calendar 01 Nov 21:29
eye 22
comments 0
comments Manba: xs.uz

Navoiy davlat universiteti tashkil etiladi

image
Hujjatga koʻra, Navoiy davlat pedagogika institutining barcha talabalari oʻqishini yangi oliygohda davom ettiradi. 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab bitiruvchilarga universitet diplomi beriladi.

Kelasi oʻquv yilidan boshlab universitetda aniq va tabiiy fanlar, axborot texnologiyalari, sunʼiy intellekt, iqtisodiyot, biznes va turizm, investitsiyalarni boshqarish, qishloq xoʻjaligi, ekologiya va atrof-muhitni muhofazasi, logistika kabi yoʻnalishlarda kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi.

Oʻquv mashgʻulotlarini amaliyot bilan uzviy bogʻlash maqsadida oʻquv jarayoni dual taʼlim shaklida yoʻlga qoʻyilib, korxona va tashkilotlarda tegishli yoʻnalishlar boʻyicha kafedralar filiallari tashkil etiladi.

Respublika va xorijiy davlatlarning boshqa oliy oʻquv yurtlari bilan birgalikda bitiruvchilarga ikkita diplom berish orqali taʼlimning yangi yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha qoʻshma taʼlim dasturlarini joriy etish koʻzda tutilgan.

Alohida bakalavriat va magistratura guruhlarida taʼlim jarayoni xorijiy tillarda tashkil etiladi, taʼlim dasturlari bosqichma-bosqich xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazishga tayyorlanadi.

Universitetga 2025-yil 1-yanvardan akademik, tashkiliy-boshqaruv va moliyaviy mustaqillik beriladi.

Universitet faoliyatini takomillashtirish va taʼlim sifatini taʼminlash maqsadida xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda universitetda Transformatsiya markazi tashkil etilmoqda.

Mutaxassislar universitet taʼlim dasturlarini xalqaro taʼlim standartlariga moslashtirish, universitetni dunyoning nufuzli universitetlari reytingiga kiritish ustida ish olib borish, universitet dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish, universitet diplomlarining xorijda tan olinishiga erishish va boshqa masalalarga masʼul boʻladi.

Universitet faoliyatini moliyalashtirish Davlat byudjeti mablagʻlari, toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar, xoʻjalik faoliyati va shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan tushumlar, homiylik xayriyalari va grantlar hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

2024-yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetidan birinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga ajratiladigan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi, 2025-yildan boshlab Davlat byudjeti parametrlarida nazarda tutiladi.

Shuningdek, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritishi belgilangan.

Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A.Sharipov hamda Navoiy viloyati hokimi N.T.Tursunov belgilangan.

Qaror ijrosini nazorat qilish Bosh vazir A.N.Aripov va Prezident Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari O.K.Abduraxmanov zimmasiga yuklatilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

29 Oct 20:49
 
22
0
xs.uz

Oʻzbekiston qonunchiligida 1-noyabrdan nimalar oʻzgaradi?

Mehnat huquqlariga rioya etilishini tekshirishning yangi tartibi joriy etiladiDavlat mehnat inspeksiyasi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan tekshiruv boshlangan paytdan Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilni xabardor qilgan holda mehnat huquqlari va mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan tekshiruvlar'oʻtkaziladi.Oilalarni kambagʻallikdan chiqarish dasturi boshlanadi'Kambagʻallikdan farovonl

09 Oct 12:39
 
32
0
xs.uz

Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tashkil etiladi

Oʻzbekistonda chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tashkil etiladi. Bu haqda Adliya vazirligi'xabar berdi.Maʻlum qilinishicha, prezident farmoni bilan chiqindilar bilan ishlash masalalarida aholi va sanitar tozalash korxonalari oʻrtasida bogʻlovchi boʻgʻin sifatida Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi negizida Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tashkil etiladi.Farmonga koʻra, chiqindil

11 Nov 03:18
 
18
0
xs.uz

Qasddan badanga yengil shikast yetkazish jinoyat tarkibidan chiqarildi

Jinoyat kodeksi 109-moddasi 1-qismi, yaʼni qasddan badanga yengil shikast yetkazish endi jinoyat tarkibini bermaydi. Ushbu oʻzgarishni tasdiqlovchi qonun hujjati OʻRQ-972-son bilan rasmiylashtirilib, Jinoyat hamda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodekslarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishini nazarda tutadi.Shu tariqa, kodekslarga sogʻliqning qisqa muddatga yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatining uncha uzoq boʻlmagan muddatga yoʻqolishiga olib kelmagan qasddan badanga yen

29 Oct 20:48
 
25
0
xs.uz

Samarqandda “Nexia” va yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir boʻldi

Qayd etilishicha, hodisa yilning 27-oktyabr kuni tongda roʻy bergan. Haydovchi 'Nexia' mashinasi bilan Jomboy tumani Gʻazira mahallasi hududidan oʻtgan yoʻlda ketayotib, oʻzi tomonda yoʻl chetida nosoz holda toʻxtab turgan 'Kamaz' yuk mashinasining old oʻng tomoniga urilgan.Oqibatda 'Nexia' haydovchisi ogʻir tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Shifokorlarning muolajasiga qaramasdan u kasalxonada vafot etgan.Taʼkidlanishicha, YHXB mutasaddilari va aholi vakillari ishtirokida