calendar 11 Nov 03:18
eye 18
comments 0
comments Manba: xs.uz

Qasddan badanga yengil shikast yetkazish jinoyat tarkibidan chiqarildi

image


Jinoyat kodeksi 109-moddasi 1-qismi, yaʼni qasddan badanga yengil shikast yetkazish endi jinoyat tarkibini bermaydi. Ushbu oʻzgarishni tasdiqlovchi qonun hujjati OʻRQ-972-son bilan rasmiylashtirilib, Jinoyat hamda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodekslarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishini nazarda tutadi.

Shu tariqa, kodekslarga sogʻliqning qisqa muddatga yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatining uncha uzoq boʻlmagan muddatga yoʻqolishiga olib kelmagan qasddan badanga yengil shikast yetkazish bilan bogʻliq jinoiy qilmishni jinoiy jazo tarkibidan chiqarib, uni maʼmuriy huquqbuzarlik toifasiga oʻtkazishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.

Qayd etilishicha, mazkur huquqiy normani yangi tavsifiy belgilar bilan toʻldirish, yarashuv institutiga kiruvchi maʼmuriy huquqbuzarliklar doirasini kengaytirish belgilanadi.

Shuningdek, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, ushbu huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, bir qator jazo choralarini qoʻllashni taqozo etadi.

Birinchidan, BHMning 5 baravaridan 25 baravarigacha miqdorda jarima solishga;

Ikkinchidan, 15 sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻlishi belgilanmoqda.

'Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi', deyiladi xabarda.

Avvalroq, Statistika agentligi chet el kapitali asosida ishlayotgan korxonalar sonini ochiqlagandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:39
 
40
0
xs.uz

“Avitsenna” nomli milliy brend yaratiladi. U qaysi sohani qamrab oladi?

Shavkat Mirziyoyevning 'Oʻzbekiston Respublikasida tibbiy va sogʻlomlashtirish turizmini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida'gi Qarori qabul qilindi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar berdi.Xabar qilinishicha, qarorga muvofiq, 'Tibbiy xizmatlar mehmondoʻstligi' ('Medical service hospitality') dasturi amalga oshiriladi. Shuningdek, bu orqali 'Avitsenna' nomi ostida Oʻzbekistonning tibbiy va sogʻlomlashtirish turizmi brendi ishlab chiqiladiBundan ta

29 Oct 20:48
 
26
0
xs.uz

Qoraqoʻrgʻonda sel oqiza olmaydigan koʻprik qurildi

Qudratilla NAJMIDDINOV/'Xalq soʻzi'. Namangan viloyati Chust tumanining qoʻshni Qirgʻiz Respublikasi bilan chegaradosh Qoraqoʻrgʻon mahallasida 4,5 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi. Hududdan oʻtgan Koʻkseraksoy ustiga hashar yoʻli bilan qurilgan koʻprikni tez-tez sel olib ketishi jiddiy muammoga aylangan edi. Aholining tegishli idoralarga murojaati bilan masala yaqinda yechimini topdi ' koʻprik yangilandi. Yangilanibgina qolmay, har qanday selga bardosh bera oladigan qilib butunlay

25 Sep 13:14
 
34
0
xs.uz

Toshkentda “Lacetti” va “Malibu” ishtirokida YTH yuz berdi

Toshkentda 'Lacetti' va 'Malibu' ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Bu haqda poytaxt YHXB axborot xizmati'xabar berdi.Qayd etilishicha, hodisa joriy yilning 23-sentyabr kuni soat 21:30 larda Yakkasaroy tumani Yusuf Xos Hojib koʻchasi 13-uy qarshisida yuz bergan. Oʻsha kuni 2002-yilda tugʻilgan A.K. 'Malibu' rusumli avtomashinasi va haydovchi, 1996-yilda tugʻilgan M.Q. boshqaruvida boʻlgan 'Lacetti' rusumli avtomashinalari oʻzaro toʻqnashgan.YTH oqibatida Lacetti rusumli a