Shu bois ichki bozor ehtiyojidan ortgan meva-sabzavotlar qoʻshni davlatlarga ham eksport qilinadi. Ayni paytda tumanda yurtimiz bozorlariga yiliga 15 ming tonnadan ziyod olma yetkazib beriladi. Shu kunlarda Soʻxda olma hosilini yigʻib olish mavsumi uyushqoqlik bilan olib borilmoqda.
' Qishlogʻimiz Chashma bulogʻi suvidan ichadi, ' deydi Demirsad qishlogʻida istiqomat qiluvchi Gʻayratjon Doʻstmatov. ' Demirsad olmasini bir tishlasangiz, yuzingizga suvi sachraydi, mazasiga gap yoʻq. Bu olmani tabiiy usulda qish-bahor mavsumiga ham sifatli saqlash mumkin.
Bu oila aʼzolari xonadondagi 8 sotix tomorqadan joriy yilda 2 tonna olma hosili olishni maqsad qilgan. Chorvachilik, kartoshka yetishtirish oilaning yana bir daromad manbai hisoblanadi.
Aytish joiz, Demirsad qishlogʻi bogʻbonlari Soʻxda olma yetishtirish borasida eng tajribali mirishkorlar sifatida tanilgan.
Madaniyatlarimiz uzviy, qadriyatlarimiz hamohang
Mirishkor tumanining Jeynov mahallasi nafaqat tuman yoki viloyat, balki mamlakatimiz miqyosidagi eng nomdor mahallalardan biri sanaladi. Bu maskanda mamlakatimizdagi arab diasporasi vakillarining eng katta guruhi yashaydi. Ular orasidan koʻplab davlat va jamoat arboblari, mashhur olimlar, ijodkorlar yetishib chiqqan. Oʻzbekiston Qahramoni Murodilla Saidov ham mahallamizning faxri hisoblanadi.Mahallamizda 1991-yilda Arab milliy madaniy markazi tashkil etilgan boʻlib, bu markaz millatimizning o
Ayrim tadbirkorlik subyektlari ragʻbatlantiriladi
Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan Soliq kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanalida xabar berildi. Qonun bilan yuqori barqarorlik reytingiga ega boʻlgan tadbirkorlik subyektlari uchun ragʻbatlantirish choralari joriy etilishini nazarda tutuvchi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilmoqda: - yuqori barqarorlik reytingiga ega boʻlgan tadbirkorlik subyektlariga nisbatan soliqlar boʻyicha (bundan QQS mustasno) ortiqcha toʻlangan summa
Dam olish kunlari uchun ob-havo prognozi eʼlon qilindi
Ushbu kunlarda Respublika hududida yogʻingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin.Toshkentda ham yogʻingarchilik kutilmaydi. Faqat kechasi va ertalab baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin.Harorat asosan kechlari 0-3 daraja iliq, kunduz kunlari 16-noyabrda 11-13 daraja iliq, 17-noyabrda 14-16 daraja iliq boʻladi.
Kichik halqa avtomobil yoʻlining bir qismi vaqtincha yopildi
Maʼlum qilinishicha, koʻcha bugun, 16-noyabr kuni 08:00 dan 24:00 gacha yopiladi.Bunga Olmazor tumanida olib boriladigan yoʻl taʼmirlash ishlari sabab boʻladi.