Tanzila Norboyeva Senat raisi lavozimida qoladigan boʻldi. Raisga oʻrinbosarlar ham saylandi
Konstitutsiyaning 101-moddasiga muvofiq, Prezident Oliy Majlis Senati Raisi lavozimiga senator Tanzila Narbayeva nomzodini taqdim etdi.
Tanzila Narbayeva davlat va jamoat boshqaruvida boy tajribaga ega ekani, oʻtgan davrda shu lavozimdagi samarali faoliyati natijasida mamlakatimizda xotin-qizlar, bolalar huquqlarini taʼminlash va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vaziyat sezilarli ravishda yaxshilangani taʼkidlandi.
Shuningdek, Senat Raisining birinchi oʻrinbosari lavozimiga senator Sodiq Safoyev, Senat Raisining oʻrinbosari lavozimiga senator Amanbay Orinbayev nomzodlari tavsiya etildi.
Ayni paytda majlis davom etmoqda. Senat faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqish hamda Prezidentning senatorlar bilan muloqoti boshlandi.
Ayrim tadbirkorlarga toʻlangan soligʻining bir qismi qaytarib beriladi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining Qarori bilan umumiy ovqatlanish, turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga byudjetga toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻining bir qismini qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi Vaqtinchalik Nizomi tasdiqlandi'Huquqiy axborot' kanalining'xabar berilishicha,'vaqtinchalik Nizomga koʻra, 2024-yil 1-oktyabrdan boshlab turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga ' byudjetga to
Yangiyoʻlda 5 tup daraxt kesgan shaxs tabiatga 533 mln soʻm zarar yetkazdi
Toshkent viloyatining Yangiyoʻl tumanida fuqaro 5 tup koʻp yillik daraxtni hech qanday ruxsatlarsiz kesib tashladi. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, viloyat Ekologiya boshqarmasi inspektorlari tomonidan Yangiyoʻl tumani Bunyodkor mahallasida ekologik nazorat tadbirlari oʻtkazilgan. Jarayonda mahalla hududida fuqaro B.N. tomonidan 5 tup daraxt ' 2 tup qayragʻoch va 3 tup yongʻoq hech qanday ruxsatnomasiz kesib tashlanganligi aniqlangan
Qasddan badanga yengil shikast yetkazish jinoyat tarkibidan chiqarildi
Jinoyat kodeksi 109-moddasi 1-qismi, yaʼni qasddan badanga yengil shikast yetkazish endi jinoyat tarkibini bermaydi. Ushbu oʻzgarishni tasdiqlovchi qonun hujjati OʻRQ-972-son bilan rasmiylashtirilib, Jinoyat hamda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodekslarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishini nazarda tutadi.Shu tariqa, kodekslarga sogʻliqning qisqa muddatga yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatining uncha uzoq boʻlmagan muddatga yoʻqolishiga olib kelmagan qasddan badanga yen
Xorijiy kuzatuvchilar saylovoldi jarayon bilan tanishdi
Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'.'Shu yilning 27-oktyabr kuni boʻlib oʻtadigan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda mahalliy kengashlar deputatligiga saylovlar xalqaro tashkilotlar tomonidan ham katta qiziqish uygʻotmoqda. Xorijlik kuzatuvchilar joylarda boʻlib, saylovga tayyorgarlik jarayoni bilan tanishmoqda. Xususan, Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining uzoq muddatli kuzatuvchilari Ayris Oʻruk va Vinsent Godbillonlar Andijon viloyatida boʻlib, jarayo