calendar 29 Oct 20:50
eye 7
comments 0
comments Manba: xs.uz

Zullisonayn shoir nega saroydan bosh olib ketgan edi?

image
Abdurahmon Tamkin Buxoriy XIX asr oxiri ' XX asr boshlarida yashab, ijod etgan zabardast shoir, mudarris, tarixchi, tabib va zamonasining peshqadam olimlaridan edi. U fors ' tojik, arab va oʻzbek tillarida qalam tebratgan. Ahmad Donish Tamkinni ulugʻ shoirlar qatorida sanab, uning ijodiga yuqori baho bergani ham koʻp narsani anglatadi.

Tamkin Buxorodagi 'Dorushshifo' madrasasida mudarrislik qilgan. Unga qadar imomlik qilgan. Davlat ishlarida ishlagan. Shoir oʻzining 'Moʻliston' asari muqaddima qismida shunga ishora etadi. 'Moʻliston' 17 baytdan iborat, u amir Abdulahadxonga madhiya tarzida bitilgan boʻlib, qitʼa janrida yozilgan.

Tamkin 1898-1901-yillarda amir saroyida eshikbonlik qiladi. Saroydagi muhitni koʻrgan shoir barcha zulm va jaholatning sababchisi amir tevaragidagi kazo-kazolar degan xulosaga keladi. U amir Abdulahadni bu kimsalarga ishonmaslikka, diyonatli boʻlishga chaqiradi.

Oʻz navbatida, amir ham shoirga nisbatan eʼtiborli edi. Biroq, gʻalamis odamlarning igʻvosi tufayli u asta-sekin hukmdorning nazaridan qoladi. Oxir oqibat Tamkin koʻnglidagi ishonch va iltijo oʻrnini cheksiz nafrat egallaydi. Saroydan uzoqlashadi. Uning saroy ahlidan shunchalik koʻngli qoladiki, hatto ular bilan roʻbaroʻ kelishni ham istamaydi. Buni u 'Moʻliston' asarida keltirilgan hikoyat orqali yaqqol ifodalagan.

Tamkinning bu nafrati oʻrinli edi. 'Navodiri Ziyoiya' asarining muallifi Sharifjon Maxdum ham Buxoroning nodon va layoqatsiz qozikaloni mulla Burhoniddin haqida Tamkin bildirgan fikrlarni tasdiqlaydi.

Ayon boʻladiki, bir guruh riyokorlar Abdulahadxon atrofini oʻrab olgan. Ular taʼma va ochkoʻzlik bilan xalqni aldab keladi. Tamkin bu fitna-yu fasod va badkirdorlik qobigʻiga oʻralib qolgan kimsalardan uzoqroq ketgani uchun Ollohga shukrona ruhidagi sheʼrlar yozadi.

Haq soʻzning dasti uzun. Tabiiyki, Tamkinning bitiklari qozikalon qulogʻiga yetib boradi. Oqibatda u shoirni mudarrislikdan ham ketkizadi. Tamkin majburan uzlatni ixtiyor qiladi. Shoir 'Jaroid' nomli asarining muqaddimasida hayotining bu davri (1914-yillar) haqida gapirib oʻtadi.



Shu oʻrinda, Tamkin taxallusi haqida qisqacha toʻxtalmoqchimiz. Tamkin 'sabr, qanoat, ogʻirlik, vazminlik' maʼnolarini ifodalaydi. Tamkinlik yaʼni, sokinlik, miskinlik, qanoatlilik kabi fazilatlar Abdurahmon Tamkin Buxoriy hayoti va ijodining tub mohiyatini tashkil etadi.

Ijodkorning adabiy merosi boy. U qasida, gʻazal, muxammas, qitʼa, fard, chiston, muammo kabi janrlarda barakali ijod qilgan. 'Moʻliston' 'Devoni Tamkin', 'Tamkin. Ruboiyot' kitoblari bizgacha yetib kelgan. Ular Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti kutubxonasida saqlanmoqda. 2022-yilda shoir hayoti va ijodi Buxoro davlat universiteti tadqiqotchisi Mehriniso Choriyeva tomonidan atroflicha oʻrganildi.

Abdurahmon Tamkin hayoti ziddiyatli bir tarzda, adolatsizlik va riyokorliklar ichra kechdi. Bu uning sheʼrlarida ham oʻz ifodasini topdi. Deylik, bir sheʼrida u shunday deb yozadi:

Koʻp pand berdi menga bu zabun zamon,

Ilm tahsili deb yutdim qancha qon.

Koʻp ranjlar chekdim-u bir naf koʻrmadim,

Hech kimsa boʻlmasin mendek notavon.

Har qanday zamonda adabiyotning dunyodagi jamiki, yolgʻon va soxtakorliklarga sochadigan nafrati, abadiyat umriga teng armonlari boʻladi. Daholar buni u yoki bu tarzda bilishgan. Lekin bir achchiq haqiqatdan ham koʻz yumib boʻlmaydi: oʻtmishda goho talantli shoirlar ham saroy adabiyoti gʻoyaviy yoʻnalishlari chegarasida qolib, shohlarni madh etish, ularni koʻklarga koʻtarib maqtashdan oʻzlarini tiya olmagan. Bunday paytda oddiy xalq turmushi tasviri chekkada qolgan. Bu baʼzan shoirdagi samimiyatga putur yetkazgan.

Lekin Abdurahmon Tamkin maddoh shoir sifatida qolib ketmadi. U amir saroyidagi razil kimsalar bilan murosa qilmadi. Adolatsizliklarga befarq qaramadi. Qabih ishlar etagidan tutganlarga oʻz sheʼrlari bilan isyon koʻtardi. Uning sheʼriyati, avvalo, shu jihati bilan ibratlidir.

Tamkin barchani ahil va hamjihat boʻlib yashashga, berilgan umrni foydali ishlarga sarflashga undadi. Oʻzi yashagan jamiyat illatlarini bartaraf etishga urindi. Mamlakat va millat taqdiri uchun ilm-maʼrifat toʻgʻri yoʻl ekanligi gʻoyasini ilgari surdi. Millatdoshlarining toʻlaqonli munosib hayot va turmushga loyiqliklarini isbotlashga urindi. Ijodida amaldorlar tanqid qilingan, baʼzi kimsalardagi hasad, kibr kabi salbiy xislatlar fosh etilgan gʻazallarning koʻpligi shundan dalolat beradi.

Zullisonayn shoirning ijodi murakkab va ziddiyatlar bilan toʻla davr barcha xususiyatlarini oʻzida aks ettirgani bilan qadrlidir.

Nazora BEKOVA,

Buxoro davlat universiteti professori.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

29 Oct 20:50
 
14
0
xs.uz

Isteʼdodli ijodkordan ikki tuhfa

Tadbir avvalida soʻzga chiqqanlar mehnatkash va isteʼdodli ijodkorning asarlari, bosib oʻtayotgan hayot yoʻli, soʻnggi yillardagi ijodiy izlanishlari, ushbu yangi nashrdan chiqqan kitoblarning mazmun-mohiyati borasida soʻz yuritishdi.' Humoyun Akbar nomini bugun adabiyot ixlosmandlari yaxshi biladi, ' dedi Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali. ' U nazmu nasrda ham, tarjima sohasida ham birday faol va bu koʻpchilikning havasini keltirishi bor gap. Ijodkor ukamizga adabiyotning shonli

09 Oct 12:36
 
16
0
postda.uz

YAXSHI OSHINI YER...

O‘z navbatida, blogerlarning jamiyatning ong-u tafakkuriga, qarashlariga ta’siri ortib borayotir. Xususan, qaysidir olimning biror mintaqa yoki hududda kechayotgan siyosiy va iqtisodiy jarayonlarning aniq tahlil qilib berishi ommaning o‘sha voqeaga nisbatan to‘g‘ri munosabatini shakllantirishga omil bo‘lyapti. Qolaversa, internet insonning so‘z erkinligiga doir huquqlarini samarali ta’minlashda qo‘l kelayotir. Ammo mazkur erkinlikdan ayrimlarning asossiz shov-shuv ko‘tar

09 Oct 12:40
 
17
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev: Har bir oʻqituvchi va murabbiy, bogʻcha mudirasi, maktab direktori maʼlum maʼnoda strateg boʻlishi zarur

Davlat rahbari taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan katta ishlar borasida baʼzi misollarni keltirdi.Bugun taʼlim va tarbiya sohasidagi barcha oʻzgarishlar markazida bilimdon, ijodkor, vatanparvar va jonkuyar muallim shaxsi turishi kerakligi koʻrsatib oʻtildi.Aks holda sohaga yoʻnaltirayotgan shuncha mablagʻ, qurilayotgan bino va inshootlar, moddiy-texnik baza havoga sovurilgandek bekorga ketishi qayd etildi.'Biz bunga hech qachon yoʻl qoʻymasligimiz lozim. Davlatning, xalqning peshona

09 Oct 12:37
 
20
0
postda.uz

KITOB – BEMINNAT USTOZ

IIV huzuridagi JIED Birinchi mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi tasarrufidagi jazoni ijro etish muassasalarida xizmat qilayotgan xodimlar o‘rtasida «Eng yaxshi kitobxon» tanlovi o‘tkazildi. Toshkent shahrining Bektemir tumanida joylashgan «Axborot kutubxona markazi» binosida bo‘lib o‘tgan, «Kitob-beminnat ustoz, hayotni o‘rgatuvchi murabbiydir» mavzusiga bag‘ishlangan tanlov ishtirokchilari o‘zlari o‘qigan kitoblar orasidan ikkitasining muallifi, qahramonlari, v