Farosatida nuqsoni borlarni jazolash orqali jamiyatni oʻzgarishiga hissa qoʻshmoqchimiz — Alisher Qodirov

'Gaz qimmat resurs, 1 kub gazdan 10 ga yaqin yuqori qiymatli, eksportbop mahsulot ishlab chiqarish, xorijga sotish va uning puliga millionlab qorakoʻzlarimizga ish oʻrni yaratish mumkin. Tilla qatori milliardlab kub gazni uy isitish va ovqat pishirishga ishlatib yuboradigan xalqning kosasi oqarmaydi', ' degan edi 'Milliy tiklanish' partiyasi rahbari.
Alisher Qodirovning bu bayonotiga ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari turlicha munosabat bildirishdi. Ularning ayrimlari deputatning shaʼniga turli haqoratlar ham yogʻdirishgan.
Deputat 30-yanvar kuni shaxsiy Telegram kanalida 'Haqorat jazolanadi' heshtegi ostida yana bir xabar qoldirdi.
'Intizomsizga marhamat qilib jamiyatda nizomni beqadr qilayotganimizni tushundik. Erkin jamiyat milliy taraqqiyotning oʻzagidir. Erkinlik ' farosati borlar uchun imkoniyat, farosati yoʻq notavonlar uchun zahmat olib keladi. Tanqidlarga ochiqmiz, muloqot va muhokama vazifamiz, lekin ommaviy chiqishlarda haqorat ishlatadigan farosatida nuqsonlilarni jazolash orqali jamiyatni oʻzgarishiga hissa qoʻshmoqchimiz', ' deb yozadi deputat.
Eslatib oʻtamiz, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 41-moddasiga koʻra, haqorat qilish, yaʼni shaxsning shaʼni va qadr-qimmatini qasddan kamsitish BHMning 20 baravaridan 40 baravarigacha (7,5 million soʻmdan 15 million soʻmgacha) miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Fargʻonada “Ibratli oila” koʻkrak nishonlari topshirildi
Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. 15-may ' Xalqaro oila kuni munosabati bilan Fargʻona viloyatida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etilib, bu boradagi milliy qadriyat va anʼanalarimiz keng targʻib etildi.Xususan, qutlugʻ sana munosabati bilan Fargʻona viloyat hokimligida boʻlib oʻtgan tantanali tadbirda bir guruh namunali oila vakillariga 'Ibratli oila' koʻkrak nishoni topshirildi. Viloyat faollari va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida oʻtkazilgan tadbirlar jamiyatimizda bunday o
Nurafshon shahrida 1000 ta qush uyasi oʻrnatish aksiyasi boshlandi
Otabek ISROILOV/'Xalq soʻzi'. Nurafshon shahrida Butunjahon atrof-muhitni himoyalash kuni munosabati bilan ekologik aksiya boshlandi. Tadbir doirasida shahar boʻylab 1000 ta qush uyasi oʻrnatilishi rejalashtirilgan.' Maqsadimiz Nurafshon shahrida qushlar va insonlar uchun qulay ekologik muhit, barqaror ekotizim yaratishdir, ' dedi Nurafshon shahri hokimi Ilhom Qilichxonov.Ekomutaxassislar tomonidan amaliy koʻrsatmalar berildi. Shundan soʻng volontyor yoshlar, ekofaollar shahar boʻylab qush
Prezidentning “El-yurt umidi” stipendiyasi joriy etiladi
Joriy yilning 5-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 'Iqtidorli mutaxassislarning xorijda taʼlim olishini qoʻllab-quvvatlash, ularda kasbiy koʻnikmalarini rivojlantirish va ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora tadbirlar toʻgʻrisida'gi 77-son Farmoni qabul qilindi.Farmonga koʻra, bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari boʻyicha taʼlim olish uchun eng munosib nomzodlarni saralash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 'El-yurt umidi' stipendiyasi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan muzokara oʻtkazdi
Ikki tomonlama va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar ko'rib chiqildi.Davlat rahbarlari keyingi yillarda O'zbekiston bilan Xitoy o'rtasidagi do'stlik va barcha sharoitlarda har tomonlama strategik sheriklik munosabatlari misli ko'rilmagan yuksak darajaga ko'tarilganini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar.O'zbekiston Prezidentining 2024-yil yanvar oyida Xitoyga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar izchil amalga oshirilmoqda.Barcha darajalarda aloqalar va almashinuvlar sezilar