calendar 18 Nov 04:57
eye 9
comments 0
comments Manba: xs.uz

Ark qoʻrgʻonidan qabr toshi boʻlagi topildi

image
Istam IBROHIMOV/'Xalq soʻzi'. Buxorodagi qadimiy Ark qoʻrgʻonida taʼmirlash-tiklash ishlarini olib borayotgan ustalar qabr toshi parchasiga duch kelishdi. Tabiiyki, bu topilma bizni ham qiziqtirib qoʻydi.

' Uzoq yillik faoliyatim davomida shunga ishonch hosil qildimki, Buxoroning har bir qarich tuprogʻi muqaddas, ' deydi 74 yoshli restavrator-usta Karim Tolibov. ' Men butun boshli uy-joylar, binolarning poydevori ostidan sagʻana toshlari chiqdi, deyishsa sira ajablanmayman. Manbalar shahrimizda XX asr boshlariga qadar oʻttizdan ziyod qadimiy qabriston boʻlganidan xabar beradi. Hozir ham eski shaharning tor koʻchalari boʻylab yursangiz yoʻl cheti yoki hovlilarda avliyolar qabrini koʻrasiz. Shogirdlarimiz tomonidan topilgan tosh parchasiga kelsak, undagi yozuvni oʻqish foydadan xoli emas.

Keksa restavrator maslahatiga amal qilib, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti yetakchi ilmiy xodimi, sharqshunos, manbashunos, tarix fanlari doktori Komiljon Rahimovga murojaat qildik. Buxoro tarixi, xususan, tasavvuf ilmini chuqur oʻrganayotgan olim bu qaysidir bir amirning qabrtoshi ekanligini, arab tilida goʻzal suls xatida bitilganini, afsuski, unda ism-sharif saqlanmaganini, faqat epitet, yaʼni oʻsha shaxsning fazilatlari tasvirlangan soʻzlarning ayrimlari bizgacha yetib kelganini taʼkidladi.

' Tosh parchasida (Hazal ' mar) qad al-amir al-amjad... ad-davlat vad-din...' soʻzlarini oʻqish mumkin, ' deydi K. Rahimov. ' Tarjimasi 'Bu qabrtosh buyuk amir... davlat va din ( suyanchi)...' dan iborat. Boshqa soʻzlar oʻchib ketgan. Shuning uchun ular oʻrniga nuqtalar qoʻyildi.

Olim shu topilma bahonasida joʻyali bir taklifni ham oʻrtaga tashladi.

' Buxoro davlat muzey-qoʻriqxonasida patnis, kosa-tovoq, choydoʻsh, matoga tushirilgan bitiklar, yozuvli ashyolar koʻp, ' deydi u. ' Ularni oʻrganish, tadqiq qilish va shular asosida kitob-albom tayyorlash foydadan xoli emas. Shunday qilinsa, xalqimiz boy maʼnaviy merosining ajralmas bir qismi sanalgan bu yozuvlar mazmun-mohiyatidan nafaqat bugungi, balki kelgusi avlodni ham bahramand etgan boʻlur edik. Ajdodlarimizning turmush tarzi, anʼana va urf-odatlari haqidagi tasavvurlarimiz kengayardi. Bu xorijiy sayyohlarda ham qiziqish uygʻotishi tayin.

Bu oʻrinli taklif, albatta. Soha masʼullari shu haqda oʻylab koʻrishadi, degan umiddamiz.

Darvoqe, olimning aytishicha, restavrator-ustalar tomonidan topilgan tosh poligrafik jihatdan XIII asrga daxldor tuyulyapti. Binobarin, u qadr-u qiymatli ashyo sifatida muzey eksponatlari qatoridan oʻrin olsa ajab emas.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Nov 04:58
 
9
0
xs.uz

Prezident energiya taʼminoti boʻyicha bajarilgan ishlar va rejalarni koʻrib chiqdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 15-noyabr kuni aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya bilan uzluksiz ta'minlash, soha korxonalarida samaradorlikni oshirish masalalari bo'yicha yig'ilish o'tkazdi.Bu borada 10-iyun kuni bo'lib o'tgan videoselektor yig'ilishida vazifalar belgilangan edi. Mutasaddilar shu asnoda amalga oshirilgan ishlar, kuz-qish mavsumiga ko'rilgan tayyorgarlik to'g'risida axborot berdi.Qayd etilganidek, aholi va iqtisodiyot tarmoqlarining o'sib borayotgan talabiga mos hajmda gaz

09 Oct 12:39
 
39
0
xs.uz

“Avitsenna” nomli milliy brend yaratiladi. U qaysi sohani qamrab oladi?

Shavkat Mirziyoyevning 'Oʻzbekiston Respublikasida tibbiy va sogʻlomlashtirish turizmini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida'gi Qarori qabul qilindi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar berdi.Xabar qilinishicha, qarorga muvofiq, 'Tibbiy xizmatlar mehmondoʻstligi' ('Medical service hospitality') dasturi amalga oshiriladi. Shuningdek, bu orqali 'Avitsenna' nomi ostida Oʻzbekistonning tibbiy va sogʻlomlashtirish turizmi brendi ishlab chiqiladiBundan ta

11 Nov 03:17
 
17
0
xs.uz

Qashqadaryodagi xususiy klinikada shifokorning aybi bilan bemor ayol vafot etdi

Uning bizga maʼlum qilishicha, joriy yilning 6-noyabr kuni soat 11:00 larda 28 yoshli N.B. (ayol) xususiy poliklinikaga anginasi shishib ketgani boʻyicha murojaat qilib kelgan. Ayolning tomogʻi shishib, yiringlagani sababli xususiy poliklinika LOR shifokori J.I. uning tomoq qismiga 'Seftriakson' va 'Deksametazon' dori vositalari aralashmasidan inyeksiya yuborgan.Shu vaqtda bemor ayolning tili tortilib ketgan. Koʻrsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan uning sogʻligʻi yomonlashib, hodisa joyid