calendar 28 Feb 01:17
eye 68
comments 0
comments Manba: xs.uz

Tomorqa shunchaki tomning orqasi emas

image
Temur ESHBOYEV/'Xalq soʻzi'. Navoiy viloyatida 'Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilab berilgan yangi tizim asosida aholining tomorqa va ijara yerlaridan samarali foydalanish orqali daromadlarini oshirish chora-tadbirlari' mavzusidagi koʻrgazmali seminar boʻlib oʻtdi. Unda respublikamizning turli hududlaridan kelgan tajribali tomorqa yer egalari, soha rahbarlari va mahalla faollari ishtirok etishdi.

Seminar viloyatda bu borada amalga oshirilayotgan ilgʻor tajribalar bilan tanishish, sharoiti ogʻir mahallalarda tomorqa va ijara yerlaridan samarali foydalanish orqali aholi daromadlarini oshirish maqsadida tashkil etilgani bois ishtirokchilar uch yoʻnalishda ' Karmana, Navbahor va Qiziltepa tumanlarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish, uni ichki bozor va eksportga chiqarish jarayonlari bilan tanishdi.

Xususan, Qiziltepa tumanidagi Malikobod mahallasida 'Bir kontur ' bir mahsulot' tamoyili asosida kartoshka va kungaboqar yetishtirish loyihasi tashabbuskori Nusrat Toʻrayev ekin maydonlarida boʻlishib, yerni tayyorlashdan tortib, erishiladigan natijalargacha toʻliq maʼlumot olishdi.



' Oilamizning toʻrt aʼzosi bandligini taʼminlaganmiz, ' deydi N. Toʻrayev. ' Shuning ortidan har birimiz 25 million soʻmgacha sof daromad olamiz. Har yili yerni toʻrt martagacha yuklaymiz.

Viloyatning Karmana tumani Uyrot mahallasida tashkil etilgan 'Said barokatli' oilaviy korxonasi esa intensiv usulda baliq chavoqchiligi bilan shugʻullanib, yiliga oʻrtacha 700-800 ming dona chavoq yetishtiradi. Korxonaning oylik sof foydasi 77 mln. soʻmni tashkil etadi. Shuningdek, oilaviy korxonada koʻchat yetishtirish yoʻlga qoʻyilgan.

' Mamlakatimiz rahbarining bir yigʻilishda ariq va zovur boʻylaridagi tashlandiq yerlardan foydalanish haqidagi daʼvatidan soʻng, mahallamiz hududidan oʻtgan kanal boʻyidan shu yerlarni oʻzlashtirganman, ' deydi Elmurod Kenjayev. ' Tuprogʻimiz yelka terlatib ishlagandan oʻz marhamatini ayamaydi. Shu yerga ekilgan koʻchatlardan har yili 70 million soʻmgacha daromad olamiz. Oʻtgan yildan eʼtiboran sitrus mevali koʻchatlarni yetishtirishni ham yoʻlga qoʻydik.

Seminar ishtirokchilari Karmana tumanidagi 'ZARAFSHAN GOLDEN GROUP' kompaniyasi tomonidan gidroponika usulida yoʻlga qoʻyilgan issiqxona faoliyati bilan ham tanishdi. 23 gektarlik mazkur issiqxona Gollandiya texnologiyasi asosida energotejamkor texnologiyalar asosida faoliyat koʻrsatadi. Agrotexnologik tadbirlar avtomatlashtirilgan va kompyuter yordamida boshqariladi. Yetishtirilgan mahsulotlarning 90 foizga yaqini eksportga yoʻnaltiriladi. Issiqxona hududida toʻrt gektarlik 'Ekobogʻ' tashkil etilib, banan, ananas, apelsin, mandarin, avokado, papayya, kivi kabi tropik mevalar yetishtiriladi.



''Ekobogʻi'miz bir vaqtning oʻzida 700 mehmonga xizmat koʻrsatish quvvatiga ega, ' deydi kompaniya rahbari Fozil Bozorov. ' Mehmonlar soʻlim bogʻda sayr qilish bilan birga uning hududida tashkil etilgan turli koʻngilochar tadbirlarda ishtirok etishadi. Shuningdek, bolalar uchun ham alohida turli xizmatlar yoʻlga qoʻyilgan.

Shu kuni issiqxona yonida kompaniya tomonidan 4 gektarlik maydonda Golubika bogʻining tamal toshi qoʻyildi. Unda ushbu noyob oʻsimlikning 'Duke' navi yetishtiriladi. Loyiha qiymati 800 000 AQSH dollari boʻlgan bogʻ 30 kishini ish bilan taʼminlaydi.

Maʼlumot oʻrnida taʼkidlash joiz, ushbu oʻsimlikning asil vatani Shimoliy Amerika boʻlib, hosilining bir kilogrammi 20-30 dollargacha narxlanadi. Sababi inson organizmida sogʻlomlikni taʼminlashda qator xususiyatlarga ega. Xususan, immunitetni mustahkamlash, koʻrish qobiliyatini yaxshilash, yurak-qon tomir tizimini himoya qilish, oshqozon-ichak tizimi faoliyatini moʻtadillashtirish va onkologik kasalliklarga qarshi profilaktika shular jumlasidan.

' Ushbu oʻsimlikni Turkiyadan keltirib, issiqxonamizda sinovdan oʻtkazdik, ' deydi kompaniya taʼsischisi Ulugʻbek Fayziyev. ' Bunda yetkazib beruvchi turk kompaniyalari korxonamiz agronomlariga golubikani parvarishlashning sir-u sinoatlarini oʻrgatishdi. Natijaga qarab bugun uning alohida bogʻiga asos solmoqdamiz.



Seminar ishtirokchilarining bir guruhi Qiziltepa tumanidagi 'Tavois' mahallasida boʻldi. Ushbu mahallada 160 ta oila asalarichilik bilan shugʻullanib, yiliga 10 ming tonnadan ortiq asal yigʻib olishadi.

' Asalarilarimizning yiliga toʻrt marta joyini almashtiramiz, ' deydi Shodi Saidov. ' Asalarilar oʻzimizga daromad keltirish bilan birga paxta va boshqa oʻsimliklarni changlantirib, fermerlarimizga ham nafi tegadi.

Seminar dasturi doirasida Qiziltepa tumanida qishloq xoʻjaligi yoʻnalishida amalga oshirilayotgan ishlar, yetishtirilayotgan mahsulotlar, erishilayotgan yutuqlar aks etgan koʻrgazma va arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi tashkillashtirildi. Tadbirda tomorqasidan samarali foydalanayotgan bir guruh qiziltepaliklarning mehnati eʼtirof etilib, motokultivatorlar, yangi mavsum oldidan bir guruh fermerlarga yangi qishloq xoʻjaligi texnikalarning kalitlari topshirildi.

Seminar yakuni bilan Navoiy shahrida yigʻilish oʻtkazildi. Unda respublika vazirlik va idora rahbarlari, viloyatdagi kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi boshliqlari, mutasaddilar, ogʻir ahvoldagi 41 ta mahallada faoliyat koʻrsatayotgan mahalla raislari, hokim yordamchilari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi. Yigʻilishda Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan yangi tizim asosida aholining tomorqa va ijara yerlaridan samarali foydalanish orqali daromadlarini oshirish, 'Bir mahalla ' bir mahsulot' tamoyili asosida har bir mahallani aniq bir yoʻnalishga ixtisoslashtirish, shuningdek, xonadonlarni kooperatsiya usulida biriktirish va yetishtirilgan mahsulotni markazlashgan holda realizatsiya qilinishini yoʻlga qoʻyish, aholi bandligini taʼminlashga qaratilgan dolzarb vazifalar belgilab olindi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:54
 
56
0
xs.uz

O‘zbekiston Prezidenti maslahatchi Suma Chakrabarti bilan uchrashuv o‘tkazdi

Maslahatchining joriy yilgi faoliyatining asosiy yo'nalishlari ko'rib chiqildi.Mamlakatimiz investitsiyaviy salohiyatini xalqaro maydonda yanada ilgari surish, O'zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo'lish jarayonini yakunlash bo'yicha amaliy choralar ko'rish, xorijdagi yetakchi ta'lim muassasalarida davlat xizmatchilarining malakasini oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.Bo'lajak O'zbekiston investitsiya salohiyati 'roud-shousi' va Toshkent xalqaro investitsiya forumini yetak

20 Mar 12:54
 
62
0
xs.uz

Davlat xaridlarida kooperatsiya aloqalari uchun shaffof tizim yaratiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarori bilan 'Korporativ buyurtmachilarning tadbirkorlik subyektlari bilan kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish va ushbu jarayonda davlat xaridlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi' nizom tasdiqlandi.Ushbu hujjat davlat xaridlarini amalga oshirish jarayonida tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlik mexanizmlarini belgilaydi va bu jarayonni yaxlit hamda shaffof shaklda tashkil etishga qaratilgan.Nizomga koʻra, korporativ buyurtmachilar tadbirkorlik suby

15 Apr 07:05
 
57
0
xs.uz

Diqqat: Endi avtomobillar bilan bogʻliq qoidabuzarliklar “Road 24” ilovasi orqali tekshirilmaydi

Endilikda haydovchilar shaxsiy avtotransport vositalari bilan bogʻliq maʼlumotlarni 'Road 24' mobil ilovasi orqali bila olmaydilar. Bu haqida YHXX axborot xizmati boshligʻi Zoyir Yoʻldoshov maʼlum qildi.Bildirilishicha, 'Road 24' mobil ilovasi hamda YHXX oʻrtasidagi yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun belgilangan jarimalar toʻgʻrisida maʼlumot almashinuvi batamom toʻxtatilgan.Shuningdek, endilikda haydovchilardan 'Safe Road YHXX' ilovasini yuklab olish orqali shaxsiy avtomobili

20 Mar 12:54
 
64
0
xs.uz

Bu yil kichik va oʻrta biznes loyihalari infratuzilmasi uchun 1,5 trln soʻm ajratiladi

'Hokimlar yerlarni tanlashda, eng avvalo, kengayish istagida yurgan, loyihasi tayyor tadbirkorlar soʻragan joylarni auksionga chiqarishi zarur', dedi Prezident.Masalan, Yunusoboddagi 'Mingboyev robotiks' korxonasi nogironligi borlar uchun protez va ekzo-skeletlar yasab, 100 ga yaqin odamni faol ijtimoiy hayotga qaytargan. Tadbirkor faoliyatini kengaytirish uchun nogironligi boʻlgan odamlar bemalol kirib-chiqishi uchun qulay joy soʻragan.Bunday yuqori texnologiyali mahsulot yaratadigan tadbirk