Trampning tahdidi quruq gapdan boshqa narsa emas — Putin

Xabarga koʻra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Trampning bu tahdidini quruq gapdan boshqa narsa emas, deb hisoblaydi.
'Urush mamlakat resurslari va ishchi kuchini quritgan boʻlsada, Kreml sanksiyalarni muvaffaqiyatli yengib chiqdi va Moskva kamida yana bir yillik mojaroga bardosh bera oladi', ' deydi Rossiya prezidenti.
Maʼlum qilinishicha, Rossiyadagi iqtisodiy ahvol urush tufayli pastlab borayotgan boʻlsa ham, frontda ustunlikni egallash, urushni davom ettirish uchun ham iqtisodiy, ham siyosiy resurslar yetarliligicha qolmoqda.
Trampning bu tahdidlari Rossiyaning siyosiy yurishini toʻxtatish uchun kamlik qiladi. 'Bosib olingan hududlarni amalda Rossiyaniki deb tan olinishi, NATOning Ukraina bilan aloqalarini toʻxtatish va Ukraina armiyasi sonini sezilarli darajada qisqartirish kabi takliflar Rossiya tomonining urush boʻyicha muzokara oʻtkazishiga sabab boʻlishi mumkin','deyiladi xabarda.
Turli manbalarga koʻra, Putin Tramp bilan Moskva talablarini muhokama qilish uchun uchrashuv oʻtkazmoqchi, ammo bu uchrashuv Ukraina tomoni ishtirokisiz boʻlib oʻtishi talab qilingan.
Putinni payshanba kuni Turkiyada kutaman — Zelenskiy
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Amerika Qoʻshma Shtatlari rahbari Donald Trampga Rossiyaning Turkiyada taklif qilgan muzokaralariga darhol rozi boʻlish chaqirigʻiga javob berdi.'Men shaxsan Vladimir Putinni payshanba kuni Turkiyada kutaman. Biz ertangi kundan boshlab diplomatiya uchun zarur asos yaratishga toʻliq va uzoq muddatli sulhni kutmoqdamiz. Qotillikni kechiktirishning maʼnosi yoʻq. Umid qilamanki, ruslar bu safar bahona topmaydi', ' deya yozdi Zelenskiy oʻzining 'Telegram'
Garvardda oʻqishni xohlovchi xorijliklarning AQSHga kirishi cheklandi
AQSH prezidenti Donald Tramp Garvard universitetida oʻqish yoki uning almashinuv dasturida qatnashishni xohlovchi xorijliklarning mamlakatga kirishini kamida olti oyga chekladi. Bu haqda Oq uy veb-saytida eʼlon qilingan bayonotda aytib oʻtildi.AQSH Taʼlim vazirligi 15-aprel kuni Garvard universitetiga grant sifatida taqdim etiladigan 2,2 milliard dollar miqdoridagi mablagʻdan mahrum qilishini eʼlon qildi.22-may kuni AQSH ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noem universitet xorijlik talabalarni
Moskva viloyati muzeyida “Olamlar o‘rtasidagi nur” nomli yangi xalqaro ko‘rgazma ochildi
Ko'p yillardan so'ng ilk bor ikkita noyob muzey ' I.V. Savitskiy nomidagi Qoraqalpog'iston Respublikasi Davlat san'at muzeyi va 'Yangi Iyerusalim' muzeyining kolleksiyalari bir ekspozitsiyada birlashdi.Ko'rgazma 'Yangi Sharq ustalari'dan tortib 'Metafizika'gacha bo'lgan tematik bo'limlarni, shuningdek, mualliflarning 'ovozini eshitishga' imkon beruvchi ovozli installyatsiyalarni o'z ichiga oladi.Ko'rgazma 2025-yil 8-noyabrgacha davom etadi.
NATO Ukrainadan koʻra oʻzining boʻlinishidan koʻproq xavotirda — ekspert
NATOning navbatdagi sammitida Ukrainaga unchalik eʼtibor berilmaydi, chunki alyans endi oʻz boʻlinishini yengib oʻtishdan koʻproq xavotirda. Bu fikrlarni Rossiya Strategik tadqiqotlar instituti eksperti Sergey Ermakov aytib oʻtdi.NATO sammiti shu yilning 24-25-iyun kunlari Gaagada boʻlib oʻtadi. Avvalroq 'France-Presse' agentligi nomi oshkor etilmagan diplomatga tayanib, NATO ushbu sammitining yakuniy deklaratsiyasini qisqacha bayon qilishga va kelishmovchiliklarni yuzaga keltirmaslik uc