Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi

2025-yilda aholini ish bilan taʼminlash dasturi doirasida 5,2 million aholini daromadli mehnat bilan taʼminlash rejalashtirilgan. Bu maqsadda tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslar amalga oshiriladi. Jumladan, Namangan, Toshkent, Xorazm va boshqa viloyatlarda zamonaviy parrandachilik klasterlari tashkil qilinib, ushbu klasterlar doirasida soʻyish korxonalari, muzlatkichli omborxonalar va naslli joʻjalar yetishtirish quvvatlari yaratiladi.
Kambagʻal oila aʼzolarini jalb etish uchun 20 ming gektar yerda oʻrmonlar tashkil etish, dorivor oʻsimliklar yetishtirish va 100 gektar maydonda brussonetiya daraxtini parvarish qilish kabi loyihalar amalga oshiriladi. 2025-yil 1-iyuldan esa 'Ekofaol fuqaro' platformasi orqali oʻzi ekilgan daraxtlar haqida maʼlumot kiritgan kambagʻal oila aʼzolariga har 100 daraxt uchun BHMning 1 baravari miqdorida subsidiya ajratiladi.
Qishloq xoʻjaligi va dorivor oʻsimliklarni qayta ishlashga qaratilgan yangi kooperativlar uchun 2025-yil 1-apreldan 2028-yil 1-yanvargacha ijtimoiy soliq 1 foizgacha pasaytiriladi. Shuningdek, kambagʻal oilalarga qishloq xoʻjaligi kooperativlari ustav fondiga ulush sifatida kiritish uchun subsidiya ajratiladi.
Kasbiy koʻnikmalar markazlarida aholini mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasblarga oʻqitish tizimi joriy qilinadi. 2025-yil 1-fevraldan boshlab nogironligi boʻlgan shaxslarga va kambagʻal oila aʼzolariga ajratiladigan stipendiyalar tasdiqlandi. Shuningdek, ishsiz aholini oʻqitish xarajatlarini qoplab berish uchun vaucher tizimi Samarqand viloyati va Toshkent shahrida sinovdan oʻtkaziladi.
'Farovon hayotga ilk qadam', 'Ishonch' loyihalari va 'Maʼrifat orqali kambagʻallikni qisqartirish' dasturlari doirasida mahallalarda aholining tashabbuskorligini oshirishga qaratilgan ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.
Ushbu qaror aholini ish bilan taʼminlashda yangi imkoniyatlar yaratib, daromadlarni oshirish va kambagʻallikni qisqartirishga qaratilgan mustahkam qadam boʻladi.
Shavkat Mirziyoyev Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif bilan telefon orqali muloqot qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif 7-iyun kuni boʻlib oʻtgan telefon orqali muloqotda butun musulmon ummati uchun muqaddas Qurbon hayiti ' Iyd al-Adho munosabati bilan bir-birini samimiy tabrikladilar. Yetakchilar doʻst Oʻzbekiston va Pokiston xalqlariga farovonlik va ravnaq tiladilar.Pokiston Bosh vazirining joriy yil fevral oyida Oʻzbekistonga tarixiy tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish n
Oʻzbekistonda uy-joy narxlari haqiqiy qiymatidan 17 foizga qimmat
2024-yilda uy-joy bozoridagi narxlar oʻsishi toʻxtaganiga qaramay, narxlar hali ham oʻzining haqiqiy qiymatidan oʻrtacha 17 foizga yuqori boʻlib qolmoqda. Bu haqida Markaziy bankning soʻnggi tahlillari keltirilgan 'Moliyaviy barqarorlik sharhi'da maʼlum qilindi.Unda aytilishicha, 2024-yilda uy-joylarning bozor narxi fundamental narxiga nisbatan 17 foizga yuqori shakllangan. Shuningdek, koʻchmas mulk bozorida faollik pasaygan. Banklar tomonidan ipoteka kredit ajratish standartlari esa qat
Qasim-Jomart Toqayevdan Rejep Tayyip Erdogʻangacha: Xorijiy hamkorlardan Qurbon hayiti munosabati bilan Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga samimiy qutlovlar kelmoqda
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga maʼnaviy hayotimizda muhim oʻrin egallagan, azaldan xalqimizga xos boʻlgan mehr-oqibat, bagʻrikenglik va saxovat kabi olijanob fazilatlarni oʻzida mujassam etgan muqaddas Qurbon hayiti ' Iyd al-Adho munosabati bilan xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar va mintaqaviy tuzilmalar rahbarlaridan tabrik maktublari kelib tushmoqda.Xorijiy hamkorlar oʻz qutlovlarida Oʻzbekistonning koʻp millatli xalqiga chuqu
“Qadrli farzandlarim!”... Shavkat Mirziyoyev futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzolariga tabrik yoʻlladi
Qadrli farzandlarim!Avvalo, siz, azizlarni Osiyoning eng kuchli jamoalari ishtirok etgan saralash oʻyinlarida chinakam jasorat va matonat namunasini koʻrsatib, tom maʼnoda ulkan gʻalabaga erishganingiz ' Vatanimiz tarixida birinchi marta jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritganingiz bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.Hech shubhasiz, milliy sportimiz solnomasiga oltin harflar bilan bitiladigan bunday yorqin natija yurtimizdagi millionlab futbol muxlislari, butun xalqimizn