calendar 19 Feb 00:20
eye 72
comments 0
comments Manba: xs.uz

Yoshlarning taʼlim va rivojlanishi yoʻlidagi tarixiy qadam

image
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan oʻtkazgan uchrashuvi mamlakatimizda taʼlim tizimini tubdan isloh qilish va uning qamrovini kengaytirish boʻyicha amalga oshirilayotgan tarixiy islohotlarning navbatdagi muhim bosqichi boʻldi. Davlat rahbari taʼkidlaganidek, bugungi kunda yoshlar taʼlimini rivojlantirish, ularga zamonaviy bilim va malaka berish ustuvor yoʻnalishlardan biriga aylanmoqda.

Soʻnggi yillarda oliy taʼlim muassasalari soni uch barobarga oshgani va taʼlim qamrovi 42 foizga yetgani davlatning yoshlar taʼlimiga boʻlgan eʼtiborining amaliy natijasidir. Ilgari oliygohlarga qabulda keskin raqobat hukm surgan boʻlsa, hozirda har bir yosh uchun oliy taʼlim olish imkoniyati yanada kengaydi.

Shuningdek, xotin-qizlarning oliy taʼlim olish imkoniyatlarini oshirish yoʻnalishida ham katta ishlar amalga oshirilmoqda. Oxirgi yillarda talaba qizlar soni 11 barobarga ortgani bu boradagi islohotlarning samaradorligini koʻrsatadi. Prezident taʼkidlaganidek, 'Bitta qizni oʻqitsak, butun oila bilimli boʻladi'. Ayollarning taʼlim olishini qoʻllab-quvvatlash orqali jamiyatning umumiy intellektual salohiyatini yuksaltirishga erishilmoqda.

Yoshlarni xalqaro maydonda raqobatbardosh kadrlar sifatida shakllantirish ham davlat siyosatida muhim oʻrin tutadi. Ilgari 25 yil davomida 800 nafar yosh davlat hisobidan xorijga oʻqishga yuborilgan boʻlsa, soʻnggi 7 yil ichida 'El-yurt umidi' jamgʻarmasi orqali bu koʻrsatkich uch barobar oshdi. Bu esa mamlakatda taʼlim va ilm-fan sohasida yuzaga kelayotgan ulkan imkoniyatlarning yorqin dalilidir.

Shu bilan birga, xorijda tahsil olayotgan yoshlarning ehtiyojlarini oʻrganish, ularni Vatanga qaytarish va munosib ish oʻrinlari bilan taʼminlash boʻyicha yangi tizim joriy etilmoqda. Endi bu jarayonda Yoshlar agentligi va Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamkorlikda ish olib boradi. Bu esa malakali mutaxassislarning mamlakat taraqqiyotiga hissa qoʻshishiga imkon yaratadi.

Oʻzbekistonda taʼlim tizimini isloh qilish va yoshlarning rivojlanishi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar kelajakka qaratilgan oqilona siyosatning natijasidir. Bu saʼy-harakatlarning izchil davom ettirilishi mamlakatning intellektual salohiyatini yanada oshirib, uni dunyo miqyosida mustahkam mavqega olib chiqadi.

Munojot Yoʻlchiyeva,

Oʻzbekiston Qahramoni,

Oʻzbekiston Oliy Majlis Senati aʼzosi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

21 Apr 08:33
 
33
0
xs.uz

Toshkentda mast erkak pichoq bilan odamlarga tashlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda bir erkak qoʻlida pichoq koʻtargancha fuqarolarga hujum qilgani aks etgan videolar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan poytaxt IIB rasmiy'munosabat bildirdi.Qayd etilishicha, joriy yilning 18-aprel kuni taxminan soat 19:40 larda Shayxontohur tumani Sebzor koʻchasida joylashgan avtoturargohlardan birida oʻrnatilgan 'tashvish tugmasi' bosilganligi haqida Toshkent shahar IIBB Qoʻriqlash boshqarmasiga xabar kelib tushgan.Zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan IIO xodimlari tom

04 Apr 16:19
 
61
0
xs.uz

Sammit doirasida Qozogʻiston va Oʻzbekiston prezidentlari uchrashuv oʻtkazdi

O'zbekiston-Qozog'iston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini ikki davlat rahbarlarining yaqinda Olmaota shahrida bo'lib o'tgan norasmiy uchrashuvida erishilgan kelishuvlarni hisobga olgan holda yanada rivojlantirish hamda mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.Ikki mamlakat hukumatlari tovar ayirboshlashni ko'paytirish, iqtisodiy loyihalar va gumanitar dasturlarni, shu jumladan hududlar darajasida ilgari surish bo'yicha muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlar ko'rishi

13 May 14:37
 
29
0
xs.uz

Oʻzbekiston va Qirgʻiz Respublikasi parlamentlararo komissiyasining beshinchi majlisi Samarqandda boʻlib oʻtdi

2025-yil 12-may kuni Samarqand shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Qirgʻiz Respublikasi Jogorku Keneshi oʻrtasida hamkorlik boʻyicha parlamentlararo komissiyaning beshinchi majlisi boʻlib oʻtdi. Majlisda ikki mamlakat oʻrtasidagi bugungi munosabatlar holati va ularni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Uchrashuvda, xususan, parlamentlararo hamkorlikni kuchaytirish masalasi asosiy yoʻnalishlardan biri sifatida belgilandi.Tomonlar savdo-iqtisodiy aloqalarni k

16 Apr 09:11
 
43
0
xs.uz

Oʻzbekistonda necha nafar nogironligi boʻlgan shaxslar bor?

2025-yil I choragi yakuniga koʻra, Oʻzbekistonda nogironligi boʻlgan shaxslar soni 1 million 31 ming 609 nafarni yoki Oʻzbekiston umumiy aholisining 2,7 foizini tashkil etmoqda. Bu haqida Ijtimoiy himoya milliy agentligi maʼlumot berdi.Bildirilishicha, nogironligi boʻlgan shaxslarning 173 ming 285 nafari 18 yoshgacha boʻlgan bolalarni, 94 ming 722 nafari ' I guruh, 695 ming 372 nafari ' II guruh hamda 67 ming 6 nafari ' III guruh nogironlari hisoblanadi.Shuningdek, nogironligi boʻlgan sh