“Man Siti” klubi yana bir yosh himoyachi sotib oldi. Husanov bilan yaxshi tandem boʻladimi yoki raqobat?!

19 yoshli futbolchi toʻrt yarim yillik shartnoma asosida 'shaharliklar' tarkibiga oʻtdi. 2029-yilning yozigacha amal qiladigan shartnomani tuzish uchun 'Man Siti' 35 million yevro toʻlaydi.
Reis bugunga qadar Braziliyaning 'Palmeyras' jamoasi safida toʻp surgan. Futbolchi yangi jamoasida 22-raqamda toʻp suradi.
'Vitor Reis ' dunyodagi eng umidli yosh himoyachilardan biri va biz uni jamoaga olib kelganimizdan xursandmiz', ' deydi klub sport direktori Chiki Begiristayn.
Eslatib oʻtamiz, 'Manchester Siti' klubi hamyurtimiz Abduqodir Husanov transferini ham eʼlon qilgan edi.
Eʼtiborlisi shundaki, Abduqodir Husanov ham, Vitor Reis ham markaziy himoyachi sanaladi.
Muhim savol tugʻiladi: Abduqodir Husanov hamda Vitor Reis oʻz pozitsiyasi uchun raqobat olib boradimi yoki oʻzaro tandem hosil qiladimi? Bu endi vaqt masalasi.
Taxminlarga koʻra, Abduqodir Husanov hamda Vitor Reisni muxlislar bilan tanishtiruv taqdimoti 25-yanvar kuni APL doirasida boʻlib oʻtadigan 'Chelsi' klubiga qarshi bahsdan oldin 'Etihad' stadionida boʻlib oʻtadi.
Toshkentda yengil atletika va sinxron suzish bo‘yicha xalqaro turnirlar boshlandi
O'zbekiston yengil atletika federatsiyasining stadionida o'tayotgan 'UNG Meeting Continental' turniri Xalqaro yengil atletika federatsiyasining taqvimidan o'rin olgan bronza darajasidagi turnir bo'lib, unda 13 mamlakatdan tashrif buyurgan sportchilar g'oliblik uchun bahs olib borishmoqda. Musobaqa bir kunga mo'ljallangan.Shuningdek, O'zbekiston kasaba uyushmalariga qarashli suv sporti saroyida sinxron suzish bo'yicha 'Suv parisi' Markaziy Osiyo ochiq chempionati tashkil etilmoqda. 6 mamlakat spo
Kasaba uyushmalari tizimida ishlovchi xotin-qizlar o‘rtasida musobaqa tashkil etildi
Musobaqaning ochilish tadbirida O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat kengashi raisi Suxrob Rafiqov ishtirok etib, kasaba uyushmalari harakatining 120-yilligi va yurtimizda xotin-qizlar sportiga qaratilgan e'tibor xususida fikr bildirdi.Viloyat bosqichida shahar va tumanlarda g'olib chiqqan 16 ta jamoa o'zaro bellashdi.Qizg'in va murosasiz kechgan musobaqa yakunida:1-o'rin ' Ta'lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Samarqand shahar bo'linmasi kengashining jamoasi;2-o
Yosh yengil atletikachilarimiz Osiyo chempionatini ikki medal bilan boshladi
Milliy olimpiya qo'mitasi xabariga ko'ra, musobaqaning ilk kunida O'zbekiston terma jamoasi a'zolari 2 ta bronza medallariga sazovor bo'lishdi.Har ikki medalni qizlarimiz bosqon uloqtirish va 1500 metrga yugurish dasturlarida qo'lga kiritishdi.Bronza medal:Shahribonu Zaripova (bosqon uloqtirish)Marjona Saydullayeva (1500 metr).
Samarqand davlat universitetida “Rektor kubogi” sport musobaqalariga start berildi
Samarqand davlat universitetida anʼanaviy 'Rektor kubogi' sport musobaqalari boshlandi. Mazkur bellashuvlar futbol, voleybol, kurash kabi ommabop sport turlarini oʻz ichiga olgan.Bugun 'Rektor kubogi' sport musobaqasining tantanali ochilish marosimi oʻtkazildi. Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangrashi bilan boshlandi. Samarqand davlat universiteti rektori, Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati aʼzosi Rustam Xolmurodov, Samarqand viloyat hokimining yoshla