Kredit bitimini tuzish taqiqlangan shaxslar reyestri tuziladi

Markaziy bank ushbu reyestr yuritish tartibini belgilaydi. Shuningdek, kredit byurolari uchun ustav kapitalining eng kam miqdori 2 milliard soʻm etib belgilandi.
Agarda kredit byurolari kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisidagi va kredit byurolari faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik talablariga rioya etmasa, byurolar xizmati isteʼmolchilarining huquqlarini buzsa, qalbaki hujjatlardan foydalanilgan vaziyatlar aniqlansa Markaziy bank ularga sanksiyalar hamda BHMning 5 ming baravarigacha miqdorda jarima qoʻllashga haqli.
Bundan tashqari, jismoniy shaxs oʻz xabarisiz kredit rasmiylashtirilishining oldini olish uchun kredit byurosiga ariza berib, oʻz nomiga bitim tuzishni taqiqlashi mumkin.
Shavkat Mirziyoyev va Bolgariya Prezidenti Rumen Radev Ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish toʻgʻrisida qoʻshma deklaratsiyani imzoladilar
Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan muzokaralar yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Bolgariya Respublikasi Prezidenti Rumen Radev Ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish toʻgʻrisida qoʻshma deklaratsiyani imzoladilar.Yetakchilar huzurida ikki tomonlama hujjatlar, jumladan, Tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida 2026-2027-yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturi hamda Toshkent va Sofiya shaharlari oʻrtasida sheriklik munosabatlarini oʻrnatish toʻgʻrisidagi bit
Hafta boshida xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan qiymati qanday boʻladi?
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 9-iyun kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 54,29 soʻmga tushdi va 12 777,52 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi ham 15,80 soʻmga pasaydi va 14 590,65 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli ham 2,21 soʻmga tushib, 161,54 soʻmni tashkil etdi.
Prezident mutasaddilarga zargarlik sohasini chuqur tahlil qilishni topshirdi
Asillik inspeksiyasi Soliq qoʻmitasi va Bosh prokuratura bilan birgalikda zargarlik sohasida qatʼiy nazorat oʻrnatadi. Bu haqda Prezident raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida maʼlum qilindi.'Ochiq aytish kerak, tartib-intizom, shaffof tizim boʻlmagan sohada 'katta sakrash' qilib boʻlmaydi. Shuncha sharoitdan keyin ham 'soya'da ishlayotganlarga nisbatan qonun ustuvorligi taʼminlanadi', dedi Prezident.Yigʻilishda shuningdek, tadbirkorlar zargarlik buyumini Asillik inspeksiyas
Oʻzbekiston Prezidenti Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi rahbarlarini qabul qildi
Uchrashuvda 'Vision Invest' va 'Riyadh Cables' kompaniyalari rahbarlari ham ishtirok etdi.Ushbu mamlakat ishbilarmonlari bilan amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish va yurtimizdagi ustuvor loyihalarni jadallashtirish masalalari ko'rib chiqildi.Saudiyaning 'ACWA Power' va boshqa kompaniyalari bilan sermahsul sheriklik yo'lga qo'yilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.Bugungi kunda qo'shma loyihalar portfeli 24 milliard dollarga yetgan. 'Yashil' energetika sohasidagi loyihalar muvaffaqiyatli amalga