Maʼlum qilinishicha, ayni vaqtda Xalq deputatlari Yangiyoʻl shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtmoqda. Unda hududdan saylangan deputatlar, shahar huquq-tartibot organlari, hududdagi korxona va tashkilot rahbarlari, faollar qatnashmoqda.
Sessiya ishida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etib, kun tartibidagi masalalar yuzasidan tanqidiy-tahliliy nutq soʻzlagan.
Xususan, viloyat hokimining Sultanov Dilshod Shuxratovichni shahar hokimi lavozimidan ozod etish toʻgʻrisidagi qarori tasdiqlangan.
Shundan soʻng Raimov Ravshan Isakdjanovich Yangiyoʻl shahri hokimi etib tayinlandi.
Ravshan Raimov 1976-yil Toshkent shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy. Mutaxassisligi-iqtisodchi.
U faoliyati davomida Davlat soliq tizimida bir qator rahbarlik lavozimlarda, shuningdek, 2020-2023-yillarda Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshligʻi vazifasida ishlagan.
Tayinlovga qadar, Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Ilm-fan va tashabbuslar maskani
Ayni kunlarda bu OTMda 56ta bakalavriat ta'lim yo'nalishlari hamda 18ta magstratura mutaxassisliklari bo'yicha bilm olish yo'lga qo'yilgan.Universitetda yosh olimlarni qo'llab-quvvatlash, yangi ilmiy kashfiyotlar yaratish borasida ham muayyan yutuqlar ko'zga tashlanadi. Tadqiqotchilar 31ta ixtisoslik bo'yicha ilmiy izlanishlar olib borishmoqda.Universitet tarkibida faoliyat yuritayotgan Filologiya, Axborot texnologiyalari, Tabiiy fanlar, Pedagogika, Jismoniy madaniyat, San'atshunoslik kabi fakul
Andijonda elektr energiyasi taʼminoti yaxshilandi
Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'. Qish fasli yaqinlashgani sari aholini elektr energiyasi taʼminoti bilan bogʻliq tashvishlari ortadi. Shu bois 'Hududiy elektr tarmoqlari' AJning Andijon hududiy filiali tomonidan 71 ta MFYda sohaga oid muammolarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Jumladan, Andijon shahridagi 'Bogʻi eram' MFYda 100 dan ortiq aholi xonadonlarida taʼminot sifati yaxshilandi.' Har yili kuz-qish mavsumida elektr energiyasi taʼminotida uzilishlar kuzatilardi, ' deydi ushbu m
Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tashkil etiladi
Oʻzbekistonda chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tashkil etiladi. Bu haqda Adliya vazirligi'xabar berdi.Maʻlum qilinishicha, prezident farmoni bilan chiqindilar bilan ishlash masalalarida aholi va sanitar tozalash korxonalari oʻrtasida bogʻlovchi boʻgʻin sifatida Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi negizida Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tashkil etiladi.Farmonga koʻra, chiqindil
Markaziy bank raisiga yangi oʻrinbosar tayinlandi
Prezident farmoni bilan Abror Mirzo Olimov Markaziy bank raisi oʻrinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati'xabar berdi.Abror Mirzo Olimov zimmasiga xalqaro hamkorlik, valyutani tartibga solish, xalqaro zahiralarni boshqarish, qimmatbaho metallarni saqlash va ular bilan ishlash, moliya-iqtisodni yuritish, amaliyot faoliyatiga rahbarlik vazifalari yuklatildi. Shuningdek, u Respublika Valyuta birjasi ishini muvofiqlashtiradi.Abror Mirzo Olimov 1988-yilda tugʻilgan. 2010-yi