O‘zbekistonda ilk bor harbiylar o‘rtasida dzyudo bo‘yicha 42-jahon chempionati tashkil etilmoqda
Mudofaa, Sport, Madaniyat va Tashqi ishlar vazirliklari, Milliy olimpiya qo'mitasi, O'zbekiston dzyudo federatsiyasi, 'Saxovat sport servis' MCHJ sport majmuasi xamkorligida o'tkazilayotgan ushbu chempionatda dunyoning 30ta mamlakatidan 400ga yaqin harbiy sportchilar, delegatsiya rahbarlari va hakamlar, shuningdek Xalkaro dzyudo federatsiyasi vakili janob Yoxannes Daksbeker va kator martabali mehmonlar tashrif buyurgan. Ushbu nufuzli chempionatdan ko'zlangan asosiy maqsad, Qurolli Kuchlarimizning dunyo armiyalari o'rtasidagi nufuzini yanada oshirish va mustahkamlash, yoshlar orasida dzyudo sport turini ommalashtirish orkali soglom turmush tarzini targib etishdan iborat.
Sport musobaqalari poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi 'Saxovat sport servis' sport majmuasida bo'lib o'tmoqda. Harbiy sportchilar 2 ta yo'nalishda (yakkalik va guruh) 144 ta medallar jamlamasi uchun (yakkalikda 64 ta, gurux bahslarida 80 ta) qizg'in kurash olib boradilar.
Mazkur chempionatga O'zbekiston milliy terma jamoa a'zolari jami 38 nafar (yakkalikda 18 nafar, jamoaviyda 20 nafar) sportchilar bilan ishtirok etadi.
Xalqaro harbiy sport kengashiga dunyoning 140 mamlakati kirgan bo'lib, O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi ushbu tashkilotga 1991 yildan a'zo bo'lgan.
Ma'lumot o'rnida ta'kidlash lozimki, Xalqaro harbiy sport kengashi 1948 yili 18 fevral kuni tashkil etilgan bo'lib (shtab kvartirasi Bryussel sh.), jahondagi nufuzi bo'yicha Xalkaro Olimpiya qo'mitasi va xalqaro universitetlar sport federatsiyasidan keyingi o'rinda turadi. Mazkur nufuzli tashkilot tomonidan har yil olimpiya va harbiy amaliy sport turlari bo'yicha jahon chempionatlari va to'rt yilda bir marotaba Butunjahon armiya o'yinlari (armiya olimpiadasi) bo'lib o'tadi.
O'zbekiston Mudofaa vazirligi sportchilari boks, dzyudo, voleybol, triatlon, regbi, taekvondo, yengil atletika kabi sport turlarida muntazam ravishda ishtirok etib, munosib o'rinlarni egallab kelmokdalar.
Jumladan, 2019 yil Butunjahon armiya o'yinlari (Xitoy, 9-o'rin, 109 mamlakat ichida), 2021 yil boks bo'yicha JCH (Moskva, 2-o'rin), 2022 yil - dzyudo bo'yicha JCH (Fransiya, 1-o'rin), 2024 yil tajvondo bo'yicha JCH (Koreya Respublikasi, 1-o'rin), 2024 yil voleybol bo'yicha JCH (Eron Islom Respublikasi, 3-o'rin).
Foto: Yunus Bo'riyev / 'Xalq so'zi'
“Oltin toʻp”ga kim loyiq? Messi oʻz tanlovini amalga oshirdi
Argentina terma jamoasi hamda 'Inter Mayami' hujumchisi Lionel Messi 2024-yilgi 'Oltin toʻp'ni hamma taxmin qilayotganidek 'Real Madrid va Braziliya terma jamoasi aʼzosi Vinisius emas, oʻzining terma jamoadagi sherigi qoʻlga kiritishi kerakligini bildirdi. Bu haqda 'Goal' nashri yozgan.Gap shundaki, 8 karra 'Oltin toʻp' sohibi Argentina va 'Inter' jamoasi aʼzosi Lautaro Martines 'Oltin toʻp'ni qoʻlga kiritishi kerak deb hisoblaydi.'U juda ajoyib mavsum oʻtkazdi. Amerika Kubogida eng yax
Qalbaki chiptalar bilan stadionga kiritilmaydi — OʻFA
15-oktyabr kuni Jahon chempionati saralash turniri doirasida Oʻzbekiston va BAA terma jamoalari oʻzaro toʻqnash keladi.Ushbu uchrashuvga qiziqish yuqori boʻlmoqda. Shu sabab chiptalarni noqonuniy olib sotish hamda soxtalashtirish holatlari uchramoqda. Bu haqda OʻFA xabar berdi.'Aynan mana shu holatlar sababli avvalgi oʻyinga koʻplab insonlar qalbaki chiptalar olgan holda stadionga kira olishmadi. Bunday nopok ishga qoʻl urganlarga qatʼiy chora koʻrilishini maʼlum qilamiz.Futbol muxlis
Rasman: Bektemir Meliqoʻziyev navbatdagi jangi kimga va qachon oʻtishi aniq boʻldi
Oʻzbekistonlik mashhur bokschi Bektemir Meliqoʻziyev navbatdagi jangini 2-noyabr kuni AQSHning Las-Vegas shahridagi 'Theatre at Virgin Hotels' majmuasida oʻtkazadi.Ushbu jangda hamyurtimizga 'Golden Boy' promouterlik kompaniyasi hamrohlik qiladi. Bu haqda Oʻzbekiston professional boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.Maʼlum boʻlishicha, ushbu oqshomda mazkur kompaniya bilan hamkorlik qiluvchi yagona oʻzbekistonlik bokschi ' Bektemir Meliqoʻziyevdir. Shu tariqa, Bektemirga amerik
Bugun otlar, fillar qurbon boʻladigan kun. Budapeshtdagi eng muhim kunda Oʻzbekiston Hindistonga qarshi saf tortadi
Qayd etish kerakki, ushbu uchrashuvdagi gʻalaba bizni chempionlikka yaqinlashtiradi. Olimpiadaning 9-turidan oʻrin olgan bahs prinsipial qarama-qarshilik boʻlishi aniq.Bunga oʻziga yarasha sabablar bor. Birinchidan, Hindiston jamoasi 44-Butunjahon shaxmat Olimpiadasida terma jamoamizga magʻlub boʻlib, chempionlikdan mahrum boʻlgandi. Eng muhim partiyada Nodirbek Abdusattorov Gukeshning otini yutib olgan va oʻyin tubdan oʻzgarib ketgan edi.Ikkinchidan, garchi oʻzbek shaxmatchilari kuchl