Xizmatda jarohatlangan harbiylar moliyaviy himoyaga ega boʻladi
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining buyrugʻi bilan harbiy xizmatchilar va maxsus unvonlarga ega xodimlar uchun davlat majburiy sugʻurtasi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Ushbu nizom davlat xizmatida yaradorlik yoki nogironlikka duch kelgan harbiy xizmatchilarga sugʻurta toʻlovlarini amalga oshirishni belgilaydi. Hujjat 2024-yil 8-noyabrdan kuchga kirgan. Bu haqda 'Norma.uz' xabar berdi.
Nizomga koʻra, sugʻurtalangan shaxs favqulodda holatlarda yoki harbiy xizmat davomida halok boʻlsa, uning oilasiga BHMning 200 baravari miqdorida toʻlov amalga oshiriladi. Agar harbiy xizmatchi xizmatda jarohat olib, bir yil ichida vafot etsa, toʻlov miqdori BHMning 84 baravarini tashkil qiladi. Ushbu toʻlovlar nafaqat halok boʻlganlarga, balki jarohat olganlarga ham taalluqlidir.
Shuningdek, xizmat vaqtida nogironlikka uchragan shaxslarga toʻlovlar nogironlik darajasiga qarab amalga oshiriladi. I guruh nogironiga toʻlovning 75 foizi, II guruhga 50 foizi, III guruhga esa 30 foizi toʻlanadi. Shu bilan birga, ogʻir va yengil yaradorlikka uchragan harbiy xizmatchilarga ham tegishli foizlarda toʻlovlar beriladi.
Muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan yoki maxsus unvonlarga ega xodimlar sogʻligʻi tufayli xizmatga yaroqsiz deb topilsa, ularga BHMning 10 foizi miqdorida toʻlov toʻlanadi. Bu sugʻurta toʻlovlari sugʻurta qildiruvchi tomonidan chorak boshidan 15 kun ichida sugʻurtalovchining hisob raqamiga oʻtkazilishi lozim. Toʻlov sugʻurta shartnomasiga binoan bir yil davomida amal qiladi.
Sugʻurta toʻlovlari sugʻurtalangan yoki naf oluvchilarning bank hisobvaragʻiga oʻtkaziladi yoki qonuniy boshqa usullarda amalga oshirilishi mumkin. Sugʻurta mukofoti oʻz vaqtida toʻlangan taqdirda, toʻlovlar sugʻurtalovchi tomonidan barcha hujjatlar kelib tushgandan keyin 5 ish kuni ichida amalga oshiriladi. Bu tartib sugʻurta toʻlovlarini oʻz vaqtida taʼminlashga yordam beradi.
Avvalroq, Nodirbek Abdusattorov yana Magnus Karlsenga qarshi dona surishi maʼlum boʻlgandi.
Bilimli oʻquvchilar munosib ragʻbatlantirildi
Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'. Andijon shahridagi 43-umumtaʼlim maktabining 10-sinf oʻquvchisi Dilobar Abduvahobova 8,5 ballik IELTS sertifikatini qoʻlga kiritdi. Bu Andijon farzandlari ichida hozirgacha kuzatilgan eng yaxshi natija hisoblanadi.Andijon shahridagi 4-umumtaʼlim maktabining 4-sinf oʻquvchisi Muhammadsaid Tursunov aynan shu til fanidan 7.0 ballik IELTS sertifikatiga ega boʻldi. Bu bilan u dunyoning 140 dan ortiq davlatida grant asosida oʻqish va Oʻzbekistondagi ingliz tili
Shavkat Mirziyoyev Moskvaga tashrif buyuradi
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga tashrif buyuradi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.Qayd etilishicha, Prezident 7'8-oktyabr kunlari Moskvada boʻladi.Davlatimiz rahbari MDH Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi doirasidagi tadbirlarda ishtirok etadi.
Kelajak bilan yuzma-yuz
Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi va Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligidagi 'Maʼrifat ulashib' loyihasi joylarda tahsil olayotgan yoshlarimiz qalbida ezgulik va bunyodkorlik tuygʻularini uygʻotishda muhim omil boʻlmoqda. Koʻnglimizda ana shu maqsadlarni amalga oshirish uchun Fargʻona viloyatidagi bir qancha oliy oʻquv yurtlarida muloqotlar oʻtkazishga musharraf boʻldik. Markaziy Osiyo tibbiyot universiteti tashkil etilganiga uch yil boʻlibdi. Ushbu dargoxda sifa
Surxondaryo viloyati mahalla uyushmasiga boshliq tayinlandi
Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'.'Abduraimov Saydulla Berdishukurovich Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.S.Abduraimov 1980-yilda Angor tumanida tugʻilgan. 2004-yilda Termiz davlat universitetini, 2010-yilda Oʻzbekiston milliy universitetini tamomlagan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi ' matematika, yurisprudensiya.Mehnat faoliyati davomida IIB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi, Adliya boshqarmasi va 'Vatanparvar' tashkiloti