calendar 27 Jan 00:53
eye 101
comments 0
comments Manba: xs.uz

“Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi

image


'Xalq soʻzi' va 'Народное слово' gazetalari tahririyati tomonidan 2024-yil boshida eʼlon qilingan 'Eng yaxshi maqolalar' tanlovi gʻoliblari taqdirlandi.

Tanlov shartlarida gʻoliblarni yil yakuni boʻyicha aniqlash hamda ularni munosib taqdirlash koʻzda tutilganligini inobat olib, hakamlar hayʼati tomonidan 'Xalq soʻzi' va 'Народное слово' gazetalarida bugungi kungacha chop etilgan ijodiy materiallar koʻrib chiqildi va ular orasidan mamlakatimizda turli sohalarda olib borilayotgan islohotlarga oid tahliliy, tanqidiy, qiziqarli, taʼsirchan, samimiy va sodda tilda aks ettirilgan eng yaxshi maqolalar saralab olindi.

'Xalq soʻzi' gazetasi boʻyicha gʻoliblar:

1. Xalqaro Nordik universiteti rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Sherzod MUSTAFOQULOV ' 'Sehrli diyor'dagi unutilmas muloqotlar' sarlavhali maqolasi uchun (2024-yil, 6-yanvar);

2. Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist Joldasbay NURULLAYEV ' 'Xalqimiz ardogʻidagi Navroʻz' sarlavhali maqolasi uchun (2024-yil, 13-mart);

3. Qoʻqon universiteti direktori, dotsent Gʻafurjon ZOHIDOV ' 'Dunyo ilm-fani uchun integratsiya kelajak universitetlari tizimini yaratishning muhim omili' sarlavhali maqolasi uchun (2024-yil, 1-avgust).

'Народное слово' gazetasi boʻyicha gʻoliblar:

1. Navoiy davlat universiteti rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Muxiddin KALONOV ' 'Теневая экономика: существенное препятствие на пути развития страны' sarlavhali maqolasi uchun (2024-yil 26-iyun);

2. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti katta oʻqituvchisi Surayyo XAMRAXODJAYEVA ' 'Источник вдохновения, мудрости, надежды' sarlavhali maqolasi uchun (2024-yil 1-iyun);

3. Sanʼatshunos, Oʻzbekiston jurnalistlar uyushmasi aʼzosi Guarik BAGDASAROVA ' teatr, tasviriy va musiqiy sanʼat rivoji toʻgʻrisidagi turkum maqolalari uchun.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Jun 02:44
 
29
0
xs.uz

4-iyun kuni ob-havo qanday boʻladi?

'Oʻzgidromet' 4-iyun kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.Toshkent'shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 19-21 daraja, kunduzi 35-37 daraja issiq boʻladi.Qoraqalpogʻiston'Respublikasi va'Xorazm'viloyatida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda

13 Jun 00:38
 
12
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Hindiston prezidenti va bosh vaziriga yuz bergan aviahalokat yuzasidan taʼziya maktubi yoʻlladi

Davlatimiz rahbari qurbon boʻlganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga, butun Hindiston xalqiga chuqur hamdardlik izhor etdi, jarohat olganlar tez fursatda sogʻayib ketishini tiladi.Eslatib oʻtamiz, bugun Hindistonning 'Air India' aviakompaniyasiga tegishli 'Boeing 787-8 Dreamliner' samolyoti Ahmadobod shahridan havoga koʻtarilganidan biroz oʻtib halokatga uchradi. Fojia yuz bergan vaqta havo kemasi bortida 242 kishi boʻlgan.Kapitan halokatdan oldin Havo harakatini boshqarish boʻlimiga qo

31 May 08:49
 
27
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo – Italiya” sammitida ishtirok etdi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 may kuni Ostona shahrida 'Markaziy Osiyo ' Italiya' sammitida ishtirok etdi.Qozog'iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev raisligida o'tkazilgan tadbirda Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Meloni, Qirg'iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov ham qatnashdilar.Uchrashuvda Markaziy Osiyo mamlakatlari va Italiya o'rtasidagi ko'p

17 May 21:46
 
48
0
xs.uz

Fargʻonada “Ibratli oila” koʻkrak nishonlari topshirildi

Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. 15-may ' Xalqaro oila kuni munosabati bilan Fargʻona viloyatida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etilib, bu boradagi milliy qadriyat va anʼanalarimiz keng targʻib etildi.Xususan, qutlugʻ sana munosabati bilan Fargʻona viloyat hokimligida boʻlib oʻtgan tantanali tadbirda bir guruh namunali oila vakillariga 'Ibratli oila' koʻkrak nishoni topshirildi. Viloyat faollari va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida oʻtkazilgan tadbirlar jamiyatimizda bunday o