calendar 11 Nov 03:17
eye 18
comments 0
comments Manba: xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni saylovdagi gʻalabasi bilan tabrikladi

image
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-noyabr kuni Donald Trampga Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti saylovida gʻalaba qozonib, ushbu lavozimga saylangani munosabati bilan tabrik yoʻlladi:

Amerika Qoʻshma Shtatlarining saylangan Prezidenti

Donald Jon Tramp

Janobi Oliylariga

Muhtaram Tramp Janobi Oliylari!

Sizni Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti lavozimiga saylanganingiz munosabati bilan chin dildan samimiy muborakbod etib, oʻzimning qizgʻin tabriklarimni va eng ezgu tilaklarimni yoʻllashdan behad mamnunman.

Saylovlardagi ishonchli gʻalabangiz Sizdek boy tajribali va mohir siyosatchining AQSHni xalqaro maydondagi nufuzi va iqtisodiy qudratini oshirish, global taraqqiyot va farovonlikni taʼminlashga qaratilgan dastur va rejalaringiz Amerika xalqi tomonidan faol qoʻllab-quvvatlanganini yana bir bor yaqqol tasdiqladi.

Biz Amerika Qoʻshma Shtatlarining mamlakatimiz mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan oʻzgarmas pozitsiyasini, ortga qaytmas tus olgan tub islohotlarimizga koʻrsatib kelayotgan doimiy koʻmagini alohida qadrlaymiz.

Shuni alohida taʼkidlashni istardimki, aynan Sizning ilk prezidentlik davringizda, 2018-yil may oyida Oq uyda oʻtkazgan sermahsul muzokaralarimizdan keyin Oʻzbekiston va AQSH oʻrtasidagi strategik sheriklikning yangi davri boshlangan edi.

Sizning shaxsiy eʼtiboringiz bilan mamlakatlarimiz oʻrtasidagi munosabatlar misli koʻrilmagan darajada rivojlanib, oʻzaro ishonch, hurmat va bir-birini qoʻllab-quvvatlashga asoslangan siyosiy muloqotlarimiz yanada mustahkamlandi, savdo-iqtisodiy, xavfsizlik, harbiy-texnikaviy va gumanitar aloqalar jadallashdi.

Yuqori darajadagi vakillarimiz va qonun chiqaruvchilar oʻrtasidagi faol tashriflar almashuvlari natijasida hamkorligimiz sifat va mazmun jihatidan yuksak bosqichga koʻtarildi.

Hurmatli Janobi Oliylari!

Biz bundan keyin ham Sizning boshchiligingizdagi AQSH Administratsiyasi bilan doʻstona aloqalarni izchil davom ettirishga, oliy va yuqori darajada erishilgan barcha kelishuvlarni toʻliq amalga oshirishdan manfaatdormiz.

Shuningdek, 'S5+1' platformasi va 'Markaziy Osiyo davlatlari bilan AQSH oʻrtasida savdo va investitsiyalar boʻyicha hadli Bitimi' doirasida mintaqaviy hamkorlikni yanada kengaytirish tarafdorimiz.

Aminmanki, birgalikdagi qatʼiy saʼy-harakatlarimiz bilan siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, xavfsizlik, bank-moliya, energetika, transport, qishloq xoʻjaligi, raqamlashtirish, innovatsiya, taʼlim va boshqa sohalardagi sherikligimiz qoʻshma loyihalar bilan samarali boyib boraveradi.

Ishonchim komilki, kelgusida Afgʻonistonda barqaror tinchlikni taʼminlash va uning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishiga hissa qoʻshish oʻzaro hamkorligimizning ajralmas qismiga aylanadi.

Uzoq muddatli va keng qamrovli munosabatlarimizni yangi bosqichga koʻtarish maqsadida Siz, Janobi Oliylarining Oʻzbekistonga rasmiy tashrifingizni kutib qolamiz.

Fursatdan foydalanib, Sizni ushbu tarixiy gʻalabangiz bilan yana bir bor chin qalbdan qutlab, mustahkam salomatlik, baxt-saodat, boshlanayotgan masʼuliyatli faoliyatingizda yangi omadlar, doʻst Amerika xalqiga esa tinchlik-totuvlik va bardavom taraqqiyot tilab qolaman.

Samimiy ehtirom ila,

Shavkat Mirziyoyev,

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti


Doʻstlaringiz bilan ulashing

29 Oct 20:49
 
24
0
xs.uz

Yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslardan yoʻqolgan ID-kartasini almashtirishda davlat boji undirilmaydi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan ayrim qonun hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.Qonunga koʻra, 'Davlat boji toʻgʻrisida'gi Qonunga oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar, yolgʻiz yashovchi keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar yoʻqolgan yoxud yaroqsiz holga kelgan ID-kartasini yoki biometrik pasportini almashtirishda davlat bojini toʻlashdan ozod qilinishini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda. Shuningdek, 'Inson' ijtimoiy xi

10 Oct 10:49
 
35
0
xs.uz

Oʻzaro manfaatli hamkorlik

Gʻ.Otajonov/'Xalq soʻzi'. Fransiya taraqqiyot agentligining va Yevropa Investitsion Banki vakillari Qoraqalpogʻistonga tashrif buyurdi. Delegatsiya vakillari dastlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi F.Ermanov qabulida boʻlib, 'Qoraqalpogʻiston Respublikasida 'Suyenli kanali tizimini rekonstruksiya qilish' loyihasi boʻyicha oʻzaro fikr almashishdi.Shuningdek, Fransiya taraqqiyot agentligining va Yevropa Investitsion Banki vakillari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv x

10 Oct 16:28
 
53
0
xs.uz

“Milton” toʻfoni sabab AQSHdagi oʻzbekistonliklar ogohlikka chaqirildi

Joriy yilning 6-oktyabr kuni Florida hukumati 'Milton' toʻfoni yaqinlashib kelayotgani sababli shtatning 51 shahrida'favqulodda holat'eʼlon qilgan edi. Shu munosabat bilan Oʻzbekistonning AQSHdagi elchixonasi vatandoshlarga murojaat bilan chiqib, ehtiyot choralarini koʻrishga chaqirdi. Bu haqda 'Dunyo' axborot agentligi'xabar bermoqda.Unga koʻra, fuqarolar'shoshilinch yordam kerak boʻlsa, elchixonaning quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishi'mumkin:Shuningdek, toʻfon natijasida jabr

09 Oct 12:39
 
42
0
xs.uz

Choʻlponni yod etib...

Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'. Andijonlik bir guruh ijodkorlar Abdulhamid Sulaymon oʻgʻli Choʻlpon tavalludining 126-yilligi munosabati bilan uning Andijon shahridagi uy muzeyida boʻldi. Bu yerda shoirning hayoti va ijodiga bagʻishlangan eksponatlar bilan tanishdi.' Muzeyda Choʻlponning qalamiga mansub boʻlgan asarlarning haqiqiy qoʻlyozmasidan tortib uning qatl etilishiga doir rasmiy hujjatlarning nusxalarigacha oʻrin olgan, ' deydi Oʻzbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasining Andij