calendar 01 Nov 21:29
eye 24
comments 0
comments Manba: xs.uz

Ikki viloyatda kuchli taʼsir qiluvchi dorilar savdosi bilan shugʻullanganlar ushlandi

image
Fargʻona va Toshkent viloyatlarida kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti'xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Margʻilon shahri boʻlimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida Fargʻona shahri Maʼrifat MFY hududida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelgan fuqaro B.A. xaridorga 3 turdagi jami 990 ta kapsuladagi inson ruhiyatiga kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini 5,6 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi holat Departamentning Boʻka tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida Ohangaron shahri, Amir Temur koʻchasida oʻtkazilgan tezkor tadbirda ham aniqlangan. Dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelgan I.I. (muqaddam sudlangan) ismli fuqaro A.J.ga 100 dona 'Zardeks' nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini 4 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

01 Nov 21:29
 
21
0
xs.uz

Navoiy davlat universiteti tashkil etiladi

Hujjatga koʻra, Navoiy davlat pedagogika institutining barcha talabalari oʻqishini yangi oliygohda davom ettiradi. 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab bitiruvchilarga universitet diplomi beriladi.Kelasi oʻquv yilidan boshlab universitetda aniq va tabiiy fanlar, axborot texnologiyalari, sunʼiy intellekt, iqtisodiyot, biznes va turizm, investitsiyalarni boshqarish, qishloq xoʻjaligi, ekologiya va atrof-muhitni muhofazasi, logistika kabi yoʻnalishlarda kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi.Oʻqu

11 Nov 03:17
 
18
0
xs.uz

11 noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni: Yangi O‘zbekistonning yangi kasaba uyushmalari

Poytaxtimizdagi 'Chinobod plaza' sanatoriysi hududida yangi barpo etilgan O'zbekiston kasaba uyushmalari majlislar zalida 11 noyabr ' O'zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan ko'p yillardan beri ushbu tizimda mehnat qilib, bugungi kunda ham yosh avlod kamolotiga munosib hissa qo'shib kelayotgan soha faxriylari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi, uning hududiy kengashlari, tarmoq kasaba uyushmalari Respublika kengashlari, tasarrufdagi tash

29 Oct 20:49
 
22
0
xs.uz

Yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslardan yoʻqolgan ID-kartasini almashtirishda davlat boji undirilmaydi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan ayrim qonun hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.Qonunga koʻra, 'Davlat boji toʻgʻrisida'gi Qonunga oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar, yolgʻiz yashovchi keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar yoʻqolgan yoxud yaroqsiz holga kelgan ID-kartasini yoki biometrik pasportini almashtirishda davlat bojini toʻlashdan ozod qilinishini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda. Shuningdek, 'Inson' ijtimoiy xi

10 Oct 15:26
 
35
0
xs.uz

Yangi texnika vositalari bir kunda 30 tonna paxta teryapti

Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'. Andijon viloyatida paxta xomashyosini yigʻib olish mavsumi avj pallada. Joriy yilda mehnatkashlar mashaqqatini aritish maqsadida 41 ta yangi terim mashinalari olib kelindi.Shu kungacha viloyatda 30 ta ana shunday texnika vositalari mavjud edi. Xitoy, AQSH, Turkiya kabi davlatlardan keltirilgan terim mashinalarining har biri kuniga oʻrtacha 10 gektar maydondan 30 tonnagacha hosil yigʻib olmoqda.