Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda

Bugun dunyoda yuzaga kelayotgan xavf-xatar va tahdidlar, yoshlar orasida turli yot g'oyalar tobora keng tarqalishiga sabab bo'lmoqda. Bu esa mamlakatimizda bunday holatlarni o'z vaqtida oldini' olish va ularga barham' berish bo'yicha huquqni muhofaza qilish organlari oldiga yangi vazifalarni' qo'ymoqda.
2024 yil 5 fevraldagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlar masalalari bo'yicha inspektor-psixologlari (katta inspektor-psixologlari) lavozimlari Milliy gvardiya tuzilmasiga o'tkazilganligi ham ushbu yo'nalishda olib borilayotgan ishlarning uzviy davomidir.
Mazkur qarorga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasida Bolalar bilan ishlash boshqarmasi va uning hududiy bo'linmalari tashkil etildi, shuningdek voyaga yetmaganlar masalalari bo'yicha katta inspektor-psixologlar va inspektor-psixologlar lavozimlari joriy etildi.
Ushbu bo'linmalar tomonidan maktablarda (10 134 ta) axloqiy-psixologik muhitni yaxshilash, o'quvchilar o'rtasida nazoratsizlikni keltirib chiqaruvchi omillarni aniqlash va bartaraf etish, o'quvchilarda vatanparvarlik, Vatanga sadoqat hissini shakllantirish, ularda qonunbuzilishlarga nisbatan murosasiz munosabatda bo'lish hissini shakllantirish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar ko'rib kelinmoqda.
Shu bilan birga muammoli o'quvchilar bilan ularning yashash joylarida ota-onalari ishtirokida manzilli ishlash, shuningdek o'quvchilarning darslarga qatnashish davomatini yaxshilash bo'yicha eng asosiysi 'Xavfsiz maktab' konsepsiyasi misolida maktablarda xavfsizlikni ta'minlash uchun muhim ishlar amalga oshirilmoqda.
Yangi tashkil etilgan lavozimlarda xizmat qiluvchi shaxslarga, shu jumladan voyaga yetmaganlar masalalari bo'yicha katta inspektor-psixologlar va inspektor-psixologlarga ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlar masalalari bo'yicha inspektor-psixologlarining qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlarini berish zarurati yuzaga kelmoqda.
Milliy gvardiyaning inspektor-psixologlari fevral oyidan hozirgi kunga qadar 44450 ta Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 47-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni aniqlab, ichki ishlar organlarining profilaktika inspektorlari orqali ma'muriy jazo choralari qo'llanilishini ta'minlagan hamda ota-onalar tomonidan farzandlarini maktabga yubormaslik holatlari bo'yicha 175 mingga yaqin ogohlantirish xatlari yozilgan.
Bugungi kunda 1 nafar inspektor-psixologga maktablardagi bola sonidan kelib chiqib 3 tadan 10 tagacha maktab to'g'ri kelmoqda.
Biroq inspektor-psixologlar tomonidan voyaga yetmagan huquqbuzarning ota-onalariga nisbatan ma'muriy jazo choralarini qo'llash uchun tayanch punkti profilaktika inspektorining oldiga olib borib, ma'muriy jazo choralari qo'llanilishi ' inspektor-psixologlarning ish samaradorligiga salbiy ta'sir ko'rsatib, ortiqcha vaqt sarflashiga ham sabab bo'lmoqda.
Shu bois mazkur Qonun O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tomonidan umumta'lim maktablarida xizmat qiluvchi voyaga yetmaganlar masalalari bo'yicha inspektor-psixologlar faoliyatida qonuniylikni ta'minlash, shuningdek, maktablarda psixologik muhitni yaxshilash, voyaga yetmaganlar orasida qonunbuzilishlarga nisbatan murosasiz munosabatda bo'lish hissini shakllantirish, muammoli o'quvchilar bilan ularning yashash joylarida ota-onalari ishtirokida manzilli ishlash vazifalarni samarali amalga oshirishga zarur shart-sharoit yaratish maqsadida ishlab chiqildi.
Qonunning qabul qilinishi O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlarining voyaga yetmaganlar o'rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasiga, shuningdek bolalarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Muhokamadan so'ng Qonun senatorlar tomonidan ma'qullandi.
Foto: Akmal Muhammadov / 'Xalq so'zi'
Samarqanddagi koʻchalardan biriga Rim shahri nomi berildi
Oliy darajadagi O'zbekiston-Italiya muzokaralari yakunida xalqaro Kongress-markazida Samarqand shahridagi ko'chaga Rim shahri nomini berishga bag'ishlangan tantanali marosim o'tkazildi.O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu qaror chuqur tarixiy va madaniy aloqalar, strategik sheriklik munosabatlarining hozirgi yuksak darajasini inobatga olgan holda, shuningdek, O'zbekiston va Italiya xalqlari o'rtasidagi do'stlik va o'zaro hurmat ramzi sifatida qabul qilinganini ta'kidladi.
Bolalarga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yaxshilash boʻyicha koʻrilayotgan choralar yuzasidan parlament soʻrovi yuboriladi
Yalpi majlisda bolalarga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yaxshilash boʻyicha koʻrilayotgan choralar yuzasidan Sogʻliqni saqlash vazirligiga parlament soʻrovi yuborish masalasi koʻrib chiqildi.Qayd etish joizki, soʻnggi yillarda mamlakatimizda bolalarga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yaxshilash, bu borada ilgʻor xorijiy tajribadan hamda zamonaviy diagnostika va davolash texnologiyalaridan foydalanish, shuningdek, hududiy tibbiyot muassasalari imkoniyatlarini yanada kenga
Endi nogironlik pensiyalari proaktiv shaklda tayinlanadi
'Nogironlik pensiyalari va kompensatsiyalarni tayinlashda proaktiv xizmatlarni joriy etish toʻgʻrisida'gi Prezident qarori (PQ-194-son, 27.05.2025-y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining 'Huquqiy axborot' Telegram kanalida'xabar berildi.Qarorga koʻra, 2025-yil 1-iyuldan fuqarolarga davlat pensiyalari va kompensatsiyalarni tayinlashning quyidagi soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi:2025-yil 1-oktyabrdan davlat pensiya taʼminotiga oid hamda AT 'Xalq banki' tomonidan pensiyalarni na
Oilaviy poliklinikalarda tibbiyot xodimlari faqat toʻliq stavkada faoliyat yuritadi
Shavkat Mirziyoyev 'Respublikada sogʻliqni saqlash tizimini va aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish tamoyillarini takomillashtirish orqali sohani isloh qilishni izchil davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi farmonni imzoladi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' xabar berdi.Endi oilaviy poliklinikalar, oilaviy shifokor punktlari va ularga biriktirilgan muassasalar, shu jumladan mahalla tibbiyot punktlari, xizmat koʻrsatayotgan aholi sonidan kelib chiqqan holda yuridik maqomga ega oilaviy poliklin