Mamlakatimizda fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyati samaradorligini oshirish, mahalla institutini aholiga eng yaqin va xalqchil tuzilmaga aylantirish, fuqarolar yig'inlarining mushtarak manfaatlarini ifoda etadigan uyushmaga birlashish huquqlarini ro'yobga chiqarish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan o'zaro hamkorligini yanada rivojlantirishga qaratilgan keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Mahalla institutining maqomining O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi darajasida mustahkamlanishining asosiy mazmun va mohiyati shundan iboratki, endilikda davlatning ijtimoiy siyosati tuman yoki shahardan emas, balki mahalladan boshlanadi.
So'nggi yetti yilda mahalla institutini takomillashtirish davlatning diqqat e'tiborida bo'lib, bu borada o'tkazilgan tahlillar shuni ko'rsatmoqdaki, aynan mahalla tizimini takomillashtirishga qaratilgan 100 ga yaqin normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
O'z navbatida, senatorlar fuqarolar yig'inlari raislari saylovini tashkil etish va o'tkazish tartibini yanada takomillashtirish, shuningdek bo'shab qolgan o'rinlarga saylangan fuqarolar yig'inlari raislari faoliyati kafolatlarini mustahkamlash zarurati yuzaga kelganligini ham qayd etib o'tdi.
Qonun bilan 'Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari to'g'risida'gi va 'Fuqarolar yig'ini raisi saylovi to'g'risida'gi qonunlarga kiritilayotgan o'zgartirish va qo'shimchalar ushbu masalalarni tartibga solish maqsadida ishlab chiqilgan.
Qonunda fuqarolar yig'ini raisi vakolatlari muddati 3 yildan 5 yilga uzaytirish, bo'shab qolgan o'rinlarga fuqarolar yig'inlari raislarini 5 yil muddatga saylash, shuningdek fuqarolar yig'inlari raislari saylovini tashkil etish va o'tkazishni Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar komissiyalarining vakolatlariga o'tkazish nazarda tutilmoqda.
Muhokama jarayonida senatorlar tomonidan mazkur Qonunning hayotga tatbiq etilishi fuqarolar yig'inlari raislari faoliyatini hamda fuqarolar yig'inlari raislari saylovini tashkil etish va o'tkazishga ko'maklashuvchi komissiyalar ishini samarali tashkil etishga xizmat qilishi alohida aytib o'tildi.
Qonun senatorlar tomonidan ma'qullandi.
Foto: Akmal Muhammadov, Haqberdi Asqarov / 'Xalq so'zi'
“Ustimdan asossiz ariza berilgan”. Rasul Kusherbayev Yangiyoʻl tuman IIBda asossiz ushlab turilganini aytmoqda
Ekologiya vaziri maslahatchisi Rasul Kusherbayev Yangiyoʻl tumani ichki ishlar boʻlimiga chaqirilgani, ish uchun ahamiyati boʻlmasa-da mobil telefoni olib qoʻyilganini bildirib, Telegram kanalida murojaat'eʼlon qildi.Uning maʼlum qilishicha, kecha, 19-aprel kuni maslahatlashish 'bahonasida' Yangiyoʻl tumani Ichki ishlar boʻlimiga chaqirilgan va u yerda bir necha soat ushlab turilgan.'Yashash joyim ham, propiskam ham Yangiyoʻlda emas. Biroq nega Yangiyoʻl IIB bu ish bilan shugʻullanayo
“Planet 9” kompaniyasi bilan O‘zbekistondagi megaloyihaning yangi vizual konsepsiyalari ko‘rib chiqildi
Ayni paytda Markaz ekspozitsiyalarini boyitish, kontentini kengaytirish maqsadida bir qator xorijiy mutaxassislar, IT kompaniyalari bilan muzokaralar olib borilmoqda.'Planet 9' kompaniyasi bilan Markaz ekspozitsiyasidagi 'Vaqt devori' loyihasini amalga oshirish bo'yicha muhokama olib borildi.Markaz ekspozitsiyasi Qur'on zali, Islomgacha bo'lgan davr sivilizatsiyalari, Birinchi va Ikkinchi Renessans, 'Yangi O'zbekiston ' Yangi Renessans' kabi zallarni o'z ichiga oladi. Har bir zal bo'ylab o'tadig
Prezident Buloqboshida mahalliy mahsulotlar sifatini koʻzdan kechirdi
Mamlakatimizda xomashyoni qayta ishlab, qo'shilgan qiymat yaratishga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Mazkur korxona ham mato to'qish, bo'yash va tayyor trikotaj ishlab chiqarish yo'nalishidagi yirik loyihalardan biri.Bu yerda yiliga 4 million 200 dona, 50 turdagi mahsulotlar tayyorlanadi.''Mingga yaqin fuqaro ish bilan ta'minlangan.''Xodimlar malakasini oshirish ham e'tiborda. Buning uchun dizaynerlik markazi tashkil etilgan.Turkiya, Germaniya va Xitoydan keltirilgan ilg'or uskunalar ish unumdorl
Qashqadaryoda qoʻlbola aroq ishlab chiqaruvchi yashirin sex aniqlandi
Qashqadaryoda fuqaro oʻz xonadonida yashirin sex tashkil etib, isteʼmolga yaroqsiz qoʻlbola alkogol mahsulotlari ishlab chiqarayotganligi fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.Departamentning Shahrisabz shahri boʻlimi va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro D.A. fuqaro I.X.ning Shahrisabz tumani, 'Istiqbol' MFY hududidagi xonadonida yashirin sex tashkil etib, qoʻlbola usulda isteʼmol