Bayonnoma tuzilgan “BYD Song” avtomobilini olib ketayotgan YPX inspektori YTHga uchradi

Taʼkidlanishicha, 20 yoshli fuqaro M.Gʻ. amakisiga tegishli 'BYD Song EV' avtomobilini tegishli hujjatlarsiz boshqargani aniqlanib unga maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Shundan soʻng YPX inspektori R.Q. mashinani jarima maydonchasiga olib ketayotganida 17 yoshli X.N. ustoziga tegishli 'Damas' avtomobilini haydovchilik guvohnomasiz boshqarib, Qapchugʻay mahallasida ikkinchi darajali yoʻldan asosiy yoʻlga chiqib ketishi sababli BYD bilan toʻqnashgan.
Ustozi unga haydovchilik guvohnomasi yoʻqligini bila turib avtomobilini bergan, deyiladi xabarda. YTH oqibatida bola koʻrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etdi.
Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning maʼlum qilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Oʻzbekistondagi barcha pedagogika oliygohlari faoliyati tubdan oʻzgartiriladi
Bundan buyon barcha pedagogika oliygohlari faoliyati tubdan oʻzgarishi belgilandi. Prezident buni Termiz pedagogika instituti misolida tushuntirib berdi.Qayd etilishicha, bu oliygohga Yangi Oʻzbekiston universitetidagi kabi xalqaro boshqaruv tizimi tatbiq etiladi. 'Top' xorijiy oliygohlar tajribasi asosida fakultetlar oʻrnida aniq, tabiiy, ijtimoiy, filologiya, amaliy fanlar, maktabgacha va boshlangʻich taʼlim boʻyicha 6 ta oliy maktab tashkil qilinadi.Aniq fanlar maktabida Myunxen texnika
Fargʻonada “Ibratli oila” koʻkrak nishonlari topshirildi
Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. 15-may ' Xalqaro oila kuni munosabati bilan Fargʻona viloyatida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etilib, bu boradagi milliy qadriyat va anʼanalarimiz keng targʻib etildi.Xususan, qutlugʻ sana munosabati bilan Fargʻona viloyat hokimligida boʻlib oʻtgan tantanali tadbirda bir guruh namunali oila vakillariga 'Ibratli oila' koʻkrak nishoni topshirildi. Viloyat faollari va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida oʻtkazilgan tadbirlar jamiyatimizda bunday o
Shavkat Mirziyoyev va Jorja Meloni bir qator muhim hujjatlarni imzoladi
Samarqand shahrida boʻlib oʻtgan muzokaralar yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Meloni Strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash toʻgʻrisidagi qoʻshma deklaratsiyani qabul qildilar.Ular huzurida tashrif doirasida imzolangan, jumladan:Shuningdek, rasmiy tashrif doirasida Italiya Milliy tadqiqotlar markazi, 'SIMEST' va 'Danieli' kompaniyalari, Peruja universiteti hamda boshqa tashkilotlar bilan qator hujjatlar imz
“Work and Travel” dasturida ishtirok etuvchi talabalarga foizsiz qarz beriladi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 290-sonli qaroriga muvofiq, 2025-yil 15-maydan boshlab 'Work and Travel' xalqaro dasturlari doirasida ishlash va sayohat qilish maqsadida xorijiy davlatlarga boradigan talabalarga ssuda (qaytarish sharti bilan foizsiz qarz) ajratish tartibi joriy etiladi. Mazkur tartib xorijga borish, qaytish va boshqa xarajatlarni qoplash uchun moʻljallangan.Ssuda olish imkoniyati Yevropa Ittifoqi davlatlari, Janubiy Koreya, Yaponiya, Buyuk Br