Rasman “Man Siti” klubi Abduqodir Husanov transferini eʼlon qildi. Futbolchi “Lans”ga xayrlashuv maktubini qoldirdi

Shuningdek, 'shaharliklar' klubi rasmiy sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari ushbu transferini tasdiqladi.
Transfer qiymati bonuslar bilan birga 50 million yevroni tashkil qiladi. Shartnoma yana bir yil uzaytirish imkoniyati bilan 2029-yilga qadar imzolangan. 20 yoshli himoyachimiz yangi klubi safida 45-raqamda toʻp suradi.
Taxminlarga koʻra, Husanovning 'Manchester Siti' tarkibidagi ilk rasmiy tanishtiruv taqdimoti 25-yanvar kuniga toʻgʻri kelishi mumkin. Ushbu kunda Manchester klubi APL doirasidagi 'Chelsi'ga qarshi bahs olib boradi.
Qayd etish lozimki, 'Manchester Siti' Husanov uchun kurashda yana bir ingliz klubi 'Nyukasl', Fransiya chempioni 'PSJ' kabi yirik klublarni ortda qoldirdi.
Shuningdek, Abduqodir oʻz 'Instagram' sahifasida sobiq klubiga xayrlashuv maktubini qoldirdi.
'Aziz doʻstlar,
Yuragimda alohida oʻrin tutgan va Yevropadagi ilk katta sarguzashtim boʻlgan 'Lans' jamoasi bilan xayrlashish vaqti keldi.
Fransiya va Lans shahriga samimiy qabul uchun katta rahmat! Fransiya menga eshiklarini ochdi, fransuzlar menga mehribon edi. Buning uchun sizlarga rahmat. Fransiya ' imkoniyatlar mamlakati, menga fransuz madaniyati, fransuz tili va, albatta, fransuz futboli juda yoqdi.
Oʻtgan bir yarim yil davomida meni qoʻllab-quvvatlagan barchaga chuqur minnatdorlik bildiraman. Uill Still boshchiligidagi hozirgi va Frenk Ez boshchiligidagi oldingi murabbiylar shtabiga ishonch va rivojlanishimdagi hissalari uchun katta rahmat.
Jamoadoshlarimga tashakkur. Birinchi kundanoq mehr bilan qarshi olib, moslashishga yordam berdingiz. Sizlar tufayli maydonda ham, maydon tashqarisida ham oʻzimni uydagidek his qildim.
Stadion va mashgʻulot bazasidagi xodimlarga, ishchilarga ham rahmat. Va, albatta, 'Lans'ning ajoyib muxlislariga katta rahmat. Siz jamoangiz uchun hamma narsaga tayyor boʻlgan haqiqiy armiyasiz. Bizni olgʻa yetakladingiz, soʻnggi nafasimizgacha tinmay qoʻllab-quvvatladingiz.
Faoliyatimda meni yangi sinov kutib turibdi, lekin bu yerda boshdan kechirganlarimni hech qachon unutmayman. 'Lans' doimo yuragimda qoladi va mening bir qismim hamisha Sang et Or ('qon-oltin' ' 'Lans'ning laqabi ' tahr.) boʻlib qoladi.
'Lans'ning bir boʻlagi boʻlganimdan faxrlanaman!', degan oʻz maktubida futbolchi.
Maʼlumot uchun, Abduqodir Husanov transfer qiymati borasida oʻzbek futbolchilari rekordini yangiladi hamda Angliya Premyer-ligasida toʻp suradigan ilk oʻzbek futbolchisiga aylandi.
“Salom, mundial!”: JCH-2026 saralash bosqichining soʻnggi tur oʻyini, Oʻzbekiston — Qatar uchrashuvining yorqin lahzalaridan fotoreportaj
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi JCH-2026 saralash bosqichining soʻnggi tur oʻyinida Qatar terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Toʻliq hamyurtlarimiz ustunligida oʻtgan mazkur uchrashuvda futbolchilarimiz Qatar terma jamoasi darvozasiga javobsiz uchta gol kiritishga muvaffaq boʻlishdi.'Xalq soʻzi' muxbiri uchrashuvning yorqin lahzalarini kamera obyektiviga muhrladi.JCH-2026 saralash bahslarining soʻnggi turidan oʻrin olgan mazkur ohtml5-dom-document-internal-entity2-39-endyin yakunla
“Manchester Siti” klublar oʻrtasidagi jahon chempionati uchun tarkibni eʼlon qildi. Unda Husanovga joy topildimi?
Angliyaning 'Manchester Siti' klubi bosh murabbiyi Pep Gvardiola klublar oʻrtasidagi jahon chempionatida jamoasi sharafini himoya qiladigan futbolchilarning roʻyxatini tasdiqladi.Unda avvalroq klubdan ketishini eʼlon qilgan Kevin De Bryuyne, 'Milan'dan qaytgan Kayl Uoker va yarim himoyachi Jek Grelish kiritilmagan. Bu futbolchilarning oʻrniga tarkibda jamoaga yangi kelganlar ' 'Lion'dan koʻchib oʻtgan Rayan Sherki, avval 'Milan' sharafini himoya qilgan Teyani Reynders va oʻtgan mavsum 'Vu
html5-dom-document-internal-entity1-quot-endYangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilarihtml5-dom-document-internal-entity1-quot-end musobaqalarining mintaqaviy bosqichi davom etmoqda
Tantanali ochilish marosimida Mirzaobod tumani hokimi Abdurahim Umarov, viloyat Sport boshqarmasi boshlig'i Anvar Buranov, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasining Sirdaryo viloyati bo'limi ijrochi direktori Bahodurxo'ja Eshonov, O'zbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi hududiy bo'limlari uchun mas'ul Husniddin Xo'jamqulov, mutasaddi tashkilot rahbarlari, jamoatchilik vakillari hamda yosh sportchi va murabbiylar ishtirok etdi.Bugungi mintaqaviy bosqichda viloyatning Sardoba, Oqoltin, Mirzaobo
Safina Sa’dullayeva Osiyo chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritdi
Hamyurtimiz musobaqada 1.86 metr natija qayd etishga erishdi. Shuningdek, bugun ishtirokini yakunlagan yurtdoshlarimizdan O'g'iloy Norboyeva yetti kurash dasturida 5461 ochko jamg'arib to'rtinchi, uzunlikka sakrash sektorida esa Anvar Anvarov 7.98 metr bilan beshinchi natijani qayd etdi.