Yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslardan yoʻqolgan ID-kartasini almashtirishda davlat boji undirilmaydi

Qonunga koʻra, 'Davlat boji toʻgʻrisida'gi Qonunga oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar, yolgʻiz yashovchi keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar yoʻqolgan yoxud yaroqsiz holga kelgan ID-kartasini yoki biometrik pasportini almashtirishda davlat bojini toʻlashdan ozod qilinishini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda. Shuningdek, 'Inson' ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim toifadagi shaxslarni vaqtincha roʻyxatga olishda ham davlat boji undirilmaydi. Bundan tashqari, yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar davlat tomonidan ikkilamchi bozordan olingan uy-joyni ularning nomiga rasmiylashtirish uchun notarial harakatlarni amalga oshirishda davlat bojini toʻlashdan ozod qilinishi belgilanmoqda. Shu bilan birga, oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalarga, yolgʻiz yashovchi keksalarga va nogironligi boʻlgan shaxslarga homiylik qilish uchun yoʻnaltirilgan mablagʻlar soliq bazasini aniqlashda chegirib tashlanadigan xarajatlar jumlasiga kiritilishi nazarda tutilmoqda.
22-mart kuni qanday ob-havo kuzatilishi maʼlum qilindi
'Oʻzgidromet' 22-mart kuni qanday ob-havo kuzatilishini'maʼlum qildi.Toshkent'shahrida havo bir oz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-14 daraja iliq, kunduzi 25-27 daraja iliq boʻladi.Qoraqalpogʻiston'Respublikasi va'Xorazm'viloyatida havo bir oz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq boʻladi.Buxoro'va'Nav
Qarshida 585 quti noqonuniy tamaki mahsulotlari savdosining oldi olindi
Qashqadaryo viloyati Qarshi shaharida 105 million soʻmlik noqonuniy tamaki mahsulotlarining savdoga chiqarilishi oldi olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.Departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan Qarshi shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.T. 'Epica' rusumli avtomashinasida fuqaro R.K.ning tegishli xorijda ishlab chiqarilgan, aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda muomalaga
Prezident Andijonda taʼziyali xonadonga kirib oʻtdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Buloqboshi tumanida yigʻilish oʻtkazganidan soʻng yoʻlda keta turib, taʼziyali xonadonga koʻzi tushdi.Bu xonadonda oilaning tabarruk onaxoni ' Mamlakatxon aya Davronovaning vafot etgani munosabati bilan marosim boʻlayotgan edi.Davlat rahbari taʼziyada qatnashib, xonadon egalaridan koʻngil soʻradi, chuqur hamdardligini bildirib, sabr-toqat va bardosh tiladi.
Diqqat: Endi avtomobillar bilan bogʻliq qoidabuzarliklar “Road 24” ilovasi orqali tekshirilmaydi
Endilikda haydovchilar shaxsiy avtotransport vositalari bilan bogʻliq maʼlumotlarni 'Road 24' mobil ilovasi orqali bila olmaydilar. Bu haqida YHXX axborot xizmati boshligʻi Zoyir Yoʻldoshov maʼlum qildi.Bildirilishicha, 'Road 24' mobil ilovasi hamda YHXX oʻrtasidagi yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun belgilangan jarimalar toʻgʻrisida maʼlumot almashinuvi batamom toʻxtatilgan.Shuningdek, endilikda haydovchilardan 'Safe Road YHXX' ilovasini yuklab olish orqali shaxsiy avtomobili