U soʻnggi jangini 2024-yil 7-dekabrda Rendi Braunga qarshi oʻtkazgan va hakamlar qaroriga koʻra gʻalabaga erishgan.31 yoshli hamyurtimiz esa soʻnggi bor 2024-yilning 19-may kuni Las-Vegasda boʻlib oʻtgan 'UFC
Javohir Sindarov Shvetsiyadagi nufuzli turnir chempioniga aylandi
Shvetsiyaning Malmyo shahrida oʻtkazilgan yirik xalqaro shaxmat turniri oʻz yakuniga yetdi. Aylana tizimida boʻlib oʻtgan mazkur musobaqada Oʻzbekiston sharafini grossmeyster Javohir Sindarov muvaffaqiyatli himoya qildi.Mamlakatimizning ikkinchi raqamli shaxmatchisi yetti nafar kuchli raqiblari bilan sovrinli oʻrinlar uchun kurash olib bordi.Kecha boʻlib oʻtgan 7-tur bahsida Sindarov qora donalarda ukrainalik shaxmat afsonasi Vasiliy Ivanchukka qarshi bahs olib bordi va oʻyinni durang b
“Sport – tinchlik elchisi” musobaqasi mamlakatimiz talabalarini birlashtirdi
Marosimda so'z olgan rasmiylar oliy va diniy ta'lim muassasalari o'rtasida sportni ommalashtirish, talabalarni sog'lom turmush tarzi va jismoniy faollikka jalb qilish, ta'lim muassasalari o'rtasida sportni targ'ib qilish orqali do'stona aloqalarni mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidlashdi.Musobaqa doirasida yoshlar mini-futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat va shashka, kibersport, kurash, arqon tortish, tosh ko'tarish kabi turlar bo'yicha bellashishmoqda.Shuningdek, sport sohasid
Mamlakatimizda taekvondo WTF bo‘yicha 16-html5-dom-document-internal-entity1-quot-endBek Mun Jonghtml5-dom-document-internal-entity1-quot-end an’anaviy xalqaro turniri start oldi
Turnir doirasida universitetga Janubiy Koreyaning nufuzli universitetlari, taekvondo assotsiatsiyasi hamda Janubiy Koreya Respublikasining O'zbekistondagi elchixonasi vakillaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.Mazkur xalqaro turnir doirasida universitet rektori Rashid Matkarimov va xorijiy mehmonlar o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.Unda universitetlar o'rtasida taekvondo sportini rivojlantirish bo'yicha xalqaro aloqalarni yo'lga qo'yish va mustahkamlash hamda universitet hududida Koreya inv