Eldor Shomurodov yana murabbiysiz qoldi. Rim klubining murabbiylar borasidagi muvaffaqiyatsizligi davom etadi
Qayd etish kerakki, Yurich jamoani atigi 12 oʻyinda boshqardi. Xorvatiyalik 49 yoshli murabbiy sentyabr oyida Daniyele De Rossining oʻrniga tayinlangan edi. De Rossi esa Joze Mourinyo ketganidan soʻng sakkiz oy davomida jamoani boshqargan. Yurich boshchiligida 'Roma' 4 ta gʻalaba, 3 durang va 5 ta magʻlubiyat qayd etdi.
'Roma' egasi 'The Friedkin Group' Yurichning mehnatini qadrlab, unga minnatdorchilik bildirdi. Ular yangi bosh murabbiy izlash jarayoni boshlanganini va yaqin kunlarda eʼlon qilinishini maʼlum qilishdi. Hozirda jamoa A Seriyada 12-oʻrinda va Yevropa Ligasida 20-oʻrinda bormoqda.
Maʼlum qilish kerakki, Eldor Shomurodov 'Roma' safida toʻp surmoqda. Yangi murabbiy tayinlanishi Shomurodovning jamoada oʻrni va oʻyin vaqtiga taʼsir qilishi mumkin. Boʻlajak 'boʻrilar' yoʻlboshchisi lavozimiga nomzodlar orasida sobiq Italiya va 'Manchester Siti' murabbiyi Roberto Manchini va Klaudio Ranerri nomzodlari koʻproq tilga olinmoqda.
Toshkentda aralash jang sanʼati turlari (MMA) boʻyicha jahon chempionati — Fotoreportaj
Poytaxtimizda oʻtayotgan aralash jang sanʼati turlari (MMA) boʻyicha jahon chempionati sport jamoatchiligining diqqat-markazida boʻlib turibdi.Aralash jang sanʼati turlari boʻyicha jahon chempionati hal qiluvchi pallaga kirdi. 'Humo arena' mezbonlik qilayotgan musobaqada bugun yarim final janglari tashkil etildi.Unda 29 nafar (17 nafar yoshlar va 12 nafar kattalar) oʻzbekistonlik sportchi final yoʻllanmasi uchun bahs olib bordi.Foto: Yunus Bo'riyev, Haqberdi Asqarov / 'Xalq so'zi'
Abduqodir Husanov Fransiyada oyning eng yaxshi yosh futbolchisi boʻlgan birinchi oʻzbek futbolchisi!
Oʻzbekistonlik isteʼdodli yosh himoyachi Abduqodir Husanov Fransiya chempionatining eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi. Bu haqda 'Liga 1'ning rasmiy sahifasida maʼlum qildi.Maʼlum boʻlishicha, 'Lans' klubi himoyachisi Fransiya chempionatida oktyabr oyining 'Eng yaxshi yosh futbolchisi' deb topildi. Abduqodir muxlislar orasida oʻtkazilgan soʻrovnomada katta ustunlik bilan gʻalaba qozondi. Qayd etish kerakki, Husanov bunday unvonga ega boʻlgan birinchi oʻzbek futbolchisi boʻldi.Hus
Oʻzbekiston Qatarga qarshi: bugungi oʻyin haqida nimalar maʼlum?
Bugun Dohada joylashgan Jassim Bin Hamad stadionida Jahon chempionatiga saralashning soʻnggi bosqichining 5-turida Qatar va Oʻzbekiston terma jamoalari toʻqnash keladi. Ushbu uchrashuv ikki jamoa uchun ham ahamiyatli hisoblanadi. Bugungi gʻalaba Qatarga umid bersa, Oʻzbekistonni AQSH, Meksika va Kanada maydonlarida boʻladigan JCHga chiqishini tezlashtiradi.Uchrashuvda koreyalik hakamlar brigadasi, Kim Jonghyok boshligidagi jamoa ishlaydi. Shuningdek, mezbonlar qizil libosda, Oʻzbekiston j
Afroʻza Hamdamova ikki karra jahon chempioni boʻldi
Afroʻza Braziliyada boʻlib oʻtayotgan jahon chempionatining 16 yoshgacha qizlar guruhida muddatidan avval gʻalaba qozonib, 2 karra jahon chempioniga aylandi. U 10 ta partiyada 9,5 ochko toʻpladi (9 ta gʻalaba, 1 durang) va endi oxirgi turda qanday natija koʻrsatishidan qatʼi nazar, birorta raqibi unga yeta olmaydi. Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yilgi Afruza oʻtgan yilgi FIDE jahon chempionatida 14 yoshgacha boʻlgan qizlar orasida ham muddatidan oldin gʻoliblikni qoʻlga kiritgandi v