O‘zbekistonda ilk bor harbiylar o‘rtasida dzyudo bo‘yicha 42-jahon chempionati tashkil etilmoqda
Mudofaa, Sport, Madaniyat va Tashqi ishlar vazirliklari, Milliy olimpiya qo'mitasi, O'zbekiston dzyudo federatsiyasi, 'Saxovat sport servis' MCHJ sport majmuasi xamkorligida o'tkazilayotgan ushbu chempionatda dunyoning 30ta mamlakatidan 400ga yaqin harbiy sportchilar, delegatsiya rahbarlari va hakamlar, shuningdek Xalkaro dzyudo federatsiyasi vakili janob Yoxannes Daksbeker va kator martabali mehmonlar tashrif buyurgan. Ushbu nufuzli chempionatdan ko'zlangan asosiy maqsad, Qurolli Kuchlarimizning dunyo armiyalari o'rtasidagi nufuzini yanada oshirish va mustahkamlash, yoshlar orasida dzyudo sport turini ommalashtirish orkali soglom turmush tarzini targib etishdan iborat.
Sport musobaqalari poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi 'Saxovat sport servis' sport majmuasida bo'lib o'tmoqda. Harbiy sportchilar 2 ta yo'nalishda (yakkalik va guruh) 144 ta medallar jamlamasi uchun (yakkalikda 64 ta, gurux bahslarida 80 ta) qizg'in kurash olib boradilar.
Mazkur chempionatga O'zbekiston milliy terma jamoa a'zolari jami 38 nafar (yakkalikda 18 nafar, jamoaviyda 20 nafar) sportchilar bilan ishtirok etadi.
Xalqaro harbiy sport kengashiga dunyoning 140 mamlakati kirgan bo'lib, O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi ushbu tashkilotga 1991 yildan a'zo bo'lgan.
Ma'lumot o'rnida ta'kidlash lozimki, Xalqaro harbiy sport kengashi 1948 yili 18 fevral kuni tashkil etilgan bo'lib (shtab kvartirasi Bryussel sh.), jahondagi nufuzi bo'yicha Xalkaro Olimpiya qo'mitasi va xalqaro universitetlar sport federatsiyasidan keyingi o'rinda turadi. Mazkur nufuzli tashkilot tomonidan har yil olimpiya va harbiy amaliy sport turlari bo'yicha jahon chempionatlari va to'rt yilda bir marotaba Butunjahon armiya o'yinlari (armiya olimpiadasi) bo'lib o'tadi.
O'zbekiston Mudofaa vazirligi sportchilari boks, dzyudo, voleybol, triatlon, regbi, taekvondo, yengil atletika kabi sport turlarida muntazam ravishda ishtirok etib, munosib o'rinlarni egallab kelmokdalar.
Jumladan, 2019 yil Butunjahon armiya o'yinlari (Xitoy, 9-o'rin, 109 mamlakat ichida), 2021 yil boks bo'yicha JCH (Moskva, 2-o'rin), 2022 yil - dzyudo bo'yicha JCH (Fransiya, 1-o'rin), 2024 yil tajvondo bo'yicha JCH (Koreya Respublikasi, 1-o'rin), 2024 yil voleybol bo'yicha JCH (Eron Islom Respublikasi, 3-o'rin).
Foto: Yunus Bo'riyev / 'Xalq so'zi'
Yoshlik mahallasida sport maydoni foydalanishga topshirildi
Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Maʼlumki, joriy yilning may oyida Sport vazirligi tomonidan respublikamizning barcha tuman va shaharlarining har biriga bittadan sport maydonchasi qurib berish boʻyicha 'Tashabbus.sport.uz' sayti orqali tanlov oʻtkazilgan edi.Tanlovda Yozyovon tumanining 'Yoshlik' MFY tomonidan ham sport maydonchasi qurish loyihasi joylangandi. Yakuniy ovoz berish natijasiga koʻra, ushbu mahalla loyihasi gʻolib topildi.Natijada oʻtgan qisqa vaqt ichida 'Yoshlik' MFYda 300 mil
Voleybolchi ayollar bellashuvi
Joriy yilning 17–20-sentabr kunlari sportning voleybol turi boʻyicha Toshkent shahar IIBB boshqarmalari va tuman IIOFMBlarida xizmat qilayotgan ayol xodimalar birinchilik uchun oʻzaro bellashishdi.Musobaqa yakuniga koʻra Sergeli tumani jamoasi 3-oʻrin, Yakkasaroy tumani sportchi ayollari 2-oʻrinni band etishdi. Barcha jamoalardan ustunlik qilgan Toshkent shahar IIBB boshqarmalaridan tashkil topgan markaziy apparat terma jamoasi esa 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi.Gʻolib va sovrindorlarga IIBB
Abduqodir Husanov Fransiyada oyning eng yaxshi yosh futbolchisi boʻlgan birinchi oʻzbek futbolchisi!
Oʻzbekistonlik isteʼdodli yosh himoyachi Abduqodir Husanov Fransiya chempionatining eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi. Bu haqda 'Liga 1'ning rasmiy sahifasida maʼlum qildi.Maʼlum boʻlishicha, 'Lans' klubi himoyachisi Fransiya chempionatida oktyabr oyining 'Eng yaxshi yosh futbolchisi' deb topildi. Abduqodir muxlislar orasida oʻtkazilgan soʻrovnomada katta ustunlik bilan gʻalaba qozondi. Qayd etish kerakki, Husanov bunday unvonga ega boʻlgan birinchi oʻzbek futbolchisi boʻldi.Hus
“Oltin toʻp”ga kim loyiq? Messi oʻz tanlovini amalga oshirdi
Argentina terma jamoasi hamda 'Inter Mayami' hujumchisi Lionel Messi 2024-yilgi 'Oltin toʻp'ni hamma taxmin qilayotganidek 'Real Madrid va Braziliya terma jamoasi aʼzosi Vinisius emas, oʻzining terma jamoadagi sherigi qoʻlga kiritishi kerakligini bildirdi. Bu haqda 'Goal' nashri yozgan.Gap shundaki, 8 karra 'Oltin toʻp' sohibi Argentina va 'Inter' jamoasi aʼzosi Lautaro Martines 'Oltin toʻp'ni qoʻlga kiritishi kerak deb hisoblaydi.'U juda ajoyib mavsum oʻtkazdi. Amerika Kubogida eng yax