Yangiyoʻlda 5 tup daraxt kesgan shaxs tabiatga 533 mln soʻm zarar yetkazdi
Maʼlum qilinishicha, viloyat Ekologiya boshqarmasi inspektorlari tomonidan Yangiyoʻl tumani Bunyodkor mahallasida ekologik nazorat tadbirlari oʻtkazilgan. Jarayonda mahalla hududida fuqaro B.N. tomonidan 5 tup daraxt ' 2 tup qayragʻoch va 3 tup yongʻoq hech qanday ruxsatnomasiz kesib tashlanganligi aniqlangan.
Holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 79-moddasi (Daraxtlarni, butalarni, boshqa oʻsimliklarni va nihollarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yoʻq qilish yoki boshqa joyga koʻchirib oʻtkazish) 1-qismiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Shuningdek, tabiatga yetkazilgan zarar miqdori 533 mln soʻm deb baholangan.
Taʼkidlanishicha, holatga boʻyicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy baho berish uchun Toshkent viloyati prokuraturasiga yuborilgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev saylovda ovoz berdi
Bugun mamlakatimizda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari kengashlariga saylovlar boʻlib oʻtmoqda.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oila aʼzolari bilan birgalikda poytaxtimizning Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 59-saylov uchastkasiga tashrif buyurib, ovoz berishda ishtirok etdi.Mamlakatimiz Konstitutsiyasining 128-moddasida fuqarolar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga ega ekani belgilangan. Ovoz berish huquqi, oʻz xohish-irod
Saylov jarayonlari boshlandi — Fotoreportaj
Toshkent shahri Sergeli tumanidagi tashkil etilgan 170-saylov uchastkasida ovoz berish jarayonlari boshlandi. Ma'lumot uchun 170-saylov uchastkasida saylovchilar soni 1453 nafarni tashkil qiladi. 27 nafar saylovchi muddatdan oldin ovoz bergan.Foto: Sirojiddin Vohidov, Yunus Bo'riyev / 'Xalq so'zi''
Endi ayrim fuqarolar jamoat transportidan bepul foydalanishi mumkin boʻladi
Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan ayrim qonun hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.Qonun bilan ayrim qonunlarga Ijtimoiy himoya milliy agentligining zimmasiga dafn etish uchun nafaqani berish vazifasini yuklatishga, uning xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlarini belgilashga, shuningdek fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarga va maʼmuriy sudlarga murojaat qilishda davlat bojini toʻlashdan ozod etishga taalluqli oʻzgartirishlar kirit
Demirsad olmasining xaridorgirligi siri nimada?
Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Soʻx tumanining mashhur Chashma bulogʻi bir necha qishloqlarga obihayot baxsh etib, meva va sabzavotlarga oʻzgacha taʼm beradi. Shu bois Soʻxda yetishtiriladigan olma, nok, oʻrik, shaftoli kabi mevalar, kartoshka singari sabzavot mahsulotlari juda xaridorgir.Shu bois ichki bozor ehtiyojidan ortgan meva-sabzavotlar qoʻshni davlatlarga ham eksport qilinadi. Ayni paytda tumanda yurtimiz bozorlariga yiliga 15 ming tonnadan ziyod olma yetkazib beriladi. Shu kunla