Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni saylovdagi gʻalabasi bilan tabrikladi
Amerika Qoʻshma Shtatlarining saylangan Prezidenti
Donald Jon Tramp
Janobi Oliylariga
Muhtaram Tramp Janobi Oliylari!
Sizni Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti lavozimiga saylanganingiz munosabati bilan chin dildan samimiy muborakbod etib, oʻzimning qizgʻin tabriklarimni va eng ezgu tilaklarimni yoʻllashdan behad mamnunman.
Saylovlardagi ishonchli gʻalabangiz Sizdek boy tajribali va mohir siyosatchining AQSHni xalqaro maydondagi nufuzi va iqtisodiy qudratini oshirish, global taraqqiyot va farovonlikni taʼminlashga qaratilgan dastur va rejalaringiz Amerika xalqi tomonidan faol qoʻllab-quvvatlanganini yana bir bor yaqqol tasdiqladi.
Biz Amerika Qoʻshma Shtatlarining mamlakatimiz mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan oʻzgarmas pozitsiyasini, ortga qaytmas tus olgan tub islohotlarimizga koʻrsatib kelayotgan doimiy koʻmagini alohida qadrlaymiz.
Shuni alohida taʼkidlashni istardimki, aynan Sizning ilk prezidentlik davringizda, 2018-yil may oyida Oq uyda oʻtkazgan sermahsul muzokaralarimizdan keyin Oʻzbekiston va AQSH oʻrtasidagi strategik sheriklikning yangi davri boshlangan edi.
Sizning shaxsiy eʼtiboringiz bilan mamlakatlarimiz oʻrtasidagi munosabatlar misli koʻrilmagan darajada rivojlanib, oʻzaro ishonch, hurmat va bir-birini qoʻllab-quvvatlashga asoslangan siyosiy muloqotlarimiz yanada mustahkamlandi, savdo-iqtisodiy, xavfsizlik, harbiy-texnikaviy va gumanitar aloqalar jadallashdi.
Yuqori darajadagi vakillarimiz va qonun chiqaruvchilar oʻrtasidagi faol tashriflar almashuvlari natijasida hamkorligimiz sifat va mazmun jihatidan yuksak bosqichga koʻtarildi.
Hurmatli Janobi Oliylari!
Biz bundan keyin ham Sizning boshchiligingizdagi AQSH Administratsiyasi bilan doʻstona aloqalarni izchil davom ettirishga, oliy va yuqori darajada erishilgan barcha kelishuvlarni toʻliq amalga oshirishdan manfaatdormiz.
Shuningdek, 'S5+1' platformasi va 'Markaziy Osiyo davlatlari bilan AQSH oʻrtasida savdo va investitsiyalar boʻyicha hadli Bitimi' doirasida mintaqaviy hamkorlikni yanada kengaytirish tarafdorimiz.
Aminmanki, birgalikdagi qatʼiy saʼy-harakatlarimiz bilan siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, xavfsizlik, bank-moliya, energetika, transport, qishloq xoʻjaligi, raqamlashtirish, innovatsiya, taʼlim va boshqa sohalardagi sherikligimiz qoʻshma loyihalar bilan samarali boyib boraveradi.
Ishonchim komilki, kelgusida Afgʻonistonda barqaror tinchlikni taʼminlash va uning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishiga hissa qoʻshish oʻzaro hamkorligimizning ajralmas qismiga aylanadi.
Uzoq muddatli va keng qamrovli munosabatlarimizni yangi bosqichga koʻtarish maqsadida Siz, Janobi Oliylarining Oʻzbekistonga rasmiy tashrifingizni kutib qolamiz.
Fursatdan foydalanib, Sizni ushbu tarixiy gʻalabangiz bilan yana bir bor chin qalbdan qutlab, mustahkam salomatlik, baxt-saodat, boshlanayotgan masʼuliyatli faoliyatingizda yangi omadlar, doʻst Amerika xalqiga esa tinchlik-totuvlik va bardavom taraqqiyot tilab qolaman.
Samimiy ehtirom ila,
Shavkat Mirziyoyev,
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
Bilimli oʻquvchilar munosib ragʻbatlantirildi
Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'. Andijon shahridagi 43-umumtaʼlim maktabining 10-sinf oʻquvchisi Dilobar Abduvahobova 8,5 ballik IELTS sertifikatini qoʻlga kiritdi. Bu Andijon farzandlari ichida hozirgacha kuzatilgan eng yaxshi natija hisoblanadi.Andijon shahridagi 4-umumtaʼlim maktabining 4-sinf oʻquvchisi Muhammadsaid Tursunov aynan shu til fanidan 7.0 ballik IELTS sertifikatiga ega boʻldi. Bu bilan u dunyoning 140 dan ortiq davlatida grant asosida oʻqish va Oʻzbekistondagi ingliz tili
Shavkat Mirziyoyev Moskvaga tashrif buyuradi
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga tashrif buyuradi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.Qayd etilishicha, Prezident 7'8-oktyabr kunlari Moskvada boʻladi.Davlatimiz rahbari MDH Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi doirasidagi tadbirlarda ishtirok etadi.
Kelajak bilan yuzma-yuz
Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi va Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligidagi 'Maʼrifat ulashib' loyihasi joylarda tahsil olayotgan yoshlarimiz qalbida ezgulik va bunyodkorlik tuygʻularini uygʻotishda muhim omil boʻlmoqda. Koʻnglimizda ana shu maqsadlarni amalga oshirish uchun Fargʻona viloyatidagi bir qancha oliy oʻquv yurtlarida muloqotlar oʻtkazishga musharraf boʻldik. Markaziy Osiyo tibbiyot universiteti tashkil etilganiga uch yil boʻlibdi. Ushbu dargoxda sifa
Surxondaryo viloyati mahalla uyushmasiga boshliq tayinlandi
Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'.'Abduraimov Saydulla Berdishukurovich Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.S.Abduraimov 1980-yilda Angor tumanida tugʻilgan. 2004-yilda Termiz davlat universitetini, 2010-yilda Oʻzbekiston milliy universitetini tamomlagan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi ' matematika, yurisprudensiya.Mehnat faoliyati davomida IIB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi, Adliya boshqarmasi va 'Vatanparvar' tashkiloti