calendar 18 Nov 04:58
eye 9
comments 0
comments Manba: xs.uz

Ayrim tadbirkorlik subyektlari ragʻbatlantiriladi

image
Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan Soliq kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanalida xabar berildi. Qonun bilan yuqori barqarorlik reytingiga ega boʻlgan tadbirkorlik subyektlari uchun ragʻbatlantirish choralari joriy etilishini nazarda tutuvchi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilmoqda: - yuqori barqarorlik reytingiga ega boʻlgan tadbirkorlik subyektlariga nisbatan soliqlar boʻyicha (bundan QQS mustasno) ortiqcha toʻlangan summani qaytarish 3 kunlik muddatda amalga oshiriladi; - reyting boʻyicha 'AAA' toifadagi tadbirkorlik subyektlariga nisbatan esa soliq tekshiruvlari oʻtkazilmaydi (bundan jinoiy ishlar doirasida oʻtkaziladigan tekshiruvlar mustasno) va mazkur toifadagi tadbirkorlik subyektlariga QQS summasi oʻrnini qoplash tekshiruvlar oʻtkazilmasdan 1 kunlik muddatda amalga oshiriladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

29 Oct 20:49
 
19
0
xs.uz

Bolalarga nisbatan oilaviy zoʻravonlik sodir etganlik uchun javobgarlik belgilandi

Qonunga koʻra, Jinoyat kodeksiga va Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga bolalarga nisbatan oilaviy zoʻravonlik sodir etganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda.Shuningdek, Jinoyat-protsessual kodeksiga oilaviy (maishiy) zoʻravonlik bilan bogʻliq ishlar yuzasidan yarashuv toʻgʻrisidagi ariza faqat sud muhokamasi bosqichida berilishi mumkinligi belgilanmoqda.Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

09 Oct 12:39
 
43
0
xs.uz

Oʻzbekistonda Marburg virusi xavfi sabab nazorat kuchaytirildi

Oʻzbekistonda marburg virusi isitmasini oldini olish va uning ehtiyot choralari kuchaytirilmoqda. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati'xabar berdi.Bildirilishicha, Oʻzbekistonda bu kasallik boʻyicha 'jiddiy xavotirga oʻrin yoʻq'. Shunday boʻlsa ham davlat chegarasini kesib oʻtish joylarida faoliyat yuritayotgan sanitariya nazorat punktlarining (SNP) hushyorligi oshirilgan.Xususan, marburg isitmasi bilan kasallanishni oldini olish maqsadida:Maʼlumot

11 Nov 03:17
 
12
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev: Suv xoʻjaligi sohasida keskin oʻzgarish qilishning birdan-bir yoʻli – raqamlashtirish

Nasos stansiyalariga 1,7 mingta 'onlayn' nazorat qurilmasi va 12 mingta 'aqlli suv' qurilmasi olib kelingan. Lekin ulardan olinadigan maʼlumotlarni jamlab, tahlil qiladigan axborot tizimi yoʻq.Shu bois, Suv xoʻjaligi vazirligi huzurida Suv xoʻjaligini raqamlashtirish markazi tashkil etiladi. Ushbu markaz suv isteʼmoli va uni hisobini yuritishning yagona axborot tizimini ishga tushiradi.Hozirda suv soligʻidan tushumning 40 foizi tuman suvchilarida qolmoqda. Lekin, 27 ta tumanda undirilgan s

11 Nov 03:18
 
17
0
xs.uz

Ayrim texnik vositalar soliq va bojdan ozod qilinadi

Qonun bilan Soliq kodeksiga maxsus vakolatli davlat organi tomonidan olinadigan tezkor qidiruv tadbirlari tizimi texnik vositalarining respublika hududiga olib kirilishini soliq solishdan ozod qilishni nazarda tutuvchi qoʻshimchalar, shuningdek, mazkur texnik vositalar aksiz soligʻi solinadigan obyekt hisoblanmasligiga doir qoʻshimcha kiritilmoqda.Bojxona kodeksiga yuqorida koʻrsatilgan texnik vositalarni boj toʻlashdan ozod qilish tarzida tarif imtiyozlari berilishini nazarda tutuvchi qoʻ