“Adashgan oʻgʻilning qaytishi”: Olimpiada chempionligidan soʻng koʻrinmay qolgan bokschi Dubayda kamar uchun jang oʻtkazadi
Maʼlum boʻlishicha, oqshom doirasida oʻzbekistonlik charm qoʻlqop ustasi Shahobiddin Zoirov ham ringga koʻtarilishi tasdiqlangan. 31 yoshli hamyurtimizga Venesuela vakili Yoel Finol raqiblik qiladi. Eng yengil vazn toifasida tashkil etiladigan jang IBF Pro tasnifidagi chempionlik kamari uchun oʻtkaziladi.
Qayd etish kerakki, Zoirov soʻnggi jangini oktyabr oyida aynan IBF Pro tasnifidagi musobaqa doirasida ispaniyalik Samuel Karmonaga qarshi oʻtkazib, gʻalaba qozongan edi. Bu ispan bokschisini avvalroq, Toshkentdagi turnirda Hasanboy Doʻsmatov ham magʻlub etgandi.
Shahobiddin 'Rio-2016' yilgi Olimpiada chempioni hisoblanadi. U ushbu muvaffaqiyatdan soʻng 'yoʻqolib qolgan' va deyarli oʻzbek boksidagi oʻrini yoʻqotib qoʻygan edi. Shunga qaramasdan, buxorolik sportchi soʻnggi yilda ancha faollashib, 'qaytish' qila oldi.
Avvalroq, Nodirbek Abdusattorov yana Magnus Karlsenga qarshi dona surishi maʼlum boʻlgandi.
Toshkentda aralash jang sanʼati turlari (MMA) boʻyicha jahon chempionati — Fotoreportaj
Poytaxtimizda oʻtayotgan aralash jang sanʼati turlari (MMA) boʻyicha jahon chempionati sport jamoatchiligining diqqat-markazida boʻlib turibdi.Aralash jang sanʼati turlari boʻyicha jahon chempionati hal qiluvchi pallaga kirdi. 'Humo arena' mezbonlik qilayotgan musobaqada bugun yarim final janglari tashkil etildi.Unda 29 nafar (17 nafar yoshlar va 12 nafar kattalar) oʻzbekistonlik sportchi final yoʻllanmasi uchun bahs olib bordi.Foto: Yunus Bo'riyev, Haqberdi Asqarov / 'Xalq so'zi'
UFC 375 million dollar jarimaga tortildi
Qayd etilishicha, 2014-yilda boshlangan sud jarayoni kecha, 22-oktyabr kuni 'TKO Group' (UFC tashkiloti mazkur kompaniya tarkibiga kiradi) zimmasiga [monopoliyaga qarshi qonunlarni buzganlik uchun] 375 million dollar toʻlash majburiyati yuklatilishi bilan yakunlangan.Gap shundaki, bundan 10 yil avval UFC jangchilarning ish haqini ataylab kamaytirishda va boshqa reklamalarga zarar etkazishda ayblangan. Daʼvoga koʻra, UFC koʻp yillar davomida raqobatni bostirish va professional jangchilar bozo
Abduqodir Husanov Fransiyada oyning eng yaxshi yosh futbolchisi boʻlgan birinchi oʻzbek futbolchisi!
Oʻzbekistonlik isteʼdodli yosh himoyachi Abduqodir Husanov Fransiya chempionatining eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi. Bu haqda 'Liga 1'ning rasmiy sahifasida maʼlum qildi.Maʼlum boʻlishicha, 'Lans' klubi himoyachisi Fransiya chempionatida oktyabr oyining 'Eng yaxshi yosh futbolchisi' deb topildi. Abduqodir muxlislar orasida oʻtkazilgan soʻrovnomada katta ustunlik bilan gʻalaba qozondi. Qayd etish kerakki, Husanov bunday unvonga ega boʻlgan birinchi oʻzbek futbolchisi boʻldi.Hus
“Oʻgʻirlangan Oltin toʻp mojarosi”: Rodri kutilganidek “odobli” boʻlib chiqmadi. Sportchi “Xayr, Vinisius” deb haqoratli qoʻshiqni aytgan (+video)
'Manchester Siti' yarim himoyachisi Rodri Vinisius Junior haqida qoʻshiq aytganini inkor qilmadi. U oʻsha nishonlashni shaxsiy yopiq bayram boʻlgani va bu normal narsa ekanini aytgan. Bu haqda 'Goal' yozmoqda.Qayd etish kerakki, ispaniyalik yarim himoyachi ushbu qoʻshiqni aytganini inkor qilmagan va bu feyk emasligi suhbatdan ayon boʻladi. Shu tariqa hammaga 'odobli' boʻlib tanilgan Rodri hamkasbiga nisbatan haqoratli qoʻshiq kuylagani rost boʻlib chiqadi.Shuningdek, u 'Real Madrid' yuld