Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga amaliy tashrifi yakunlandi
Sammit doirasida O'zbekiston yetakchisi Yevropa kengashi Raisi Sharl Mishel, Finlyandiya Prezidenti Aleksandr Stubb, Chernogoriya Prezidenti Yakov Milatovich, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil-Reno Basso, Islom taraqqiyot banki prezidenti Muhammad al-Jassir, ICESCO bosh direktori Salim al-Malik, Yashil iqlim fondi ijrochi direktori Mafalda Duerte va Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri, Global o'zgarishlar instituti raisi Toni Bler bilan uchrashuvlar o'tkazdi.
Tashrif dasturining ikkinchi kuni, 13-noyabrda Prezidentimiz O'zbekiston, Qozog'iston va Ozarbayjon o'rtasida 'yashil' energiyani rivojlantirish va uzatish sohasida strategik sheriklik to'g'risidagi uch tomonlama bitimni imzolash marosimida ishtirok etdi.
Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashuv bo'lib o'tdi, uning yakunida davlat rahbarlari qo'shma fabrikani ishga tushirdilar.
BMT iqlim sammiti doirasida Chexiya Bosh vaziri Petr Fiala, Gretsiya Bosh vaziri Kiriakos Mitsotakis, Jahon savdo tashkiloti bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala va Global ekologik fond bosh direktori Karlos Rodriges bilan uchrashuvlar o'tkazildi.
Prezidentimiz O'zbekistonning COP29dagi Milliy pavilonini ham ko'zdan kechirdi.
Tashrif tadbirlari yakunlangach, davlatimiz rahbari Toshkentga jo'nab ketdi. Haydar Aliyev nomidagi xalqaro aeroportda Prezidentimiz va rafiqasini Ozarbayjon adliya vaziri Farid Ahmedov va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo'ydi.
Prezidentning Oliy Majlis Senati aʼzolarini tayinlash toʻgʻrisidagi farmoni eʼlon qilindi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining FarmoniOʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 92-moddasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 75-moddasiga muvofiq:Ziyo Azamat Hamid oʻgʻli ' Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktoriYoʻlchiyeva Munojatxon Abduvaliyevna ' Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati instituti professoriKoʻchimov Abdusaid Koʻchimovich ' Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktoriRafiqov Qudratilla M
Oʻzbekistonda Marburg virusi xavfi sabab nazorat kuchaytirildi
Oʻzbekistonda marburg virusi isitmasini oldini olish va uning ehtiyot choralari kuchaytirilmoqda. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati'xabar berdi.Bildirilishicha, Oʻzbekistonda bu kasallik boʻyicha 'jiddiy xavotirga oʻrin yoʻq'. Shunday boʻlsa ham davlat chegarasini kesib oʻtish joylarida faoliyat yuritayotgan sanitariya nazorat punktlarining (SNP) hushyorligi oshirilgan.Xususan, marburg isitmasi bilan kasallanishni oldini olish maqsadida:Maʼlumot
Namanganda sayyohlik xizmatlari eksporti 190,8 million dollarga yetdi
Qudratilla NAJMIDDINOV/'Xalq soʻzi'. Oʻzining goʻzal tabiati, uzoq tarixga ega osori-atiqalari bilan sayohat ishqibozlarini chorlab kelgan Namanganda bugun 300 ga yaqin turistik manzillar faoliyat koʻrsatmoqda. Joriy yilning oʻtgan davrida ularga yetti millionga sayyohlar tashrif buyurib, xizmatlar hajmi 370 million AQSH dollaridan ortdi. Ushbu koʻrsatkichning 190,8 million dollari 600 mingga yaqin xorijiy fuqarolar hissasiga toʻgʻri keladi.Aytish lozimki, sohani rivojlantirishning istiq
Toshkent — Buxoro — Toshkent yoʻnalishida yangi poyezd qatnovi yoʻlga qoʻyiladi
Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan Toshkent ' Buxoro ' Toshkent yoʻnalishida yangi poyezd qatnovi yoʻlga qoʻyilishi rejalashtirilgan. Bu haqda 'Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi' AJ axborot xizmati xabar berdi.Qayd etilishicha, harakat tarkibi 12 ta vagondan iborat, bundan 2 ta VIP, 4 ta biznes, 4 ta ekonom, 1 ta restoran va 1 ta dizel vagonlari bor. Biznes-klass oʻrindiqlari yoʻnalish boʻyicha oʻzgaradi. Hozirda poyezd Toshkent ' Buxoro ' Toshkent yoʻnalishida sinovdan