Gap shundaki, Alvaresning tanqidi ortidan xalqaro boks ishqibozlari Isroil Madrimov nomini tilga olib, Terensni Spensdan koʻra oʻzbek bokschisi qiyin ahvolga solib qoʻyganini aytishmoqda. Qayd etish kerakki, Krouford 2023-yil iyul oyida Errol Spensni 9-raundda texnik nokaut bilan magʻlub etgan boʻlsa-da, Madrimovga qarshi jangda u jiddiy qiyinchiliklarga duch kelgandi. Ushbu jang 12 raund davom etgan boʻlib, hisob Krouford foydasiga hal qilingan. Shunga qaramay, koʻplab mutaxassislar Madrimovning ishonchli harakatlari va yuqori darajadagi hunarini alohida qayd etishgan.
Saul Alvaresning tanqidlariga Terens Krouford javob qaytarib, oʻz raqiblarini 'himoya' qildi. 'Qanday bedodlik. Mening barcha raqiblarim yomon bokschilarmi? Men ularni ringda kuchsiz koʻrinishga majbur qilaman', ' deb yozdi Krouford.
Mutaxassislar Kroufordning Madrimovga qarshi ishonchsiz harakatlarini turlicha izohlashdi. Sobiq jahon chempioni Pol Malinyaji fikriga koʻra, Madrimovning tajribasi Krouford uchun katta qiyinchilik tugʻdirgan. Mayk Tayson esa Madrimovni 'juda noqulay va kuchli raqib' deb taʼriflab, uning harakatlarini yuqori baholagan. Taysonga koʻra, Krouford Madrimovning noanʼanaviy uslubiga oʻrganmagan.
Saul Alvares va Terens Krouford oʻrtasidagi jang haqida turli nashrlar xabar tarqatmoqda. Aytilishicha, tomonlar jang boʻyicha kelishuvga erishgan va u shu yilning sentyabr oyida oʻtkazilishi mumkin. Agar ushbu jang amalga oshsa, bu bokschilar uchun yanada katta sinov boʻladi.
Saul Alvaresning Kroufordga nisbatan tanqid qilish fonida Isroilni unutib qoʻygan yoki uning oʻlchovi boshqa mezonlarga borib taqaladi.
Krouford va Alvares oʻrtasidagi ehtimoliy jang, shubhasiz, keng jamoatchilik orasida katta qiziqish uygʻotyapti.
'Kanelo' laqabini olgan meksikalik Saul Alvares professional boksda 63 ta jang oʻtkazgan boʻlib, 59 gʻalaba (39 tasini nokaut bilan) hamda 2 tadan durang va magʻlubiyat qayd etgan.
Nursulton Roʻziboyevning navbatdagi raqibi va jang sanasi maʼlum boʻldi
Oʻsha kuni Roʻziboyevga amerikalik Brayan Battle raqiblik qiladi. 30 yoshli Battle hozirgacha UFCʼda 8 ta jang oʻtkazgan boʻlib ularning 7 tasida gʻalaba qayd etgan, 1 ta jangda esa magʻlubiyatga uchragan. Shuningdek uning hisobida 1 ta NC (jang oʻtkazilmagan) natija ham bor.U soʻnggi jangini 2024-yil 7-dekabrda Rendi Braunga qarshi oʻtkazgan va hakamlar qaroriga koʻra gʻalabaga erishgan.31 yoshli hamyurtimiz esa soʻnggi bor 2024-yilning 19-may kuni Las-Vegasda boʻlib oʻtgan 'UFC
Javohir Sindarov Shvetsiyadagi nufuzli turnir chempioniga aylandi
Shvetsiyaning Malmyo shahrida oʻtkazilgan yirik xalqaro shaxmat turniri oʻz yakuniga yetdi. Aylana tizimida boʻlib oʻtgan mazkur musobaqada Oʻzbekiston sharafini grossmeyster Javohir Sindarov muvaffaqiyatli himoya qildi.Mamlakatimizning ikkinchi raqamli shaxmatchisi yetti nafar kuchli raqiblari bilan sovrinli oʻrinlar uchun kurash olib bordi.Kecha boʻlib oʻtgan 7-tur bahsida Sindarov qora donalarda ukrainalik shaxmat afsonasi Vasiliy Ivanchukka qarshi bahs olib bordi va oʻyinni durang b
“Sport – tinchlik elchisi” musobaqasi mamlakatimiz talabalarini birlashtirdi
Marosimda so'z olgan rasmiylar oliy va diniy ta'lim muassasalari o'rtasida sportni ommalashtirish, talabalarni sog'lom turmush tarzi va jismoniy faollikka jalb qilish, ta'lim muassasalari o'rtasida sportni targ'ib qilish orqali do'stona aloqalarni mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidlashdi.Musobaqa doirasida yoshlar mini-futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat va shashka, kibersport, kurash, arqon tortish, tosh ko'tarish kabi turlar bo'yicha bellashishmoqda.Shuningdek, sport sohasid
Mamlakatimizda taekvondo WTF bo‘yicha 16-html5-dom-document-internal-entity1-quot-endBek Mun Jonghtml5-dom-document-internal-entity1-quot-end an’anaviy xalqaro turniri start oldi
Turnir doirasida universitetga Janubiy Koreyaning nufuzli universitetlari, taekvondo assotsiatsiyasi hamda Janubiy Koreya Respublikasining O'zbekistondagi elchixonasi vakillaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.Mazkur xalqaro turnir doirasida universitet rektori Rashid Matkarimov va xorijiy mehmonlar o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.Unda universitetlar o'rtasida taekvondo sportini rivojlantirish bo'yicha xalqaro aloqalarni yo'lga qo'yish va mustahkamlash hamda universitet hududida Koreya inv