Ikki viloyatda imtiyozli kredit mablagʻlarini oʻzlashtirgan shaxslar ushlandi
Shu kabi, Departamentning Andijon shahri boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro A.I. va boshqalar fuqaro S.M.ning ishonchiga kirib, unga tijorat banki filialidan 100 mln soʻm imtiyozli kredit ajratib berishini vaʼda qilib, uning turmush oʻrtogʻi YATT G.M.ning nomiga 100 mln soʻm imtiyozli kredit ajratilishiga erishib, ushbu mablagʻlarni 'R.N.' MChJ orqali naqdlashtirib olgani aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Oʻzboshimchalik noqonuniy yer egalariga qimmatga tushadi
Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'. Mamlakatimizda yer maydonlaridan foydalanish, ulardagi binolarni barpo etish, chegaralarini belgilash borasida maʼlum tartiblar ishlab chiqilgan boʻlsa-da, joylarda bu qoidalarga rioya etmaydiganlar hanuz uchrab turibdi. Buloqboshi tumanidagi 'Nur zamin' MFYda yashovchi Abdumannob Sodiqov oʻzi istiqomat qilayotgan hovliga yondosh hududda boʻlgan, tuman hokimligi zaxirasidagi yer maydonini oʻzboshimchalik bilan egallab olgan va bino qurgan. Shu tumanning 'Qum
Andijonda elektr energiyasi taʼminoti yaxshilandi
Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'. Qish fasli yaqinlashgani sari aholini elektr energiyasi taʼminoti bilan bogʻliq tashvishlari ortadi. Shu bois 'Hududiy elektr tarmoqlari' AJning Andijon hududiy filiali tomonidan 71 ta MFYda sohaga oid muammolarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Jumladan, Andijon shahridagi 'Bogʻi eram' MFYda 100 dan ortiq aholi xonadonlarida taʼminot sifati yaxshilandi.' Har yili kuz-qish mavsumida elektr energiyasi taʼminotida uzilishlar kuzatilardi, ' deydi ushbu m
“Oʻzgidromet” 4 viloyat hududida sel kelishi xavfi borligini eʼlon qildi
Joriy yilning 11 va 13-14-oktyabr kunlari kutilayotgan yomgʻirli ob-havo sabab, Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida sel xavfi eʼlon qilindi. Bu haqda 'Oʻzgidromet' xabar berdi.Qayd etilishicha, Respublika hududi boʻyicha yomgʻir suvlari toʻplanishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin. Shu munosabat bilan quyidagi hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi xavfi bor.Togʻoldi va togʻli hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvch
Oʻzbekistonning Afgʻonistondagi yangi elchisi tayinlandi
Oʻzbekistonning yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Oybek Usmonov Afgʻoniston poytaxtiga tashrif buyurdi.Diplomat 62 yoshda. Toshkent davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti)ning filologiya va sharqshunoslik fakultetini tamomlagan, 2020-2024-yillarda Pokistondagi elchi lavozimida ishlagan.Oybek Usmonov 1998-yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tizimida faoliyat yuritib, markaziy apparatda va mamlakatimizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida turli lavoziml