calendar 11 Nov 03:18
eye 10
comments 0
comments Manba: xs.uz

Propanning qimmatlashishi cheklanadi. Bu haqda allaqachon Raqobat qoʻmitasi qaror chiqargan

image


Oʻzbekistonda suyultirilgan gaz narxining keskin oshishiga qarshi choralar koʻrildi. 6-noyabrdan boshlab Raqobat qoʻmitasi propan narxining oshishiga cheklov oʻrnatgani aytilmoqda. Ushbu cheklov Respublika tovar xom-ashyo birjasida yuqori chegara belgilanib joriy qilinishi rejalashtirilgan. Bu haqda 'Spot' xabar berdi.

Maʼlum boʻlishicha, Qoʻmitaning 5-noyabrdagi qaroriga binoan, suyultirilgan gaz narxining oshishiga 20 foiz miqdorida cheklov (spred) joriy etildi. Bu cheklov sotuvchining boshlangʻich narxiga nisbatan hisoblanadi. Bozor ishtirokchilarining 'Spot'ga bergan maʼlumotiga koʻra, bu qaror narxlar oʻsishining oldini olishga xizmat qiladi.

Qayd etish kerakki, soʻnggi savdo kunlarida propan narxi sezilarli darajada qimmatlashib, AI-80 benzini narxidan ham oshib ketdi. 5-noyabrda propanning bir tonnasi uchun narx 10,1 million soʻmga yetgan. Bu oʻz navbatida, avtomobil yonilgʻisi narxlari bilan raqobatni kuchaytirmoqda.

Narxlar oshishiga propan taklifining kamayishi ham taʼsir qilgan boʻlishi mumkin. 1-noyabrda birjaga 2 ming tonnadan ortiq propan qoʻyilgan boʻlsa, 5-noyabrda bu hajm 1,4 ming tonnaga qisqargan. Bu holat narxlarning sunʼiy ravishda yuqori darajada saqlanishiga sabab boʻlmoqda.

Energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudov oktyabr oyida narxlarning oshishini ishlab chiqarish darajasining yetarli emasligi va propanda ishlaydigan avtomobillar sonining oshishi bilan bogʻlagan edi.

Avvalroq, prezident propan quyish shoxobchalari oʻrtasida raqobat muhitini yaratish chorasini koʻrishni topshirgandi.

Avvalroq, Oʻzbekiston Rossiya yoki Xitoyning qaysi biri bilan kattaroq savdo aylanmasiga egaligi haqida xabar berilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:36
 
35
0
postda.uz

ARIMANI TO‘LAMAYMAN DЕB...

Chortoq tumani IIB JXX HPB profilaktika inspektori, mayor Eldorbek Ne’matov Zafar Diyor nomli mahallada yashovchi I.M. «Damas» rusumli avtomashinani tegishli hujjatlarsiz bosh­qarib kelayotganligini aniqladi. Fuqaroga nisbatan qonuniy chora ko‘rish maqsadida tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib, avtomashinasini vaqtincha jarima maydonchasiga joylashtirgandan bir hafta vaqt o‘tgach, fuqaro avtomashinasini jarima maydonchasidan chiqarib berish va o‘ziga nisbatan qonuniy chora ko‘

18 Nov 04:58
 
8
0
xs.uz

Oʻzbekistonda dollar kursi yana koʻtarildi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 12,17 soʻmga oshdi va 12 812,30 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 65,33 soʻmga koʻtarilib, 13 532,35 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 0,65soʻmga pastlab, 128,37 soʻmni tashkil qildi.

29 Oct 20:49
 
28
0
xs.uz

Oʻzbekistonda dollar kursi koʻtarildi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'12,76'soʻmga oshdi va'12 817,85'soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi'24,61'soʻmga tushib,'13'865,07'soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli'0,15'soʻmga pastlab,'132,95'soʻmni tashkil qildi.

09 Oct 12:36
 
36
0
postda.uz

TAJRIBADA ILK BOR

Joriy yilning 27-oktabr kuni mamlakatimizda muhim siyosiy jarayon – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda xalq deputatlari mahalliy kengashlari deputatlari saylovi bo‘lib o‘tadi. Ayni paytda deputatlikka siyosiy partiyalar tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlar ro‘yxatga olindi. Ta’kidlash kerakki, milliy saylov tajribamizda ilk marotaba 5 ta siyosiy partiya tomonidan barcha darajadagi deputatlik o‘rinlariga 100 foiz nomzodlar ko‘rsatildi. Xususan, siy