Poytaxtimizda qilichbozlik boʻyicha Oʻzbekiston kubogi musobaqasi start oldi
Qayd etish joizki, mazkur bahs oʻz navbatida 2025-yilda yurtimiz mezbonlik qiladigan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo oʻyinlariga tayyorgarlik va milliy terma jamoamiz aʼzolarini saralash vazifasini oʻtaydi.
' Soʻnggi yillarda qilichbozlarimiz oʻz mahorati, kuchi va irodasini koʻrsatib, jahon chempioniga aylanyapti, ' deydi Oʻzbekiston qilichbozlik federatsiyasi maslahatchisi Ubaydulla Hikmatullayev. ' Hozirda yurtimizning 80 nafarga yaqin sara sportchilari Oʻzbekiston kubogi bahslarida kuch sinashyapti. Ular orasida kelajagi porloq qilichbozlar juda koʻp, shu bois ham saralash biz uchun oson kechayotgani yoʻq.
Darhaqiqat, soʻnggi yillarda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ushbu sport turiga eʼtibor kuchaydi. Viloyatlarimiz, hatto chekka hududlarda ham navqiron avlod vakillari emin-erkin shugʻullanishi, oʻz ustida ishlashi uchun sharoitlar yaratilmoqda.
Tashkil etilayotgan mazkur musobaqa nafaqat oʻsmirlar oʻrtasida Osiyo oʻyinlariga hozirlik koʻrish, balki kattalar oʻrtasidagi Olimpiya bahslari uchun sportchilar bazasini shakllantirish va kelgusi gʻalabalarga zamin yaratishi bilan alohida ahamiyatga molik.
Oʻzbekiston Qatarga qarshi: bugungi oʻyin haqida nimalar maʼlum?
Bugun Dohada joylashgan Jassim Bin Hamad stadionida Jahon chempionatiga saralashning soʻnggi bosqichining 5-turida Qatar va Oʻzbekiston terma jamoalari toʻqnash keladi. Ushbu uchrashuv ikki jamoa uchun ham ahamiyatli hisoblanadi. Bugungi gʻalaba Qatarga umid bersa, Oʻzbekistonni AQSH, Meksika va Kanada maydonlarida boʻladigan JCHga chiqishini tezlashtiradi.Uchrashuvda koreyalik hakamlar brigadasi, Kim Jonghyok boshligidagi jamoa ishlaydi. Shuningdek, mezbonlar qizil libosda, Oʻzbekiston j
Fargʻonada Odil Ahmedov futbol akademiyasi filiali ish boshladi
Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Fargʻona viloyati futbol boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoalariga iqtidorli oʻyinchilar yetkazib berish hamda 'millionlar oʻyini'ga muxlislik borasida yurtimizda yetakchilar sirasiga kiradi.Ayni paytda isteʼdodli yoshlarni kashf etish orqali milliy terma jamoa hamda professonal futbol klublariga munosib vorislarni tayyorlash doimiy ustuvor vazifa hisoblanadi. Mamlakatimizda keyingi yillarda futbol infratuzilmasini rivojlantirish, futbol maktablari va futbol aka
Poytaxtimizda qilichbozlik boʻyicha Oʻzbekiston kubogi musobaqasi start oldi
Elyor HAYDAROV/'Xalq soʻzi'.'Joriy yilning 16 ' 21-oktyabr kunlari Toshkent shahridagi 'Paxtakor' sport majmuasida oʻsmirlar oʻrtasida qilichbozlik sporti bellashuvlari boʻlib oʻtmoqda.Qayd etish joizki, mazkur bahs oʻz navbatida 2025-yilda yurtimiz mezbonlik qiladigan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo oʻyinlariga tayyorgarlik va milliy terma jamoamiz aʼzolarini saralash vazifasini oʻtaydi.' Soʻnggi yillarda qilichbozlarimiz oʻz mahorati, kuchi va irodasini koʻrsatib, jahon chempioniga a
O‘zbekistonda ilk bor harbiylar o‘rtasida dzyudo bo‘yicha 42-jahon chempionati tashkil etilmoqda
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 'Dzyudo sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'grisida'gi 2022 yil 20 iyundagi PQ-286-son qarori ijrosini ta'minlash hamda Xalkaro harbiy sport kengashining 2024 yil uchun kalendar rejasiga muvofik, 2024 yil 14-20 oktyabr kunlari O'zbekistonda ilk bor harbiylar o'rtasida dzyudo bo'yicha 42-jahon chempionati tashkil etilmoqda.Mudofaa, Sport, Madaniyat va Tashqi ishlar vazirliklari, Milliy olimpiya qo'mitasi, O'zbekiston dzyudo federatsiyasi,