Dushanba haqiqatdan ham ogʻir kunmi yoxud 27-yanvarda qanday ob-havo kutilmoqda?

Poytaxtimizda havo biroz bulutli boʻlib, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kechasi 0-2 daraja sovuq, kunduzi esa 9-11 daraja iliq boʻlishi kutilmoqda.
Qoraqalpogʻiston va Xorazmda havo biroz bulutli boʻlib, yogʻingarchilik kutilmayapti. Bir qator joylarda tuman tushishi ehtimoli bor. Shamolning tezligi sharqdan 7-12 m/s boʻlib, baʼzi yerlarda 13-18 m/s gacha yetmogʻi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliqni tashkil etadi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻlib, yogʻingarchilik qayd etilmaydi. Ayrim hududlarda tuman paydo boʻlishi ehtimoli saqlanib qolmoqda. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esib, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 7-12 daraja iliq boʻladi. Navoiyning shimoliy hududlarida kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq boʻladi.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli, lekin yogʻingarchilik kutilmayapti. Bir necha hududlarda tuman tushishi mumkin. Shamolning tezligi sharqdan 7-12 m/s boʻlib, ayrim yerlarda uning kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3 daraja sovuqdan 2 daraja iliqqacha, kunduzi esa 7-12 daraja iliqni tashkil etadi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo ochiq boʻlib, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi esa 10-15 daraja iliq boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻlib, yogʻingarchilik kutilmayapti. Bir necha joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esib, baʼzi yerlarda kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi esa 6-11 daraja iliqni tashkil etadi.
Togʻli hududlarda havo biroz bulutli boʻlib, ayrim joylarda yogʻingarchilik boʻlishi, tuman tushishi ehtimoli bor. Toshkent va Namangan viloyatlarining togʻli hududlarida qor koʻchishi xavfi saqlanib turibdi. Shamolning tezligi sharqdan 7-12 m/s boʻlib, ayrim yerlarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi esa 2-7 daraja iliqni tashkil etadi.
27-yanvar kuni mamlakat boʻylab ayrim hududlarda shamolning kuchayishi va tuman kuzatilishi kutilmoqda. Fuqarolarga, ayniqsa, togʻli hududlarda xavfsizlikka rioya qilish va transport vositalarini boshqarishda ehtiyotkorlikka amal qilish tavsiya etiladi.
Yuksak hamdoʻstlik ifodasi
Xivadagi Ichan Qalʼa davlat muzey-qoʻriqxonasi Koʻhna Ark tarixiy-meʼmoriy majmuasi yozgi kinoteatrida anʼanaviy Koreya kinofestivali boʻlib oʻtdi. Unda mahalliy aholi vakillari, yoshlar, viloyatdagi koreys milliy markazi faollari qatnashdi.Kinofestivalning tantanali ochilish marosimida Koreya Respublikasining Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Von Do Yon ishtirok etib, yigʻilganlarga samimiy va ezgu tilaklarini izhor qildi. U har ikki davlat oʻrtasida barcha sohalar, xususan
Fargʻonada “Moskvich” kanalga tushib ketdi (+video)
Bugun, 12-aprel kuni Fargʻona viloyati Yozyovon tumani hududidan oqib oʻtuvchi kanalga 'Moskvich' rusumli avtomobil haydovchining boshqaruvni yoʻqotishi oqibatida tushib ketgan.Mazkur holat yuzasidan Fargʻona viloyati FVBga '112' qisqa raqami orqali amaliy yordam kerakligi toʻgʻrisida murojaat kelib tushgan.Murojaatga asosan, hududiy Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari aytilgan manzilga yetib borgan va ularning tezkor harakatlari natijasida avtotransport vositasi suvdan chiqari
Toshkentda qimmatbaho elektromobil yonib ketdi
Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumanida elektromobil yonib ketdi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi'xabar berdi.Qayd etilishicha, hodisa kecha, 17-aprel kuni soat 23:51 da Mirzo Ulugʻbek tumani Yalangʻoch mavzesida yuz bergan. Elektromobil yonayotgani toʻgʻrisida shahar FVBga kelib tushgan xabarga koʻra, yongʻin-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 23:56 da yetib borib, yongʻinni soat 23:59 da toʻliq oʻchirgan.Taʼkidlanishicha, yongʻin oqibatida halok boʻlgan
Endilikda qurilayotgan binolarga QR-kodli pasport beriladi
2025-yilning 1-sentyabridan boshlab Oʻzbekistonda har bir qurilayotgan obyekt uchun QR-kodli pasport joriy etiladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.Ushbu tizim orqali shaharsozlik subyektlari, qurilish muddatlari, hujjatlar va ekspertiza xulosalari kabi muhim maʼlumotlarga tezroq ega boʻlish mumkin boʻladi.Bundan tashqari, koʻp kvartirali uylarda joylar va yertoʻlalarni qayta qurish yoki rejalashtirishda qurilish meʼyorlarini buzgan holda konstruktiv qismlar va tayanch devorlarni o