calendar 27 Jan 00:53
eye 112
comments 0
comments Manba: xs.uz

Oʻzbek paxtasining boshlangʻich narxi Nyu-York birjasi bilan belgilanadi

image
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 'Paxta xomashyosini yetishtirish va sotishda bozor mexanizmlarini qoʻllashni izchil davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi farmoni qabul qilindi. Unga koʻra, paxta bozorida yangi bozor tamoyillari joriy etiladi.

Endilikda paxta xomashyosi narxi Nyu-York birjasidagi oxirgi 6 oylik oʻrtacha fyuchers kotirovkalari asosida belgilab boriladi. Bu narx har yili 1-noyabrda eʼlon qilinadi. 2025-yil hosili uchun esa 1-fevralda eʼlon qilinishi belgilandi.

Paxta xomashyosini savdosi Oʻzbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasida tashkil etiladi. Savdo jarayonlarida barcha xoʻjaliklar va qayta ishlovchi korxonalar fyuchers, forvard va spot shartnomalari orqali ishtirok etadi. Savdolarda erkin tanlov asosida ishtirok etish, yaʼni xaridorni tanlash va yetkazib berish muddatlarini belgilash imkoniyati yaratiladi. Barcha shartnomalar 'Agroplatforma' axborot tizimi bilan integratsiya qilinadi.

Yangi farmon shartnomalar turlari va ularning muddatlarini ham aniq belgilab berdi. Fyuchers shartnomalari 1-noyabrdan 1-iyungacha tuziladi va boshlangʻich narxdan past boʻlmasligi kerak. Forvard shartnomalari 1-martgacha, spot shartnomalari esa real vaqt rejimida omborlardagi mavjud paxta xomashyosi uchun tuziladi. Saqlash omborlari mavjud boʻlmagan xoʻjaliklar paxta xomashyosini 1-martgacha forvard yoki 1-iyungacha fyuchers shartnomalari orqali sotishlari zarur.

Shuningdek, paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklar uchun qator subsidiyalar joriy qilinadi. Birjada sotilgan paxta xomashyosi qiymatining 10 foizi miqdorida subsidiya taqdim etiladi. Shuningdek, hosil yili yakuniga qadar imtiyozli kreditlarini qaytargan xoʻjaliklarga kredit foiz toʻlovlarining 4 foizlik punkti qaytarib beriladi. Bu chora-tadbirlar paxta yetishtiruvchilarning moliyaviy barqarorligini oshirish va ularni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan.

Mazkur farmon qishloq xoʻjaligi sohasida bozor mexanizmlarini takomillashtirish, paxta xomashyosi savdosida shaffoflikni taʼminlash va qoʻshilgan qiymat zanjirini rivojlantirishda muhim qadam boʻladi. Shuningdek, eksportni kengaytirish va toʻqimachilik sanoatini rivojlantirishga turtki beradi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 May 14:37
 
13
0
xs.uz

“Oʻzgidromet” hafta oʻrtasida harorat keskin koʻtarilishidan ogohlantirdi

'Oʻzgidromet' 14html5-dom-document-internal-entity1-minus-end16-may kunlari Oʻzbekistonda kutilayotgan issiq harorat haqida favqulodda maʼlumotni eʼlon qildi.14-mayda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida, 15html5-dom-document-internal-entity1-minus-end16-mayda Oʻzbekiston hududining katta qismida havo harorati kunduz kunlari +39, +41 darajagacha, janubda va choʻl hududlarda esa +42, +43 darajagacha koʻtariladi.14html5-dom-document-

17 May 21:46
 
274
0
xs.uz

Oʻzbekistondagi barcha pedagogika oliygohlari faoliyati tubdan oʻzgartiriladi

Bundan buyon barcha pedagogika oliygohlari faoliyati tubdan oʻzgarishi belgilandi. Prezident buni Termiz pedagogika instituti misolida tushuntirib berdi.Qayd etilishicha, bu oliygohga Yangi Oʻzbekiston universitetidagi kabi xalqaro boshqaruv tizimi tatbiq etiladi. 'Top' xorijiy oliygohlar tajribasi asosida fakultetlar oʻrnida aniq, tabiiy, ijtimoiy, filologiya, amaliy fanlar, maktabgacha va boshlangʻich taʼlim boʻyicha 6 ta oliy maktab tashkil qilinadi.Aniq fanlar maktabida Myunxen texnika

17 May 21:46
 
278
0
xs.uz

Bundan buyon xususiy oliygohlardagi pedagogik yoʻnalishlar davlat institutlari bilan bir xil boʻladi — Prezident.

Prezident raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida Avloniy malaka oshirish institutining 13 ta hududiy markazidagi yondashuvlarni ham, dasturlarni ham tubdan oʻzgartirish zarurligi taʼkidlandi.Masalan, Jizzax malaka oshirish markazidagi 60 nafar professor-oʻqituvchining barchasi AQSH, Buyuk Britaniya, Singapur, Germaniyani yetakchi oliygohlari dasturlari asosida qayta tayyorlanadi.Shu bilan birga, maktabdagi 17 ta fanni har biri boʻyicha alohida tayanch maktablari boʻladi.Har bir

17 May 21:46
 
277
0
xs.uz

Qamrov oshdi, lekin sifat boʻyicha qiladigan ishlarimiz koʻp — Shavkat Mirziyoyev

Soʻnggi yetti yilda bogʻchalar bilan qamrov 700 mingdan 2,3 millionga yetkazildi. Bugungi kunda Oʻzbekistonda 7 mingta davlat va 31 mingdan ziyod xususiy bogʻchalar faoliyat yuritmoqda. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan maktab taʼlimi yuzasidan videoselektor yigʻilishida maʼlum qilindi.'Qamrov oshdi, lekin sifat boʻyicha qiladigan ishlarimiz koʻp. Bogʻchalar nafaqat tarbiya, balki bolada taʼlim olish uchun ilk koʻnikmalarni shakllantiradigan maskanga aylani