calendar 19 Feb 00:20
eye 83
comments 0
comments Manba: xs.uz

Milliy malaka tizimini rivojlantirishda Albaniya tajribasi oʻrganildi

image
18-fevral kuni YUNESKO, 'Taʼlim sohasidagi loyihalar markazi' loyiha ofisi va Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti hamkorligida 'Milliy malaka tizimini rivojlantirishda Albaniya tajribasi' mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Ushbu tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentyabrdagi qarori asosida tashkil etilgan Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti faoliyati doirasida oʻtkazildi. Institut respublikada kasbiy malakalarni rivojlantirish va baholash tizimini takomillashtirish, tarmoq malaka ramkalari, kasbiy standartlar va baholash vositalarini ishlab chiqish hamda milliy malaka tizimining yagona raqamli platformasini joriy etish vazifalarini bajaradi.



Seminar-treningda Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti direktori Anvar Allabergenov Oʻzbekistonda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar, jahon tajribasi va kelgusidagi ustuvor yoʻnalishlar haqida maʼlumot berdi. Shuningdek, tadbirda Albaniya Kasb-hunar taʼlimi va malakalar milliy agentligi bosh direktori Eyvis Gishti xonim 'Albaniya Respublikasida kasbiy taʼlim va milliy malaka tizimi: joriy holati va rivojlantirish strategiyasi' mavzusida taqdimot qildi. U oʻz nutqida mehnat bozori va taʼlim integratsiyasini taʼminlashda samarali metodologiyalar haqida fikr almashdi.



Seminarda Albaniya malaka tizimi modeli, uning huquqiy asoslari va boshqaruvi, ishtirokchilarning vazifalari, malaka tizimining boshqa tizimlar bilan integratsiyasi, malaka sertifikatlarining xalqaro darajada tan olinishi, mehnat bozorida prognozlash metodologiyalari va xodimlarning malakasini oshirish tajribasi haqida muhokamalar oʻtkazildi.



Tadbirda taʼkidlanganidek, seminar kasbiy taʼlim sohasida innovatsion yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etish, mutaxassislarning malakasini oshirish va professional darajasini yuksaltirishga xizmat qiladi. Uning asosiy maqsadi ' Milliy malaka tizimini rivojlantirishdagi zamonaviy talablar, standartlar va meʼyorlar bilan ishtirokchilarni tanishtirish, amaliy koʻnikmalarni oshirish hamda mehnat qonunchiligi boʻyicha bilim berishdan iborat.

Seminar yakunlariga koʻra, Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti va Albaniya Kasb-hunar taʼlimi va malakalar milliy agentligi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.













































Foto: Akmal Muhammadov / 'Xalq so'zi'

'


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Apr 15:12
 
62
0
xs.uz

Andijonda 40 mln dollarga kichik va mikro GESlar quriladi

Andijon viloyatida kichik va mikro GESlar qurish uchun 40 million dollar ajratiladi. Bu haqda viloyatda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan yigʻilishda'qayd etildi.Izboskan tumanida tadbirkor 10 million dollar investitsiya hisobiga quvvati 3,2 megavattli kichik GES qurgan. GES yiliga 8 million kilovatt-soat elektr beradi. Bu Izboskan aholisi isteʼmolining 20 foizi degani.Prezident bu namunali loyihani maʼqullab, viloyatning suv oqimi yuqori boʻlgan ariq va kanallarida 75 mega

16 Apr 15:12
 
46
0
xs.uz

Termizda tibbiyot klasteri tashkil etiladi

Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'. Termiz shahrida Oʻzbekiston ' Hindiston qoʻshma korxonasi 'NOVA PHARM' bosh direktori Satvinder Singx hamda uning hamkorlari Vikas Panvar va Namrita Singx mehmon boʻlib turibdi.Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimovning mehmonlar bilan uchrashuvida farmatsevtika va tibbiyot sohalaridagi hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.Mehmonlar viloyat markazida universitet va zamonaviy klinikalarni oʻz ichiga olgan tibbiyot klasteri

21 Apr 08:34
 
46
0
xs.uz

Prezident raisligida iqtisodiy barqarorlikni taʼminlash chora-tadbirlari muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 18-aprel kuni dunyoda yuz berayotgan iqtisodiy tebranishlarning soha va tarmoqlarga ta'sirini kamaytirish chora-tadbirlari muhokamasi bo'yicha videoselektor yig'ilishi o'tkazildi.O'zbekiston iqtisodiyoti jahon iqtisodiyotining ajralmas qismi. Oqilona tashqi siyosat va qulay investitsiyaviy muhit natijasida tadbirkorlarimizga yangi bozorlar ochilmoqda, mahsulotlar turi ko'paymoqda.Garvard universitetining tahliliga ko'ra, oxirgi besh yilda 'iqtisodiy murakk

18 Apr 11:07
 
38
0
xs.uz

Matematika olimpiadasida terma jamoamiz a’zolari 3 ta  medalni qo‘lga kiritdi

Olimpiadada 55 ta davlatdan 300 nafarga yaqin o'quvchi qizlar ishtirok etdi.Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi xabariga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi qizlari ushbu olimpiadada ishtirok etib, 3 ta medalni qo'lga kiritdi.Jumladan, Toshkent shahar, Olmazor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 8-sinf o'quvchisi Dildora Mahkamova ' kumush,Nukus shahar 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o'quvchisi Malika Xojamuratova bronza,Buxoro viloyati, Qorako'l tumani ixtisoslashtirilgan m