Aytish joizki, bu borada, mamlakatimizda ekologik toza, arzon va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini koʻpaytirish hamda mavjud quvvatlarni oshirishga alohida eʼtibor qaratilib, 'Oʻzbekgidroenergo' aksiyadorlik jamiyati tomonidan mahalliylashtirish doirasida keng koʻlamli amaliy faoliyat olib borilyapti.
Jamiyat tomonidan rejaviy asosda hududlarda kichik va mikro shakldagi yangi GESlar barpo etilib, foydalanishga topshirilmoqda.
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidagi Hisorak suv ombori qoshida yangidan barpo etilgan Hisorak kichik GESning rasmiy ochilish marosimiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.
Tantanali ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A. Ramatov, 'Oʻzbekgidroenergo' AJ Boshqaruvi raisi A. Sanginov, Qashqadaryo viloyati hokimi oʻrinbosari M. Azizov, Shahrisabz tumani hokimligi hamda hududiy tizim korxonalari mutasaddilari, soha mutaxassislari, mahalliy aholi hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda soʻzga chiqqanlar yurtimizda energetika sohasi, xususan, 'yashil' energetika manbalarini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilayotgani, bu borada hayotga tatbiq etilayotgan istiqbolli loyihalar mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga muhim hissa qoʻshayotganini qayd etdi.
Maʼlumot uchun aytish joizki, tuman iqtisodiy-ijtimoiy rivoji hamda mahalliy aholi farovonligi uchun xizmat qiladigan Hisorak kichik GESning energetik quvvati 3,5 MVtga teng boʻlib, yiliga oʻrtacha 17,5 mln. kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi.
Uning qurilishi toʻliq mahalliylashtirish doirasida jamiyat tomonidan amalga oshirildi. Yangi quvvatning loyihaviy qiymati 1,5 mln. dollarga teng boʻlib, bu yerda oltita ish oʻrni ochildi. GES faoliyati yiliga oʻrtacha 5 mln. kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinishiga, qolaversa, u tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiya 7 300 ta xonadonni nurafshon qilishga imkoniyat yaratadi.
Diyora YUSUPALIYEVA,
OʻzDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi.
Oʻzbekiston Prezidenti Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi rahbarlarini qabul qildi
Uchrashuvda 'Vision Invest' va 'Riyadh Cables' kompaniyalari rahbarlari ham ishtirok etdi.Ushbu mamlakat ishbilarmonlari bilan amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish va yurtimizdagi ustuvor loyihalarni jadallashtirish masalalari ko'rib chiqildi.Saudiyaning 'ACWA Power' va boshqa kompaniyalari bilan sermahsul sheriklik yo'lga qo'yilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.Bugungi kunda qo'shma loyihalar portfeli 24 milliard dollarga yetgan. 'Yashil' energetika sohasidagi loyihalar muvaffaqiyatli amalga
Shavkat Mirziyoyevning toʻrtinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumidagi nutqi eʼlon qilindi
Xonimlar va janoblar!Aziz mehmonlar!Avvalo, sizlarni ' hamkor davlatlarimizning yuqori martabali vakillari, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, biznes olamining yirik namoyandalarini to'rtinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida chin qalbimdan samimiy qutlayman.Tadbirimizda qatnashayotgan Bolgariya Prezidenti Rumen Radev Janobi Oliylari, Slovakiya Bosh vaziri Robert Fitso Janobi Oliylari, Qozog'iston Bosh vaziri O'ljas Bektenov Janobi Oliylari, Qirg'iziston Hukumati raisi Adilbek Qosimaliyev Ja
Togʻlar orasidan vodiy sari yoʻl — “Qamchiq” dovonidan fotoreportaj
'Xalq soʻzi' va 'Narodnoye slovo' gazetalari ijodiy jamoasi bu safar Andijon viloyatiga xizmat safari uyushtirdi. Yoʻlimiz, tabiiyki, Oʻzbekistonning eng muhim va betakror maskanlaridan biri ' 'Qamchiq' dovonidan oʻtdi.Dovon oʻzining goʻzalligi, tabiat bilan uygʻunlashgan zamonaviy yoʻl infratuzilmasi hamda har faslda har-xil tus oluvchi manzaralari bilan kishini hayratga soladi. Bahorning soʻnggi kunlari boʻlishiga qarmay dovonidagi salqin havo kishiga oʻzgacha huzur bagʻishlaydi.Do
Soʻmning dollarga nisbatan qadri oshdi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 5-iyun kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 25,54 soʻmga tushdi va 12 831,81 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi ham 66,36 soʻmga pasaydi va 14 606,45 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli ham 0,30 soʻmga oshib, 163,75 soʻmni tashkil etdi.